Real va ideal men tushunchalarining tahlillari



Yüklə 262,63 Kb.
səhifə7/11
tarix27.05.2023
ölçüsü262,63 Kb.
#113617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Real va ideal men tushunchalarining tahlillari

O`z-o`zini hurmat qilish;

  • O`z-o`ziga munosabat (shaxs xulqi bilan bog`liq);

  • O`z-o`zini his qilish;

  • O`z-o`ziga ta`sir.

    O’z-o’zini hurmat qilish. Mutaxassislar o`ziga yaxshi munosabatda bo`lish uchun o`zini chiroyliroq, jismonan baquvvatroq, aqlliroq va shunga o`xshashliklarini his etish kerakligini ta`kidlashganda aynan shuni nazarda tutishadi. Jennifer Kroker va Konn Volfning fikricha, yuqorida ko`rsatilgansifatlar haqiqatdan ham o`zini hurmat qilish, o`zi bilan g`urulanish uchun muhim ahamiyatga ega.
    Lekin Jonatan Brayn va Keyt Dattonlar o`z-o`zini hurmat qilish masalasiga o`zgacah yondashadilar. Ularning fikricha, sabab va oqibatning o`rnini almashtirish lozim. Agar odamlar umuman olganda o`zlarini qadrlasalar, ular o`zlarining tashqi ko`rinishini, o`zlarining qobiliyatlarini ham qadrlaydilar.
    O`z-o`ziga munosabat. O`zlikni anglashning qiymatli tomoni bo`lgan o`z-o`ziga munosabat insonni o`zga shaxs sifatida munosabatda bo`lishini nazarda tutadi. U birinchi navbatda, shaxsning yo`nalganligi (maqsadlari, ideallari, ehtiyojlari, qiziqishlari)ni, qadriyatlar ma`naviy qiymatalrga yo`nalishi, o`ziga talabchanligi, o`zini ifoda qila olishini o`z ichiga oladi. O`z-o`ziga munosabat doim o`z-o`zini his qilish bilan bog`liq. Bularning har biri shaxsning, xususan, bola shaxsining turli imkoniyatlarini qamrab oladi. O`z-o`zini bilish yaxlit holda o`z ustida ishlash mazmunini, o`z-o`zini tarbiyalsh dasturini belgilaydi. Ayni paytda u shaxsning batafsil dasturini tuzish, o`quvchilarda tarbiyalanayotgan tegishli maqsadlar, ideallarga erishish uchun zarurdir. O`zlikni anglashning qiymatli tomoni bo`lgan o`z-o`ziga munosabat insonni o`zga shaxs sifatida munosabatda bo`lishini nazarda tutadi. U birinchi navbatda, shaxsning yo`nalganligi (maqasadlari, ideallari, ehtiyojlari, qiziqishlari)ni, qadriyatlar ma`naviy qiymatlarga yo`nalishi, o`ziga talabchanligi, o`zini namoyon qila olishini o`z ichiga oladi. O`zidan qoniqish yoki qoniqmaslik bilan ifodalanadigan shaxsning ruhiy holati o`zining xulqi bilan ichki muhitni shakllantiradi, ichki muhit esa o`z navbatida inson “Men”ining barcha ko`rinishlariga ta`sir eta oladi.
    “Men” obraziga doir bir qancha nuqatai nazarlar mavjud bo`lib, bulardan eng ko`p tarqalgani quyidagi uch komponent hisobladi:

    1. Bilish kmponenti (o`z-o`zini bilish);

    2. Emotsional komponent (o`z-o`zini baholash);

    3. Axloqiy komponent (o`ziga munosabat).

    Insonning o`z-o`zini anglashi borasida ko`pgina olimlar ilmiy-psixologik tadqiqot olib borganlar. Masalan, D.Mill “Men” konsepsiyasini xotira bilan bog`lagan bo`lsa, V.Vundt “Men”ni insonning shaxsiy hissiyotlari bilan bog`lagan. I.S.Kon o`zining ““Men”ning yaratilishi” asarida bu fikrlarni tahlil qilib, “inson avvalo kishining diqqat-e`tiborini o`ziga qaratadigan sifatlarini anglaydi” deydi. D.Millning fikricha, o`z-o`zini anglash – bu birgalikdagi faoliyati tufayli birlashgan odamlarning ko`zi bilan o`ziga boqishdir. A.N. Leontev o`z-o`zini anglashda ijtimoiy faolliyatning roli haqida fikrlab, shunday deydi: “Individual “Men”o`zining tarkibiga ko`ra ijtimoiy malakalar natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy tarkibiy qismdir”. Olimlar tomonidan egizaklarda tadqiq etish natijalari shunday xulosa berganki, shaxsning xarakteri va “Men” konsepsiyasiga irsiy omillarning ta‘siri mavjud, lekin bu borada asosiy rolni ijtimoiy tajriba o’ynaydi.
    Muloqot. Ilk bolalik davrida bola bilan muloqotga kirishuvchi insonlar ozchilikni tashkil etadi. Asosan ota-ona, oial a‘zolari bilan muloqot qiladigan bola “Men” va “Sen”; “Meniki” hamda “Seniki” so’zlarini juda yaxshi farqlaydi. 3 yoshga yaqinlashib qolgan bolaMaktabgacha yosh davridagi bolalarning kattalar bilan muloqoti ularda nutqning rivojlanishi hisobiga chuqurlashadi. M.I.Lisina maktabgacha yoshdagi bolani kattalar bilan muloqotining vaziyatdan tashqari xarakterini ta‘kidlab, uning 2 shaklini ko’rsatgan: bola 3-4 yoshga to’lganida hamkorlik o’rniga muloqotning bilish shakli rivojlanadi; vaziyatdan tashqari bilish muloqoti shakllanadi. E.Z.Usmanova rahbarligida B.B.Nurullayeva tomonidan “Maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkurini modellashtirish faoliyatining tengqurlar bilan muloqotda rivojlanishi” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borilgan. B.B.Nurullayevaning tadqiqotida aniqlanishicha, maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurning modellashtiruvchi faoliyati – bu yosh davri uchun xos bo’lgan faoliyat bo’lib, unda bolalarning intellektual imkoniyatlari to’liq namoyon bo’ladi. Bu yosh davrida tengdoshlari bilan muloqot tafakkurning modellashtiruvchi faoliyatini o’zlashtirishning asosiy shartidir. Kichik maktab davrida muloqotda bola ko`proq u haqida gapirishlarini, uning erishgan yutuqlari haqida mavzu ochilishini kutadi. Agarki ota-ona yoki bola maqtashini kutayotgan odam boshqa mavzuda e`tiborini qaratsa, uning fikrini o`zi erishgan yutuq tomon burishga harakat qiladi. Shu bois avvallari o`zidagi bor narsalarga “Buni dadam olib bergan” degan bo`lsa, endilikda “Buni o`zim qildim”, “Bugun besh oldim” deya gap boshlaydi. Bu bilan bola o`ziga bo`lgan ishonchni to`liq his qila boshlaydi. Bu ijobiy holat albatta, chunki yetakchi faoliyat o`qish bo`ladigan bo`lsa, motiv yetakchi faoliyatga monand yo`naltirilishi kerak. Bola uchun motiv yana rag`batlanish(maqtov eshitish) hisoblanadi.


    Yüklə 262,63 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə