Qarori umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘G‘risida


-bob. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning davlat namunasidagi sertifikatini



Yüklə 141,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix27.12.2022
ölçüsü141,15 Kb.
#97918
1   2   3   4   5   6
646-сон 12.10.2020. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida

5-bob. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning davlat namunasidagi sertifikatini
berish tartibi
26. Sertifikat test sinovidan ijobiy natijaga erishgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon
qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida Davlat test markazi direktorining buyrug‘i asosida
elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.
27. Sertifikatlar reyestri Davlat test markazi tomonidan yuritiladi.
Sertifikatlar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
pasport ma’lumotlari (seriyasi va tartib raqami, pasportning kim tomonidan va qachon
berilganligi) yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari (tartib raqami, guvohnomaning
kim tomonidan va qachon berilganligi);
Davlat test markazining sertifikat berish to‘g‘risidagi buyrug‘ining sanasi va tartib raqami;
sertifikatning hisobga olish seriyasi va tartib raqami;
sertifikatning berilgan sanasi;
sertifikatning amal qilish muddati.
28. Sertifikatning haqiqiyligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat test markazining rasmiy veb-
sayti orqali tekshirish imkoniyati yaratiladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar


Oldingi
 tahrirga qarang.
29. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan
tartibda hal etiladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
30. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida
belgilangan tartibda javob beradilar.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-
oktabrdagi 646-son 
qaroriga 
2-ILOVA
(tavsifi)
Umumta’lim fanlari bo‘yicha bilish darjasini baholash to‘g‘risida sertifikat A4 formatdagi oq
qog‘ozga ofset usulida bosiladi. Bunda beshta rangdan foydalaniladi: qora rang — matn uchun,
yashil, ko‘k, qizil ranglar — rasmlarni tasvirlash uchun, och jigarrang — fon uchun. Varaqning yuqori
qismida 25 mm diametrda Davlat gerbi joylashtirilgan.
Varaqning qolgan qismiga davlat tilida lotin yozuvida “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR
MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI. UMUMTA’LIM FANINI BILISH DARAJASINI


BAHOLASH TOʻGʻRISIDA SERTIFIKAT” so‘zlari bosiladi. Sertifikat olti raqamli tartib raqamiga egadir.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-
oktabrdagi 646-son 
qaroriga  
3-ILOVA

Yüklə 141,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə