R r e e f f e e r r



Yüklə 402,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/18
tarix15.06.2022
ölçüsü402,5 Kb.
#89550
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Andijon Davlat Universiteti Tarix fakulteti 3- v guruh talabasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


19 
3. Mafkuraviy plyuralizm 
Mafkuraviy plyuralizm (lot. Pluralis- ilma-xillik, rang-baranglik) - ijtimoiy-
siyosiy hayotda turli qatlam, partiya, guruhlar manfaatlarini ifoda etuvchi g‘oyaviy 
rang-baranglikni, qarashlar va fikrlar xilma-xilligini ifodalaydi.Inson va jamiyat 
hayotida g‘oyalar va mafkuralar xilma-xilligining namoyon bo‘lishi ijtimoiy-
ma’naviy ehtiyoj ifodasidir. 
 
Bunyodkor g‘oyalar va mafkuralarning jamiyat hayotidagi ijobiy ta’siri 
Bunyodkor g‘oya - insonni ulug‘laydigan, uning kuch-g‘ayrati va salohiyatini 
oshirib xalqi, Vatani, butun insoniyat uchun foydali ishlar qilishga safarbar 
etadigan, o‘zida taraqqiyot, ma’rifat, do‘stlik, tinchlik, adolat, halollik, poklik kabi 
ezgu his tuyg‘ularning urug‘ini mujassam etadigan g‘oyadir.
 
Vayronkor, yot g‘oya va mafkuralarning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri 
Vayronkor g‘oyalar - jamiyat, xalq va davlatlarning tanazzuliga sabab bo‘ladi, 
g‘ayriinsoniy maqsadlarga xizmat qiladi. Insoniyat tarixida ezgulik va 
bunyodkorlik g‘oyalari bilan yovuzlik va buzg‘unchilik g‘oyalari o‘rtasida 
hamisha kurash bo‘lganligi tarixdan ma’lum. Yovuzlik g‘oyalari tarixda hamisha 
salbiy va yovuz kuchlar faoliyati va hukmronligini ifodalaydi. Salbiy yurishlarga 
turtki bo‘lgan g‘oyalar, irqchilik, fashizm, terrorizm, mustamlakachilikni targ‘ib 
qiluvchi g‘oyalar bunga misol bo‘ladi. Insoniyatning, jumladan, O‘zbekistoning bir 
necha yuz yillik tarixida ham turli bosqinchiliklar oqibatida zulm, zo‘ravonlik, 
kulfat urug‘larini sochish va qon to‘kilishiga sabab bo‘lgan buzg‘unchi g‘oyalar va 
mafkuralarning halokatli ta’siri bilan bog‘liq voqealar ko‘p bo‘lgan. Bu g‘oyalar 
o‘zlarida mustabidlik intilishlarini goh yashirin, goh oshkora ifodalagan holda 
amalga oshgan.Jumladan, bolshevizm bilan bir qatorda, XX asrning boshida 
mustabid g‘oya va mafkuraning boshqa shakli – fashizm paydo bo‘ldi.Fashizm 
(ital Fasismo bog‘lam, birlashma) - G‘arb mamlakatlarida XX asr boshlaridagi 
og‘ir iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy buxronlar davrida vujudga kelgan o‘ta 
tajovuzkor va vayronkor g‘oyalar asosida shakllangan insoniyatga qarshi nazariya 
va amaliyot. U jamiyatda o‘ta reaksion va tajovuzkor doiralarning dunyoqarashi va 
manfaatini ifoda etgan holda, ochiqdan-ochiq terroristik diktaturaga, zo‘ravonlik 
g‘oyasiga tayanadi. Fashizmning - muhim xususiyati ochiqdan-ochiq shovinizm va 
irqchilik bo‘lib, uning mohiyati jamiyatning barcha taraqqiyparvar qatlamlari
ilg‘or fikrli a’zolariga qarshi kuch ishlatishning eng og‘ir va zararli shakllarini 
qo‘llash jarayonida yaqqol namoyon bo‘ladi. Fashizm o‘z kirdikorlarini yashirish 


20 
va xaspo‘shlash uchun siyosiy tilyog‘lamalik, yolg‘on va bo‘htonlardan ustalik 
bilan foydalanadi.Fashizmning tashqi siyosati bosqinchilikdan va xalqaro 
terrorchilikdan iborat bo‘lib, bunday siyosiy rejimlar XX asrning 30-yillarida 
Italiyada, Germaniyada, Portugaliyada, Ispaniyada va SHarqiy Evropaning boshqa 
bir qancha mamlakatlarida o‘rnatilgan edi. Fashistlar Germaniyasi militaristik 
YAponiya bilan ittifoq tuzib 1939-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushini 
boshlagan. Bu urush insoniyatga mislsiz kulfat va falokatlar keltirdi, 50 milliondan 
ortiq odam halok bo‘ldi, yuzlab shahar va qishloqlar vayron qilindi. o‘tgan asrning 
70-yillariga kelib Portugaliya, Gretsiya, Ispaniyada ham fashistik tartiblar barbod 
bo‘ldi. Ammo, bugungi kunda ham ba’zi mamlakatlarda (Avstriya, Germaniya va 
b.) fashistik unsurlarning muayyan darajada faollashuvi kuzatilmoqda. YAngi 
fashizm g‘oyasi bugungi kunda insoniyat uchun zararli ekanligini har bir inson 
anglamog‘i lozim.Bolshevizm mafkurasi bo‘lgan kommunistik ta’limot 
xalqlarning milliy-etnik o‘ziga xosliklarini yo‘qotish, «proletar baynalmilalligi» 
shiori bilan maydonga chiqqan bo‘lsa, fashizm bir hukmron millatning «irqiy-etnik 
sofligi»ni mutlaqlashtirishni targ‘ib-tashviq etdi. U irqchilikning homiysi 
hisoblanadi. 

Yüklə 402,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə