Real va ideal men tushunchalarining tahlillari



Yüklə 262,63 Kb.
səhifə5/11
tarix27.05.2023
ölçüsü262,63 Kb.
#113617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Real va ideal men tushunchalarining tahlillari

= Õzini baholash
Muvaffaqiyat
Talabgorlik

U vaqt o’tishi va vaziyatlarga boğliq holda o’zgarib turadi. U o’ziga xos differensial o’lchovlarga ega, ya‘ni o’ziga baho quyidagi o’lchovlarga ega bo’ladi: yuqori, adekvat, past. Bundan tashqari qo’shimcha ravishda adekvat past, adekvat yuqori, noadekvat past va noadekvat yuqori ham bo’lishi mumkin. Bolalikda va yoshlik davrida o’z-o’zini baholash tashqi baholar ostida shakllanadi, bu esa keyinchalik interiorizatsiyalanib, o’ziga bo’lgan munosabatga aylanadi. Tabiiyki, bu ma‘lum intellektual rivojlanish darajasi bilan boğliq ravishda amalga oshadi.


“Men” obrazi asosida har bir shaxsda o’z-o’ziga nisbatan baholar tizimi shakllandiki, bu tizim obrazga mos tarzda turli xil bo’lishi mumkin. O’z-o’zini baholash borasidagi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, turli yoshdagi kategoriyalarni beshta parametr: jismoniy sifatlar, shaxsiy muvaffaqiyatlar, intellektual rivojlanish, shaxslararo munosabatlardagi o’rni va mas‘uliyat hissiga nisbatan o’z-o’zini baholashni taqqoslash so’ralganda ularning yoshi o’tgan sayin(ulğaygan sayin) individual variatsiyalari ortganligi kuzatilgan. Bolalikda o’zini hamma sifatlar bo’yicha bir xil baholash xos bo’lsa, katta yoshdagi respondentlar o’zining kuchli va zaif tomonlarini yaxshiroq anglaganligi aniqlangan. Bu esa ularning shaxsiy tajribasi ortganligi bilan boğliq, bu o’z navbatida shaxsning kognitiv jihatlari ortishining natijasidir, ya‘ni shaxs ulğaygan sayin unda o’z “Men”ining turli tomonlarini baholash qobiliyati kengayib boradi.
O’zini baholash ichki talabgorlik, ya‘ni inson o’z oldiga amalga oshirish qiyin bo’lgan maqsad va muamolarni qo’yishi bilan uzviy boğliq. Agar odam o’z muammolarini va maqsadlarini hal eta olmasa, u o’zidagi ichki talabgorlikni kamaytirishi kerak.
Realistik baho shaxsni o’rab turganlar: ota-ona, yaqin qarindoshlar, pedagog va murabbiylar, qo’ni-qo’shni va yaqinlarning o’rinli va asosli baholari, real, samimiy munosabatalari mahsuli bo’lib, shaxs ushbu munosabatlarda ko’rsatilgan kamchiliklarni yoshligidanoq xolis qabul qilishga, kerak bo’lsa, o’z vaqtida to’ğrilashga o’rgatilgan bo’ladi.

Yüklə 262,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə