Qon davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə4/7
tarix21.05.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#111778
1   2   3   4   5   6   7
Asadbek (1)

Nazariy tahlil va umumlashtirishning yana bir uslubi hujjat materiallari ustida ishlashdir. Jismoniy tarbiya jarayonining mazmuni tashkiliy tomonlari uchun tuzilgan rejalar, ularni amalga oshirish uchun dasturlar, ishchi dasturlar, mashg’ulotlarning texnologik xaritalari, mashg’ulot (dars)larning konspektlar, murabbiylar, tarbiyachi yoki o’qituvchilarning kundaliklari, haftalik, oylik, choraklik, yillik hisobotlar va shunga o’xshashlarda ifodalanadi.

Albatta, ular jismoniy tarbiya amaliyotining mashg’ulotlarini nazarda tutgan holda tuziladi, yoziladi. Ularni ilmiy jihatdan chuqur o’rganish orqali tadqiqotchida kutilmagan ilmiy farazlar, hal qilinishi lozim bo’lgan muammolar yoki ularning yechimiga oid natijalar, xulosalarni o’rganish imkoniyati yuzaga kelib qolishi mumkin.

Masalan, jahonning kuchli sportchilarini tayyorlash va ularning katta sport natijalariga erishishdagi shug’ullanish rejalarini solishtirish, malakali sportchilarning kundaliklari, haftalik, oylik, yillik jismoniy yuklamalarning hajmi, bajarish intensivligi vaboshqalar tadqiqotchiga izlanishlari uchun manba bo’lib hizmat qilishi mumkin.

3. Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot metodi

3. Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot metodi

Tadqiqotchi qo’llayotgan bu uslubiyotning ijobiy tomoni shundaki, izlanuvchining o’zi tadqiqotda aynan ishtirok etmaydi. Tadqiq qilinuvchilarni tadqiqot o’tkzilishidan xabardorligi, tadqiqot natijasiga salbiy ta’sir qilishi tadqiqotlar o’tkazish amaliyotidan ma’lum.

Hayotdagi oddiy kuzatishdan farqli o’laroq, tadqiqot olib borishda foydalaniladigan bu uslubiyot kuzatish predmetini aniq ajratib o’rganadi, kuzatilayotgan va undan kutilgan, aniqlangan dalillarni tezlik bilan hisobga olib, lozim bo’lgan tizimga soladi, qayta ishlaydi va uni izlanish jarayonida qo’llashi oson kechadi. Maxsus bayonnomalar, yozuvdagi shartli ifodalagichlar tadqiqot jarayonining kechishini osonlashtiradi.

Barcha ilmiy kuzatishlar natijasi kuzatuvchining shaxsiy qobilyatigagina bog’liq bo’lmasligi lozim, chunki o’rganilayotgan dalillar, ularning natijalari ko’pchilikda turlich fikr hosil bo’lishiga olib keladi.


Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə