Raqamli axborotlarni qayta ishlash va yaratish texnalogiyalari



Yüklə 10 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/311
tarix13.04.2023
ölçüsü10 Mb.
#105465
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   311
RAQAMLI AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASH VA YARATISH TEXNOLOGIYASI Meyliyev Asliddin Ash DwWRub9

Vektorli grafika
bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda 
tasvirlarni yaratishga mo`ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, 
dizaynerlik byurolarida va nashriyotlarda qo`llaniladi. 


202 
22-Mavzu: Kompyuter grafikasida ishash. 
 
Reja: 
1. Kompyuter grafikasi haqida ma’lumot 
2. kampyuter grafikasi turlari. 
Axborotning asosiy qismini inson ko`rish a`zolari orqali oladi. 
Ko`rgazmali axborotning o`zlashtirilishi oson bo`ladi. Inson tabiatining ana 
shu xususiyati grafik operatsion tizimlarda ishlatiladi. Ularda axborot grafik 
ob`ektlar: znachoklar (belgilar), oynalar va rasmlar ko`rinishidatasvirlanadi. 
Operatsion tizimning barcha grafik ob`ektlari, shuningdek, boshqa barcha 
tasvirlar qandaydir yo`l bilan kompyuterda xosil qilinishi yoki unga kiritilishi 
kerak. Grafik tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun maxsus tashqi (atrof) 
qurilmalari ishlatiladi. Eng ko`p tarqalgan qurilma — bu skanerdir. So`nggi
paytda raqamli fotokameralarning ham qo`llanish ko`lami kengayib 
bormoqda. Ularning oddiy fotoapparatlardan farqi shundaki, tasvir kimyoviy 
yo`l bilan fotoplyonkaga tushirilmaydi, balki fotokamera xotirasining 
mikrosxemalariga yozib qo`yiladi. U yerdan axborotni kabel orqali 
kompyuterga uzatish mumkin. Ayrim raqamli fotoapparatlar ma`lumotlarni 
fayl sifatida egiluvchan diskka yozib qo`yish imkoniyatiga ham ega. 
Diskdagi axborotni esa kompyuterga o`tkazish unchalik qiyin emasligini siz 
yaxshibilasiz. 
Tasvirni kompyuterga videokameradan ham kiritish mumkin. Videoning 
ketma- ketlikdagi biror kadrni tanlashi va uni kompyuterga kiritishi 
tasvirni 
ushlab olish 
deyiladi. 
Kompyuterga tasvirni kiritish uchun uni albatta skanerlash, rasmga olish 
yoki uni ushlab olish shart emas. Tasvirni kompyuterning o`zida ham xosil 
qilish mumkin. Buning uchun grafik muxarrirlar deb ataluvchi maxsus 
dasturlar sinfi ishlab chiqilgan. 
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish, 
shuningdek, grafik ob`ektlar va fayllarda bo`lgan nografik ob`ektlar o`rtasida 
bog`lanish o`rnatishni informatikada 
kompyuter grafikasi 
deb atash qabul 
qilingan. Kompyuter grafikasi uch turga bo`linadi: rastrli grafika, vektorli 
grafika va fraktal grafika. Ular o`rtasidagi asosiy farq nurning displey 
ekrandan o`tish usulidan iborat. Eslab qoluvchi elektron-nurli trubka 
(ENT)larga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan trayektoriya bo`ylab bir 
marta chopib o`tadi, uning izi esa ekranda keyingi buyruq berilgungacha 
saqlanib qoladi. Demak, vektorli grafikaning asosiy elementi —chiziqdir. 
Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda 
tasvirlarni yaratishga mo`ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, 
dizaynerlik byurolarida va nashriyotlarda qo`llaniladi. 
Rastrli qurilmalarda esa tasvir ularni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan 
vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rastr — bu 
ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak, rastrli 


203 
grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat. 
Rastrli grafika vositalari bilan tayyorlangan tasvirlar kompyuter dasturlar 
yordamida kamdan-kam xoldagina yaratiladi. Ko`pincha ushbu maqsadda 
rassom tayyorlagan tasvirlar yoki rasmlar skanerlanadi. Rastrli tasvirlar bilan 
ishlashga mo`ljallangan ko`pgina grafik muxarrirlar asosan tasvirlarga ishlov 
berishga mo`ljallangan. Internet tizimida ko`proq rastrli tasvirlar 
qo`llanilmoqda. 
Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish — bu tasvirni chizish yoki 
jixozlash emas, balki uni dasturlashdir, ya`ni bunda tasvirlar formulalar 
yordamida ko`riladi. Fraktal grafika odatda o`yin dasturlarida qo`llaniladi. 
Kompyuter ekrani har qanday tasvirni mayda nuqtalarning majmui 
sifatida aks ettiradi. Ekranning har bir shunday nuqtasi 
piksel 
deb ataladi. 
Ekrandagi tasvirning biror qismi kattalashtirilsa, piksel rangli to`g`ri 
to`rtburchak shakliga egaligini ko`rish mumkin. Piksellarning ekranda 
joylashishini shaxmat doskasidagi kataklarning joylashishiga yoki rangli 
jadvalga o`xshatishmumkin. 
Demak, piksellar majmui ekranda tasvirni hosil qiluvchi 
jadval 
(matritsa)ni tashkil etar ekan. Monitor turiga qarab matritsa o`lchamlari 
piksellarda 640x480, 800x600, 1024x768, 1600x1200… kabi bo`lishi 
mumkin. 
Matritsa o`lchami ekran o`lchamiga bog`liq bo`lmaydi. Bir xil 
o`lchamli ekranda matritsa o`lchami qancha katta bo`lsa, uni tashkil etuvchi 
nuqtalarning o`lchami shuncha kichik bo`ladi. Ya`ni, ekrandagi tasvirning 
sifati ham yaxshi bo`ladi. 
Kompyuter grafikasida ekran imkoniyati va tasvir imkoniyati 
tushunchalarini bir-biridan farqlash lozim. 
 

Yüklə 10 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   311




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə