Qarori umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘G‘risida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Yüklə 141,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix27.12.2022
ölçüsü141,15 Kb.
#97918
1   2   3   4   5   6
646-сон 12.10.2020. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-oktabr,
646-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-
oktabrdagi 646-son 
qaroriga 
1-ILOVA
Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi
sertifikatni berish tartibini belgilaydi.
2. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni (keyingi
o‘rinlarda — sertifikat) berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test
markazi (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi) tomonidan to‘lov asosida amalga oshiriladi,
sertifikat elektron shaklda beriladi.
Sertifikat berish uchun talabgordan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5
baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimida ishtirok etish uchun
talabgordan undiriladigan to‘lov Davlat test markazining budjetdan tashqari hisobvarag‘iga
tushadi.
Sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan
shaxslarga 3 yil muddatga beriladi.


Oldingi
 tahrirga qarang.
Bunda, eng yuqori ballning 60 foizdan 85 foizigacha to‘plagan abituriyentga sertifikatdagi
o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha
test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan
(proporsional) hamda 86 foiz va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentga eng yuqori ball beriladi.
Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng
yuqori ball beriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli 
qaroriga
asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-
son)
3. Chet tilini bilish darajasini baholash va malaka sertifikatini berish Vazirlar Mahkamasining
2013-yil 31-dekabrdagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan Chet tilini bilish darajasini aniqlash va
malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi 
nizomga
 muvofiq amalga oshiriladi.
4. Umumta’lim fanlarini bilish darajasi O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining
davlat ta’lim standartlariga muvofiq shakllantiriladigan pedagogik o‘lchov vositalari asosida test
sinovlari yordamida baholanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni berish
uchun tuziladigan test savollari davlat ta’lim standarlariga mos ravishda hamda ta’lim o‘quv
dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqiladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-
avgustdagi 425-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y.,
09/22/425/0712-son)
Test sinovlari abituriyentlarning tayyorgarlik darajasini tizimli va asosli baholash uchun
yaratilgan, turli shakl va qiyinlik darajasidagi parallel topshiriqlar tizimini nazarda tutadi.

Yüklə 141,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə