R r e e f f e e r r



Yüklə 402,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/18
tarix15.06.2022
ölçüsü402,5 Kb.
#89550
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Andijon Davlat Universiteti Tarix fakulteti 3- v guruh talabasi

 
«Rasizm» so‘zi «rasa»
(irq) atamasidan kelib chiqqan. Bu atama XVII 
asrdan boshlab Evropada «insoniyat nasli»ni turli irqiy guruhlar, jumladan, «oq» 
va «sariq» irqqa ajratish uchun qo‘llana boshladi.Irqchilik - odamlar o‘rtasidagi 
ijtimoiy tengsizlik, bosqinchilik, zo‘ravonlik va urushlarni kishilarning turli 
irqlarga mansubligi bilan oqlashga xizmat qiluvchi g‘ayrimilliy ta’limot Irqchilik 
ta’limoti «oq tanli»larning afzalligi, ularning azaldan «oliy irq» etib tanlangani, 
boshqa irqlarning esa «oq»larga qaraganda nomukammal yaratilganligi va hamisha 
taraqqiyotning quyi pog‘onalarida turishini «asoslab» beradi. Uning asosiy g‘oyasi 
o‘zining «ilohiy» tabiatiga ko‘ra «oq» irqlarni «quyi» irqlar ustidan hukmron 
qilishga da’vat etishga qaratilgan edi. Irqchilik milliy mansubligi va terisining 
rangiga ko‘ra farqlanib turuvchi kishilarga tazyiq o‘tkazish, ularni haqoratlash, 
urish va o‘ldirish kabi harakat-hodisalarda yaqqol namoyon bo‘ldi. U buyuk 
davlatchilik, ashaddiy shovinizm, «tanlangan» xalqlarning milliy afzalligi 
g‘oyalari bilan chambarchas bog‘lanib ketadi. Irqchilik ta’limoti boshqa xalqlarga 
nisbatan bosqinchilik, ta’lonchilik amaliyoti bilan yaqindan bog‘liqdir. Irqchilik 
ta’limoti bilan qurollangan fashistlar Germaniyasi «oriylar irqi» hukmronligini 
o‘rnatish maqsadida jahon urushini bashlagani bunga yaqqol misoldir. Hozir ham 


21 
reaksion 
mafkuraga 
asoslangan 
kayfiyatdagi 
ayrim 
guruhlar, 
ularning 
nazariyotchilari irqchilik g‘oyalarini targ‘ib etib, «qoloq» xalqlarning go‘yo 
mustaqil rivojlanishga ruhiy tayyor emasliklarini da’vo qilmoqdalar. Dunyoning 
turli mintaqalaridagi bunday qarashlar va harakatlarni xalqlar ozodligini bo‘g‘ishga 
ular ustidan hukmronlik o‘rnatishga intilish deb tushunish mumkin. Sobiq ittifoq 
parchalanib ketganidan so‘ng ba’zi imperiyacha fikrlovchi ayrim siyosatdonlar va 
ularning nazariyotchilari qarashlarida ham irqchilik kayfiyatlari paydo bo‘lganini 
kuzatish mumkin. Bunday qarashlarning asossiz ekanini hayot ko‘rsatmoqda. 
Ma’lumki, irqlar odamlarning ikkilamchi tashqi nasli xususiyatlari (badanining 
rangi yuz-bosh tuzilishi kabi belgilari) bir xil bo‘lgan, tarixiy darda shakllangan 
guruhlardir. Dunyoda evropalik, mo‘g‘ul va negrlik belgilariga qarab ajratiladigan 
uch asosiy irq bor. Insonning jismoniy tuzilish asoslari (suyak mushak miya va 
tananing boshqa a’zolari) barcha irqqa mansub kishilarda bir xildir. Butun 
insoniyat yagona biologik turga - «Homo sapiens» mansubdir. Tarixiy taraqqiyot 
davomida irqlarning aralashuvi irqiy belgilarning o‘zgarishi sodir bo‘lib kelgan va 
u hozir ham davom etmoqda. Barcha irqlar madaniy taraqqiyotga birdek 
qobiliyatlidirlar. Irqchilik insoniyatga qarshi g‘oyadir. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida barcha irqlar va millatlarning teng huquqliligi belgilab qo‘yilgan. 
Bu qoida jahon hamjamiyatining xalqaro huquq me’yorlariga javob beradi. Yana 
bir eng yovuz g‘oyalardan biri – terrorizmdir. Bugungi kunda insoniyatga katta 
tahdid solmoqda. 

Yüklə 402,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə