Raqamli axborotlarni qayta ishlash va yaratish texnalogiyalari



Yüklə 10 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/311
tarix13.04.2023
ölçüsü10 Mb.
#105465
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   311
RAQAMLI AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASH VA YARATISH TEXNOLOGIYASI Meyliyev Asliddin Ash DwWRub9

Ekran imkoniyati 
monitor, videoqurilma va operatsion sistema 
imkoniyatlariga bog`liq bo`lib, piksellarda o`lchanadi va ekranda to`lig`icha 
joylashadigan tasvir o`lchamini aniqlaydi. 
Tasvir imkoniyati 
– bu tasvirning xususiyati bo`lib, bird yum 
uzunlikdagi kesmada nechta nuqta tasvirlanganligi (
dpi
) bilan o`lchanadi. Bu 
birlik grafik muharrir yoki skaner yordamida tasvir hosil qilish vaqtida 
belgilab olinadi. Tasvir imkoniyatining qiymati tasvir faylida saqlanib
tasvirning yana bir xususiyati – haqiqiy o`lchami bilan bog`liq bo`ladi. 
Tasvirning haqiqiy o`lchami 
piksellarda yoki uzunlik o`lchov 
birliklari (millimeter, santimetr, dyum)da o`lchanadi. U tasvir hosil qilish 
vaqtida belgilanadi va tasvir fayli bilan birgasaqlanadi. 
Agar tasvirni ekranda ko`rish kerak bo`lsa, uning o`lchamini 
piksellarda ifodalash qulay. Chunki bu holda tasvir ekranning qanday qismini 
egallashini aniqlash oson bo`ladi. 
Agar tasvirni qog`ozga chop etish kerak bo`lsa, uning o`lchamini 
uzunlik o`lchov birliklarida ifodalash qulay. Chunki bu holda tasvir 


204 
qog`ozning qanday qismini egallashini aniqlash oson bo`ladi. 
Tasvirning yana bir xususiyati, unda qoallanilishi mumkin bo`lgan 
ranglar miqdoridir. Ya`ni, har xil tasvirlar turli rang ko`lamiga ega bo`lishi 
mumkin: oq- qora shtrixli, nimrang (kulrangning oqdan qoragacha asta o`tib 
boruvchi tuslari) indekslangan rangli, to`liq rangli. 
Oq-qora shtrixli tasvir
. Tasvirning har bir pikseliga bir bit axborot 
ajratiladi. Ma`lumki, bir bit yordamida ikki holatni kodlash mumkin:
oq 
va 
qora 
rang. Tasvirning bunday turi 
Bitmap 
deb ataladi. Bunday tasvirnng 
rang ko`lami bir bit bo`ladi. 

Yüklə 10 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   311




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə