R sayfullayeva, B. Mengliyev, G. Boqiyeva, M. Q urbo no va, Z. Yunuso va, M. Abuzalova



Yüklə 10,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/473
tarix14.03.2023
ölçüsü10,16 Mb.
#102474
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   473
hozirgi o`zbek adabiy tili sayfullayeva2009

Xususiy fonetikada 
yuqorida aytilgan masalalar muayyan tillar 
misolida tekshiriladi. Xususiy fonetika tarixiy va muosir, sinxron va 
diaxron, tasviriv va eksperimental kabi k o ‘rinishlarda ish yuritadi.
Q iyosiy 
fonetika 
bir 
nec h ta 
qarindosh 
yoki 
qarindosh 
b o i m a g a n tilning yoxud bir q a n c h a dialekt va shevaning unli va 
undosh tovushlari, ulardagi fonetik o'zgarish va boshqa hodisalarni 
qiyosiy aspektda tekshiradi.
Qiyosiy fonetika um u m iy va xususiy fonetika oralig‘idagi 
vaziyatni egallaydi.
Fonologiya. 
Fonologiya (gr. 
rhone —
tovush, 
logos —
t a ’limot) 
term ini tilshunoslikda XIX asr oxirida nutq tovushining fiziologik-
54


akustik (fizik) to m o n id a n funksional (lingvistik) tom onini farqlash 
ehtiyoji bilan paydo bo'ldi. Fonologiya til tovush qurilishining 
struktur va funksional qonuniyatini o'rganuvchi soha, semiotik 
(ishoraviy) tizim sifatida nutqni akustik-artikulyatsion aspektda 
o'rganadigan fonetikadan farqlanadi.
Fonetikaning birligi bevosita kuzatishda berilgan nutq tovushi 
bo'lganligi kabi, fonologiyaning birligi — so'zlovchilarning ana shu 
bevosita kuzatishda berilgan nutq tovushi asosida yotgan tovush tipi 
haqidagi ijtimoiy tasaw uri. H a r bir fonema kishi ongida um um iy 
farqlovchi xususiyati asosida vujudga kelgan maxsus «akustik 
portret» yoki «tovush obrazi» sifatida yashaydi. Bu farqlovchi belgi 
tovushning artikulyatsion va akustik belgisi asosida vujudga keladi 
va barqarorlashadi.
Boshqa lisoniy birlik kabi fonem a ham paradigmatik va 
sintagmatik m unosabatda yashaydi. Bu 
fonologik paradigmatika
va 
fonologik sintagmatika
deyiladi.
0 ‘zaro qaram a-qarshi belgiga ega bo igan, biroq um um iy, 
integral belgilari asosida birlashgan bir tipdagi fonemalar sirasi 
fonologik paradigma,
fonemalarning o ‘zaro munosabati 
fonologik
paradigmatik m unosabat
deyiladi.
Fonologik paradigmaning markazida fonologik ziddiyat turadi. 
Fonologik ziddiyat (oppozitsiya) fonemaning farqli belgilarini 
o ‘zida ifodalaydi. Masalan, o ‘zbek tilidagi unli fonemalar bir 
u m u m iy
belgi 
— 
«o‘pkadan 
kelayotgan 
havoning 
tovush 
paychalariga urilish 
natijasida 
hosil 
bo'lgan ovozning og‘iz 
b o ‘shlig‘ida t o ‘siqqa u chram ay chiqishidan vujudga keladigan 
tovush tipi» invariant xossasiga ega. Bu mohiyat 6 ta unli fonem a 
uchun ham amal qiladi. Biroq bu mohiyat ostida birlashgan 
fonemalar o'zaro zidlanib, kichik guruhlar hosil qiladi. [/] va [и] 
«yuqori tor» belgisi bilan «o'rta keng» xossasiga ega 
[e]
va 
\o ‘\
ham da «quyi keng» xossasiga ega 
[a]
va 
[o]
fonemalar guruhlariga 
qaram a-qarshi turadi. Yoki «lablanmagan» belgisiga ega [/], 
[e],
[a] 
fonemalari guruhi «lablangan» belgisiga ega [и], [o'], [o] guruhiga 
qaram a-qarshi turadi. 0 ‘z navbatida [/], 
[e], [e]
guruhi a ’zolari 
o ‘ziga xos belgilari asosida o'z aro zidlanadi.
Tilshunoslikda 
fonologik 
ziddiyatning 
har 
xil 
tu r 
va 
ko'rinishlari farqlanadi. 
N.S.Trubetskoy «Fonologiya asoslari» 
asarida fonologik ziddiyatni uch asosga k o'ra tasniflaydi:
1. 
Fonologik ziddiyatning ziddiyat tizimiga munosabatiga ko'ra 
tasnifi. Bunda ziddiyat bir o'lchovli va k o'p oich o v li, m untazam
va ajralgan ziddiyatga bo'linadi. Bir o'lchovli ziddiyatda fonemalar
55



Yüklə 10,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə