R r e e f f e e r r


Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan



Yüklə 402,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/18
tarix15.06.2022
ölçüsü402,5 Kb.
#89550
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Andijon Davlat Universiteti Tarix fakulteti 3- v guruh talabasi

Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan 
kurashish zarurligi 
Bugungi kunda qurol-yarog‘ kuchi bilan zo‘ravonlik qilish 
emas xalqlarni, mamlakatlarni, dunyoni zabt etish uchun juda katta mafkuraviy 
qudratga, g‘oyaviy asosga ega bo‘lish kerakligini hayot ko‘rsatmoqda. XX asr 
sivilizatsiyasi dunyoni aql-idrok bilan zabt etish prinsipini yuzaga keltirib chiqardi. 
SHuning uchun ham bugun davlatlar qudrati, mamlakatlar salohiyati yadroviy 
poligonlar bilan emas, g‘oyaviy, mafkuraviy poligonlardagi salohiyati bilan 
o‘lchanadi. Bu haqida Prezident Islom Karimov: «Hozirgi vaqtda qudratli davlatlar 
va muayyan siyosiy markazlar o‘z maqsadlariga erishish uchun, avvalo, zabt 
etmoqchi, o‘z ta’sir doirasiga olmoqchi bo‘lgan mamlakatlarning aholisi ongini 
o‘ziga qaram qilishga intiladi»
2
, - deb ta’kidlaydi. Milliy istiqlol g‘oyasiga ishonch 
va e’tiqodi bo‘lgan har bir kishi nosog‘lom fikrga – sog‘lom ezgu fikr bilan javob 
beradi. o‘zining fikriga ega bo‘ladi. o‘zining erkin fikriga ega bo‘lmasa, javob bera 
olmaydi. Xuddi shunday yovuz g‘oyaga - ezgu g‘oya bilan, jaholatga ma’rifat bilan 
javob beradi. Bugungi mafkura sohasida bo‘ladigan turli xil kurashlarda ana shu 
yo‘l bilan g‘olib bo‘lib, milliy o‘zlikni saqlab qolish mumkin. XX asr oxiri o’zbek 
xalqi tarixida olamshumul ahamiyatga molik davr bo’ldi. O’zbekiston mustaqil 
taraqqiyot yo’liga kirdi, asriy orzusi ushalgan xalq o’z taqdirini o’z qo’li bilan 
yaratadigan bo’ldi. Kelajagi buyuk davlatni qurish va mustahkamlash uchun 
jamiyatni harakatga keltiruvchi komil insonlarni etishtirish talab etiladi. Buning 
uchun jamiyatning har bir a`zosi dastavval, o’zligini anglashi kerak. Prezidentimiz 
I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” deb atalgan risolasida, - “o’zlikni 
anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Tarixni yaxshi bilmasdan turib yuksak 
mavqega erishish mumkinmi? Albatta, mumkin emas. Ma`naviyatini tiklashi, 
tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib 
yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak... Tarixiy xotirasi bor inson - 
irodali inson. Takror aytaman, u irodali insondir... Jamiyatning har bir a`zosi 
o’zo’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar 
2
Каримов И.А. Миллий истиєлол мафкураси- халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. -Т.: 
«Ўзбекистон», 2000, 7 бет.


24 
ta`siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi. 
Irodasini mustahkamlaydi”- deb ta`kidlaydilar.Respublikamizda keyingi vaqtda, 
diniy ekstremizm va fundamentalizm kabi milliy qadriyatlarimizga yot, zararli 
oqimlarning suqilib kirib, ayrim yoshlarimizning o’zligini yo’qotib qo’ygan 
manqurtlarga, har xil manfur guruhlarning malayiga aylanib qolishi Prezidentimiz 
Islom Karimovning yuqoridagi gaplari naqadar to’g’ri ekanini yana bir bor 
isbotladi. 1998 yilda respublikamizning bir guruh faylasuf, tarixchi, siyosatshunos, 
sotsiolog, psixolog, pedagog va adabiyotshunos olimlar bilan uchrashuvida 
yurboshimiz “... pirovard maqsadimiz bo’lgan ozod va obod Vatan, erkin va 
farovon Hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma`naviy kuch-
quvvat manbai, ilmiy asos - bu milliy g’oya, milliy mafkura bo’lishi shart” - deb 
ta`kidladilar. Darhaqiqat, xalqimizning fidoiy, sog’lom fikrlovchi, bilimdon 
ziyolilari ommaga milliy mafkurani tushuntirishi va singdirishi lozim. 
I.A.Karimov o’zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” nomli risolasida yana 
shunday deb yozadilar : “Modomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat 
oladigan xalqni engib bo’lmas ekan, biz Haqqoniy tariximizni tiklashimiz, 
xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan 
qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur”.Shuning uchun Prezidentimizning 
yuqorida eslatib o’tilgan risolasida tarixni O’rganishni davlat siyosati darajasiga 
ko’tarish masalasini ilgari surdi.
ShuninguchunhamO’zbekistontarixifanibarchaoliyvao’rtamaxsusta`limo’quv
yurtlarida, litseylarvakasb-Hunarkollejlari, umumta`limmaktablaridao’qitilmoqda, 
bitiruvchilaresayakuniyDavlatattestatsiyalarinitopshirmoqdalar.Prezidentimiz 
bu 
ishga shaxsan o’zlari, bosh-qosh bo’lmoqdalar. U kishining tarixchi olimlar bilan 
uchrashuvlari, Vazirlar Mahkamasining bu masalaga bag’ishlangan bir qator 
qarorlari va farmoyishlari yuqoridagi fikrimizning isbotidir.1998 yil sentyabrg’ 
oyida Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligi respublika oliy o’quv yurtlari 
professor-o’qituvchilari uchun 15 kunlik ilmiy seminar tashkil qildi. Seminarda 
O’zbekiston tarixi fanining dolzarb muammolari va yangi dasturi muhokama etildi. 
1998-1999 o’quv yilidan boshlab oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis 
yo’nalishlarida O’zbekiston tarixini muammoli ma`ruzalar tarzida o’rganish yo’lga 
qo’yildi. O’zbek xalqining ezgu orzusi ro’yobga chiqib, o’z mustaqilligini qo’lga 
kiritdi. Mustaqillik tufayli uning boy madaniy o’tmishidan saboq olish, Vatan 
tarixini chuqurroq va izchil tadqiq etish va qimmatli xulosalar chiqarish alohida 


25 
aham iyat kasb etmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimovning “...tarixga murojaat qilar 
ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol 
kishi bo’lmaganidek, O’z tarixini bilmagan kishining kelajagi ham bo’lmaydi”, -- 
deganlari 
ayni 
haqiqatdir. 
O’zbekiston tarixi fanining predmeti O’zbekistonning uzoq o’tmishdan shu 
kunlargacha bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma`naviy taraqqiyoti 
jarayonidir. O’zbekiston tarixi fani dunyoda eng qadimiy va boy tarixga ega 
bo’lgan o’zbek xalqining bir necha ming yillik tarixiy va ma`naviy taraqqiyotini 
o’rganuvchi va o’rgatuvchi fandir. Markaziy Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda 
yashab kelayotgan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga munosib hissa 
qo’shib kelmoqdalar. O’zbek xalqi Markaziy Osiyodagi barcha xalqlar qatorida 
doimo o’rgan, hurlik, ozodlik va mustaqillik uchun mustamlakachilar va yot 
kelgindilarga qarshi kurash olib borgan va shu jihatdan u o’zining chuqur ildiz 
otgan an`analariga egadir. Oliy o’quv yurtini bitiruvchi bakalavr bilishi kerak 
bo’lgan umumiy bilim doirasi O’zbekiston tarixi fani oldiga quyidagi vazifalarni 
qo’yadi: 
Birinchidan, Vatan tarixini o’qishvao’rganish jarayonida yoshlarda tarixiy 
bilimlar, ilmiy-nazariy tushunchalar va tasavvurlar shakllanmog’i lozim. Chunki 
tarixiy voqea va hodisalarni bilmasdan, ular haqida tushuncha va tasavvurga ega 
bo’lmasdan turib g’oyaviy-siyosiy dunyoqarash haqida gap yuritish mumkin emas;
 
Ikkinchidan, Vatan tarixini yoritish, o’qitish vao’rganish jarayonida chuqur 
ilmiylik, xolislik, tarixiy haqiqatning ustivorligi asosiy va bosh yo’nalish bo’lishi 
lozim; 
Uchinchidan, Vatan tarixining har bir satri, har bir varag’i milliy 
qadriyatlarga hurmat ruhi bilan sug’orilgan bo’lishi va milliy g’oya va milliy 
mafkurasining kamol topishiga xizmat qilishi darkor; To’rtinchidan, Vatan 
tarixining boshidan oxiriga qadar singib ketgan asosiy g’oya - otashin 
vatanparvarlik, baynalminalchilik, insonparvarlik kabi ulug’ fazilatlarga 
qaratilmog’i kerak.Beshinchidan, Vatan tarixi fani mustaqil respublikamizning 
siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy qadriyatlarining yanada mustahkamlanishi va 
ravnaq topishiga xizmat qilishi, davr va zamon bilan ham nafas bo’lmog’i ayni 
muddaodir. I.A.Karimov O’zining Vatan tarixiga qarashlarini izchilik bilan 
rivojlantirib, quyidagilarni yozgan: “Bugungi zamon bahosini berish uchun 
avvalambor, kechagi kunga - o’tmishga nisbatan qanday munosabatda ekanimizga 


26 
baho berish kerak”. I.A.Karimovning “O’zbekiston - kelajagi buyuk davlat” 
kitobidagi bir fikrga diqqat qilish joizdir. Hech mubolag’asiz aytish mumkinki, 
quyidagi so’zlar tarixchi - tadqiqotchilarimiz izlanishlari uchun metodologik asos 
bo’la oladi: “Biz yangi hayot uchun bel bog’ladik, biroq o’tmishga malomat 
toshlarini otmadik. Halqimizning o’tmishga tosh otish - gunohi azim, degan asl 
aqidasini yodda tutdik... O’tmishni taftish qilish yoki uni inkor etish - o’z 
ildizimizni o’zimiz kesishimiz bilan barobar ekanligini yaxshi angladik...” 
Bu gaplarni tarixchilarimiz, ba`zi ijodiy ziyolilarimiz ham o’qib, ham uqib olishlari 
kerak, chunki ilgari ular bunga amal qilmadilar va hozir ham to’la amal qilayotirlar 
deb bo’lmaydi. Shuning uchun ham Prezidentimiz 1998 yilning iyun oyi oxirlarida 
bir guruh etakchi tarixchilar hamda, ziyolilarning ayrim vakillari bilan suhbat 
o’tkazdilar. Bu suhbat “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” degan sarlavha bilan 
“Muloqot” jurnalining 5-sonida va alohida risola sifatida nashr qilindi. 
Prezidentimiz suhbatda Vatan tarixining bir qator dolzarb muammolari haqida so’z 
yuritdilar. Bular asosanquyidagicha:
1. Vatan tarixini yaratishning yagona kontseptsiyasi yo’q. Obro’li tarixchi olim 
fikri ilmiy hukm bo’lib qolmoqda. Munozara, turli fikrlilik yo’q. 
2. Bugun xalqning xolis tarixi yaratilmagan, bor qo’llanmalar talabga javob 
bermaydi. 
3. O’zbek davlatchiligining rivojlanish bosqichlari konkret ko’rsatilmagan. O’zbek 
millatining shakllanish tarixini, davlatchiligimizning paydo bo’lishi asoslarini 
kO’chmanchi xalqlarga bog’lashga intilish kuchli.
4. O’zbek davlatchiligi asosi tubjoy xalqlardan, masalan, Xorazmdan 
boshlanganligi, 
bunga 
“Avesto” 
guvoh 
ekanligi 
baralla 
aytilmadi. 
5. Tezda jiddiy tadqiqotlarni tuzish kerak, bu ma`naviyatimiz uchun ham , siyosat 
uchun ham kerak, chunki u tarix ma`naviyatni shakllantirishga, siyosatga xizmat 
qiladi, yangi, xolisona yozilgan tarixsiz siyosatda xatolarga yo’l qo’yish mumkin. 
Prezidentimiz, avvalo, yangi Vatan tarixini yaratish ishi orqaga surilib 
kelinayotganligidan qoniqmaganliklarini bildirdilar, olib borilayotgan tadqiqot 
ishlari talabga javob bermasligini aytdilar. Bunga asosiy sabab Vatan tarixini 
yoritishning yagona kontseptsiyasi yo’qligi dedilar.
Komil insonni tarbiyalashda Vatan tarixining roliga Prezidentimiz alohida 
urg’u beradilar.“O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”, - deb yozadi 
Prezidentimiz “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” risolasida. “Ma`naviyatni tiklash, 


27 
tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib 
yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak.Tarixiy xotirasi bor inson-
irodali inson.Takror aytaman, irodali insondir”.Yana “Inson uchun tarixdan judo 
bo’lish-hayotdan judo bo’lish demakdir”
Xulosa qilib shunday deydilar: “Modomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruhiy 
quvvat oladigan xalqni engib bo’lmas ekan, biz Haqqoniy tariximizni tiklashimiz, 
xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan 
qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur”. Bu vazifalarni bajarish uchun 
nima qilish kerak. Vatan tarixi fanining vazfalarini Prezidentimiz lo’nda qilib 
ko’rsatdilar. “Fanning vazifasi kelajagimizning shakli-sham oyilini yaratib berish, 
ertangi kunimizning yo’nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo’lishini 
ko’rsatib berishdan iborat deb, tushunaman. Odamlarga mustaqillikning afzalligini, 
mustaqil bo’lmagan millatning kelajagi yo’qligini, bu tabiiy qonuniyat ekanini 
isbotlab, tushuntirish berish kerak. Fan jamiyat va taraqqiyotni olg’a siljituvchi 
kuch, vosita bo’lmog’i lozim”. Tarixni bilish davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi 
zarur deb ko’rsatadi
I.Karimov.Tarixni o’rganishning muhim nazariy-metodologik asoslaribor. 
Bulardan biri dialektik metoddir. Insoniyat hayoti, jamiyat taraqqiyoti dialektik 
jarayondir. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo’ladigan hodisalar, 
voqealar umumiy va o’zaro bog’lanishi, uzluksiz Harakatda, ziddiyatli 
taraqqiyotda bo’ladi, deb ta`lim beradi. Mamlakatimiz tarixini O’rganishda milliy 
qadriyatlar, an`analari va urf-odatlari, islom dini tarixi, odamlarning diniy 
e`tiqodlari, diniy ta`limotlar va ularning asoschilari faoliyatini taHlil qilishga, 
yoritishga tsivilizatsion munosabatda bo’lib, ularni hurmatlash, eozozlash nuqtai 
nazaridan yondoshmoq kerak. Hayot xalqning necha ming yillar davomida 
yaratgan ma`naviy madaniyatini, axloqi, mezonlarini ikkiga - ekspluatatorlik 
madaniyati va axloqi ham da ekspluatatsiya madaniyati va aHloqga bo’lish va 
birinchisini qoralashdan iborat lenincha yo’riqnomaning naqadar zararli ekanligini 
ko’rsatadi. Ma`naviy merosga bunday yondoshuv ma`naviy qashshoqlashuvga, 
milliy qadriyatlarning, urf-odatlarning oyoq osti qilinishiga, Ko’pgina olimlar, 
ma`rifatparvar, ruhoniylarning badnom qilinishiga olib kelganligini hech qachon 
unutmaslik kerak. Tarixni o’rganishda yuqoridagi metodologik qoidalar bilan bir 
qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, 
sotsiologik tadqiqotlar O’tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham 


28 
foydalaniladi. 
Xullas, biz O’zbekiston tarixi fanining Prezidentimiz aytganlaridek “davlatga, 
xalqqa, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozimligini unutishga aslo haqqimiz 
yo’q”.Prezidentimiz “Fidokor” gazetasi muxbiri bilan bo’lgan suHbatlarida komil 
insonni yaratishda, milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantirishda tarix fanining 
roliga yana bir bor yuqori baho berib Shunday dedilar: “...Milliy mafkurani 
shakllantirishda eng katta manba - bu xaqqoniy yoritilgan tarixdir. Tarixni bilmay 
turib, mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo’lmaydi.” O'zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining 12 sessiyasida 1993 yil 7 may kuni nutq so'zlab, 
Prezident Islom Karimov quyidagilarni ta'kidladi milliy istiqlol g'oyasi 
xalqimizning azaliy an'analariga, udumlariga, tiliga, diliga, ruxiyatiga asoslanib, 
kelajakka ishonch, mexr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma'rifat tuyg'ularini 
ongimizga singdirishi lozim shu bilan birga, bu g'oya xalqimizda, o'zining qudrati 
va ximoyasiga suyangan xolda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jaxon 
xamjamiyatidagi mutaraqqiy davlatlar orasida teng xuquqli asosda munosib o'rin 
egallashiga doimiy intilish xissini tarbiyalamog'i kerak. 
"Tafakkur" jurnalining 1998 yil 2-sonida jurnal bosh muxbirining savollariga 
Prezident I.Karimovning javoblari e'lon qilindi. Mazkur javoblarda milliy 
g'oyamizni nazariy va amaliy jixatlari yanada chuqurroq yoritildi. Bugungi kunda 
sobiq Ittifoq zamonida xukmronlik qilgan, odamlarni qullik, mutelik xolaiiga 
solgan, manqurtga aylantirgan kommunistik mafkurani tanqid qilish, taqiq qilish, 
ma'muriy choralar ko'rish yo'li bilan yengib bo'lmaydi. "G'oyaga qarshi faqat 
g'oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaxolatga qarshi faqat ma'rifat bilan baxsga kirishish, 
olishish mumkin", - degan xaq fikrni ilgari surdi Islom Karimov.

Yüklə 402,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə