Qadimgi tsivilizatsiya sharoitida ta'lim



Yüklə 183,85 Kb.
səhifə3/29
tarix27.07.2023
ölçüsü183,85 Kb.
#120026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Qadimgi tsivilizatsiya sharoitida talim

Birinchi bosqich 1997-2001 yillarda amalga oshirilgan islohotlar tizimi bog’liq bo’ldi va u Milliy dasturda rasman o’tish davri baholandi.
Birinchi bosqichda ta’lim tizimi salohiyati saqlanib qolgan holda, avvalo, uning amaliy-tashkiliy takomili bilan konstitutsiyaviy va huquqiy – me’yoriy zamin yaratilib, ilmiy-uslubiy, moddiy-moliyaviy shart-sharoitlari mustahkamlandi. Natijada birinchi bosqichda belgilangan quyidagi vazifalar ijrosi to’la ta’minlandi:

  • Milliy dastur ijrosi samarali boshlab yuborildi;

  • yangicha talablarga javob beradigan pedagogik kadrlar tayyorlana boshladi; – umumta’lim maktablari qaytadan tuzildi, uch yillik ta’lim (o’rta maxsus va kasbhunar bilim yurtlari, ya’ni kasb-hunar kollejlari hamda akademik litsey) tizimiga o’tilib, uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi shakllandi;

  • ta’lim-tarbiya bilan bog’liq ijtimoiy himoya rasman kafolatlandi;

-davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishning kafolatiga aylandi va h.k.
Ta’lim-tarbiya tizimi islohotining 2001-2005 yillarga mo’ljallangan ikkinchi bosqichda, Qonunga ko’ra va Milliy dasturni keng miqyosda to’liq amalga oshirishi bilan bog’liq vazifalar bajarildi.
2005 yil va keyin yillarga mo’ljallangan uchinchi bosqichda, mohiyatan ta’limtarbiya tizimi tashkiliy-amaliy islohotlarining o’ziga xos ya’ni yakuniy sifat bosqichi mavjud ilg’or va istiqbolli tajribalarning tahliliy-tashkiliy umumlashmasi sifatida islohiy jarayonlarning yangi sifat darajasiga ko’tarish, yanada takomillashtirish bosqichiga aylanishi zaruratidan iboratdir.
Demak, mustaqil O’zbekiston Respublikasida ta’lim va tarbiya tizimidagi islohotlar yalpi umumma’rifiy, umumma’naviy va umummadaniy yuksalishga, zamonaviy bilim va mustaqil tafakkur tarbiyasi shakllanishiga, “Kuch – bilim va tafakkurda” tamoyilining to’liq amal qilishiga erishiladigan bu bosqichda barkamol avlod, ya’ni komil insonning jamiyatda o’z munosib o’rnini topishi ta’minlanishi, muhimi – “Biz hech kimdan kam emasmiz, biz hech kimdan kam bo’lmaymiz” printsipining amaliy ifodasi ko’zda tutilgan.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da uzluksiz ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilgan. Maqsad – uzluksiz ta’limni davlat ta’lim standartlari (DTS) va muayyan ta’lim dasturlari bilan ta’minlashda ularning jahon talablari darajasida bo’lishiga, yuksak ma’rifiy-ma’naviy zaminda qurilishi lozimligiga erishishdir.

222222222222222222222222222222222222222222222222222222.


O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi islohotlari.
Reja


1.Ta’lim tizimi islohotlarini muvaffaiyatli amalga oshirish shart-sharoitlari: milliy pedagogik merosga tayanish, yangi maqsad va vazifalarni aniq belgilab olish, bosichma-bosich amalga oshirish, tadrijiylik
2.Ta’lim tizimi islohotlarining moiyati: izchillik, ochilik, fuqarolarning ta’limga bo’lgan extiyojlarini qoniqtira olish, jamiyatning talablariga javob berish, jahon kasb va ta’lim bozorida samarali faoliyat yuritish va raqobat qila olish.

TA’LIM -bilim berish, malaka va ko’nikma hosil qilish jarayoni, kishini hayotga mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida bilim o’zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi.

Yüklə 183,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə