R r e e f f e e r r


Yagona mafkura hukumronligining jamiyat hayotida zararli oqibatlari



Yüklə 402,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix15.06.2022
ölçüsü402,5 Kb.
#89550
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Andijon Davlat Universiteti Tarix fakulteti 3- v guruh talabasi

Yagona mafkura hukumronligining jamiyat hayotida zararli oqibatlari: 


17 
Shaxs erkinligi va fikrlar xilma-xilligiga murosasizlik, millatning o‘zligini inkor 
etish, milliy va diniy qadriyatlarni rad etish, milliylikni cheklash, mutlaq haqiqatni 
bilishlikka da’vo qilish, zo‘ravonlikka asoslanganligi, mutelik, boqimandalik, 
loqaydlik, milliy mahdudlik, siyosiy sohada tashabbussizlik, o‘zga g‘oyalarga 
yotqarash, jamiyatning ma’naviy inqirozi, tarixiy xotirasizlik, ona tiliga 
pisandsizlik bilan qarashda yaqqol namoyon bo‘ladi. Hozirgi paytda ro‘y 
berayotgan ayrim salbiy holatlar, nojo‘ya hatti-harakatlar, yovuz ishlar, avvalo, 
mafkuraviy bo‘shliqning yuzaga kelishi uchun yo‘l qo‘yilgan kamchilik va 
e’tiborsizlik tufayli sodir bo‘lmoqda.Xo‘sh, aslida g‘oyaviy bo‘shliq nima? 
G‘oyaviy bo‘shliq eski mustabid tuzumdan yangi tuzumga o‘tish jarayonida oldin 
hukmronlik qilib kelgan mafkura o‘z mavqeini yo‘qotgach, taraqqiyot talablariga 
mos ravishda uning o‘rnini bosadigan ilg‘or g‘oyaviy tizimning hali to‘liq 
shakllanmagan holatidir. Bunday sharoitda turli xil mafkuralar ushbu hududga o‘z 
ta’sir doirasini o‘tkazishga urinadi.1990 yillarning boshlarida bunday mafkuraviy 
bo‘shliq O‘zbekiston hududida ham namoyon bo‘ldi. Uning o‘ziga xos 
xususiyatlari quyidagilardan iborat. 
- Іukmron, kommunistik mafkura tanazzulga yuz tutdi va o‘rni bo‘shab qoldi; 
- O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida qaror topgan, mustaqillik mafkurasi 
g‘oyalari mamlakatimiz fuqarolarining ongi va dunyoqarashida ma’lum darajada 
aks eta boshlagan bo‘lsada ammo u hali odamlarning mustaqil dunyoqarashiga, 
mustahkam ishonch va e’tiqodiga aylanmagan edi; 
o‘tish davrida
ijtimoiy 
hayotning turli sohalarida fikrlar va mafkuralar xilma-xilligiga jo‘shqin ifoda 
bo‘ldi. Milliy madaniy meros va qadriyatlarga, milliy istiqlol g‘oyasiga bo‘lgan 
ishonch va e’tiqodni e’tirof etilishi vaziyatda muhim burilish yasadi. O‘tish 
davrida, yangicha qarashlar odamlarning mustahkam e’tiqodiga aylanib 
ulgurmagan paytda tashqi mafkuraviy ta’sirlarning yaxshi yoki yomon, foydali 
yoki 
zararli 
ekanini 
hamma 
ham 
farqlay 
ololmadi.
O‘zbekistondagi mafkura maydoniga begona, xalqimizning orzu-intilishlariga 
mutlaqo yot g‘oyalarning hujumi ana shu bilan bog‘liq geosiyosiy, mafkuraviy 
maqsadlar bilan ham izohlanadi. Masalan, mustaqil mamlakatimiz tinch-osoyishta 
yashayotgan bir paytda Afg‘oniston va boshqa yaqin hududlaridagi beqaror 
vaziyatdan foydalanib, ularning hududiga in qurib olgan ba’zi bir ekstremistik 
kuchlar, terrorchi to‘dalar o‘z jinoyatkorona maqsadlarini amalga oshirishga, 


18 
Markaziy Osiyo mintaqasini mafkuraviy kurashlar maydoniga aylantirishga urina 
boshlagan edi. Inson va jamiyat hayotida g‘oya va mafkuralarning o‘rni. 

Yüklə 402,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə