Qarori umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘G‘risida



Yüklə 141,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix27.12.2022
ölçüsü141,15 Kb.
#97918
  1   2   3   4   5   6
646-сон 12.10.2020. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
UMUMTA’LIM FANLARINI BILISH DARAJASINI BAHOLASHNING MILLIY TEST TIZIMINI JORIY
ETISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2020-yil 2-
martdagi PF-5953-son 
Farmonida
belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda abituriyentlarni
oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish test sinovini takomillashtirish maqsadida Vazirlar
Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2020-yil 1-dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar
majmuasidagi umumta’lim fanlaridan (keyingi o‘rinlarda — umumta’lim fanlari) bilish darajasini
baholashning milliy test tizimi;
2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno)
bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi
o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha
test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan
(proporsional) ball berish tartibi joriy etilsin.
2. Belgilansinki, umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash quyidagi muddatlarda joriy etiladi:
2020-yil 1-dekabrda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti,
qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha;
2021-yil 1-fevralda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha;
2022 — 2024-yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha.
Umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test sinovlarini tashkil etish va
umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Davlat test markazi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan ta’lim sifatini baholash
bo‘yicha tashkilot tomonidan amalga oshirilsin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2 . Milliy sertifikatning tegishli darajasiga ega matematika fani o‘qituvchilariga
(Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani o‘qituvchilaridan tashqari) ular faoliyat olib
borayotgan davlat ta’lim muassasasining joylashuviga qarab, bazaviy tarif stavkasiga nisbatan
shahar hududida joylashgan maktablarda 25 foiz, qishloq hududida joylashgan maktablarda 50
foizgacha har oylik ustama haq to‘lanadi.
(2 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 646-sonli 
qaroriga
asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 09/21/646/0963-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
3. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni berish
uchun tuziladigan test savollari davlat ta’lim standarlariga mos ravishda hamda ta’lim o‘quv
dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
4. Quyidagilar:
umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholash bo‘yicha test sinovini tashkil etish hamda
uning natijalari bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikatni berish tartib-taomillarini belgilovchi
Umumta’lim fanlaridan bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 
1-
ilovaga
 muvofiq;
1
1


Umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatning davlat namunasi
2-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya
vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish
inspeksiyasi bilan birgalikda ta’lim sifatini baholash bo‘yicha faoliyat yuritadigan xalqaro ta’lim
tashkilotlarini jalb qilgan holda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida o‘qitish sifatini baholashga
muqobil shakllarni tatbiq etish maqsadida “Bilim va ko‘nikmalarni baholash markazi” nodavlat
ta’lim tashkilotini tashkil qilish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Bunda “Bilim va ko‘nikmalarni baholash markazi” nodavlat ta’lim tashkilotining asosiy faoliyat
yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
xalqaro e’tirof etilgan ta’lim sifatini baholash metodikasidan kelib chiqqan holda umumta’lim
maktablarida ta’lim sifatini baholashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish;
umumiy o‘rta ta’limda berilayotgan bilim va ko‘nikmalar sifatini tizimli baholash uchun
nazorat ishlari materiallarini ishlab chiqish;
ta’lim sifatini baholash bo‘yicha dasturiy mahsulot ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari hamda
nodavlat ta’lim tashkilotlari va muassasalari buyurtmasiga ko‘ra saralash, qabul qilish va yakuniy
imtihonlarni o‘tkazish;
ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borish huquqini beruvchi ta’lim litsenziyalari va
sertifikatlarini joriy etish.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 
3-ilovaga 
muvofiq o‘zgartirishlar
va qo‘shimcha kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi manfaatdor
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy
muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.

Yüklə 141,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə