Real va ideal men tushunchalarining tahlillari



Yüklə 262,63 Kb.
səhifə9/11
tarix27.05.2023
ölçüsü262,63 Kb.
#113617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Real va ideal men tushunchalarining tahlillari

Birinchi bor shaxsning «Men»ini chuqur o’rgandi;

  • O’zini anglash tushunchasini yoritib berdi;

  • Haqiqiy «Men»ning ikki tomonlama tabiatli ekanligi haqidagi gipotezani ishlab chiqdi;

  • «Men» konsepsiyasining shakllanishida beparvolik hamda o’ziga baho berishning ahamiyatini ochib berdi;

  • «Men» konsepsiyasidagi kutilajak taraqqiyotni belgilab berdi.

    Charlz Kuli va Jorj Midning simvolik interaksionalizm nazariyasi. Bu nazariyaning yuzaga kelishi ikkala olimning individga nisbatan o’zgacha yondashuvni qo’llaganlaridadir. Ya'ni ularning talqinida individ – o’zaro ijtimoiy ta'sirlar mahsulidir. Bu nazariya uch xil munosabatlar ta‘siriga berilish bilan ifodalanadi:

    1. Insonlar o’zlarining bir qismini taqdim etgan atrof-muhitga tobe ekanliklarini qadrlashadi;

    2. Bu qadriyat ijtimoiy munosabatlar mahsuli hisoblanadi;

    3. Bu ijtimoiy-madaniy qadriyat shaxsning o’zini anglashi, jamoaga tegishli ekanligini tushunishi, «Men» va «Ular»ning boğlanganligi idrok etish uchun asos bo’ladi. Ushbu nazariya mualliflari ijtimoiy o’zaro ta‘sirlar natijasini chuqur his qilishganligi bois shaxsning ta‘sirlarga berilishining shaxs «Men»ida aks etishini aniqlashga muvaffaq bo’lishgan.

    Charlz Kuli. Kulining dastlab, o’z e‘tiborini shaxsning atrofdagilar bilan muloqot ko’nikmasining paydo bo’lishiga qaratdi. U shaxsga ta‘sir etuvchi jamiyat munosabatiga katta urğu bergan holda shaxs va jamiyatni umumiy genezis birlashtiradi, degan fikrni yoqlagan. Uning qarashlari illyuziyadan holi edi. Shaxsning ta‘sirga berilishi va jamiyatning shaxsga bosimi o’zaro modifitsiyalashgan ta‘sirni vujudga keltiradi. Keyinchalik bu fikr Midning shaxsning jamìyat shartlariga ko’ra o’zgarishi haqidagi dalili orqali o’z tasdiqini topdi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, «Men» konsepsiyasi uchun asosiy mo’ljal «Ular» va ularning fikridir. Ya‘ni shaxsga o’zganing fikri, u haqida nima deb o’ylashi muhim. (Shirer 1949; Berns 1975). «Meni qanday tasavvur qilishadi?», «Me o’zimni qanday ko’raman?» kabi savollarni bera boshlaydi. Shaxsiy «Men»ga xos bo’lgan ma‘lumotni Kuli birinchi bo’lib qaytar-aloqaning interperitatsiyasini subyektiv ahamiyatga egaligini ta‘kidlay turib, bizga nisbatan bo’lgan atrofdagilarning munosabati haqiqiy «Men» uchun asos ma‘lumot hisoblanadi, degan. Kulining xulosalari bo’yicha «Men» konsepsiyasi ikkita metod yordamida shakllanadi: urinib ko’rish va xato qilish jarayonlari. Bu jarayonlarning gallanishi yo’l-yo’lakay qadriyat, ustanovkalar hamda ijtimoiy rollarni rivojlantiradi.
    Jorj Mid. «Oynadagi «Men»» ga muvofiq Mid hisoblashicha: individdagi «Men» - bu yaxlit psixik jarayon bo’lib, shunday mohiyatki, insonning «ichidagi» holatning tashqariga(jamiyatga) namoyon bo’lishidir. Dastlab bu yondashuvning asoslarini Jeyms o’zining ««Men»ni anglash» va ««Men» obyekt» tushunchalarida ilgari surgan edi. Mid fikrini davom ettirar ekan: shaxs o’zlashtirgan madaniyati(jamiyat a‘zolari birdek o’zlashtirgan hamda ular uchun tanish bo’lgan jami murakkab simvollar) orqali bironta insonning xulq atvori haqida taxmin qila oladi, xuddi begona inson bizning shaxsiy xulqimiz haqida taxmin qilgani kabi, – deya fikrini yakunlaydi. Mid 1934-yili bolaning shaxslaro munosabatlarga kirishishi hamda istiqbolda bu munosabatlarning rivojlanishi uchun o’yin faoliyati muhim ekanligini ta'kidlaydi. Buni shunday izohlaydi: bola dastlab bir o’zi o’yin o’ynaydi va qolganlarni tahlil qiladi, jamoaviy o’yinlarga qo’shilganda jamoaviy qoidalarni qabul qiladi, rolli o’yin kelganda esa bola rollarni o’zaro anglaydi. Rolli o’yin bolaga o’zining harakatlariga boshqalarning munosabatini anglash uchun sinab ko’rish(yoki sinab ko’rishga yaqin tayyorgarlik) imkoniyatini beradi. Bundan tashqari rolli o’yinlar shaxslar aro munosabatlarning umumiy ko’rinishining tarkibiy qismlarini ko’rish imkoniyatini beradi. Rollar o’zgarishiga qarab bolaning hissiyotlari yoki tafakkuri rivojlana borishi barobarida eng muhimi – «Men» konsepsiyasi shakllanishi uchun ahamiyatlidir. Shu tariqa ijtimoiylashishning interorizatsiyalashuvi, sanksiyalarning joriy etilishi, normalar va xulq-atvor modellarining barchasi «Men» konsepsiyasida aks etadi. Individga nisbatan atrofdagilarning ta'siri ostida individda quyidagilar xususiyatlar rivojlanadi: o’ziga nisbatan ustanovka, o’ziga nisbatan munosabat, atrofdagilarni idrok etish. Shunday qilib Mid nazariyasiga xulosa shuki, individ boshqa individlarni xarakteri va xulq-atvoriga ko’ra anglaydi.
    E rik Eriksonning identivlikning taraqqiyot nazariyasi. U shaxs tuzilmasini xuddi Z.Freyd singari talqin etadi. Agar kundalik hayotimizning qaysidir lahzasida to’xtab, ayni lahzada nimani orzu qilganimizni so’rasak, qator kutilmagan kashfiyotlar yuzaga keladi: fikrlar chalkashligi va mavhumlik. Qayerdaki biz o’zimizni kamroq anglagan vaqtimiz, – deydi Erikson: biz hammasidan ko’ra ko’proq o’zimizni o’ylaymiz, hayolimizda o’zimiz yakka qolamiz. Shunday qilib qachonki, biz istasak – bu “U” (ID), qachonki biz majburmiz – bu “Boshqa Men”(SUPER EGO), “jonsiz nuqta” esa – bu “Men” (EGO). Bu ikki instansiyalar chegaralari o’rtasida doimiy muvozanatlashgancha “Men” odamga jadal istaklar va “vijdon kuchi bilan bostirilganlar” o’rtasida murosaga kelish imkoniyatini beradigan himoya mexanizmlaridan foydalanadi. Erikson konsepsiyasida asosiy tushuncha – identiklikdir. Shaxsiy identiklik – yadrosi, “yuragi” bo’lib, uni boshqalardan farqli ravishda faqat o’ziga o’xshashligini tasdiqlaydigan individual xislatlar yiğindisi. Ego identiklik – shaxsiy “Men”ining barqarorligi, uzluksizligi, yaxlitligini subyektiv his qilishdir. Guruhiy identiklik – ma‘lum ijtimoiy guruhga tegishli ekanligini his qilishdir. Ego identiklik va guruhiy identiklik hayot davomida shakllanadi. Erikson fikricha, identiklik shakllanishida muhim jarayonlardan biri – bu ritualizatsiya – insonlar orasida ma‘lumot almashinishda, o’zaro alaoqaga kirishishda xulq-atvorning takrorlanuvchi shaklidir. U tuğma asosga ega bo’lib, rivojlangan sayin murakkablashib boradi.
    Karl Rojersning fenomenalitik yondashuvi. Karl Rojersning fenomenalitik nazariyasining asoslari o’zing psixoterapiyaga oid “Mijoz asoslangan terapiya” nomli asarida isbotlangan. Individda qo’llangan psixoterapevtik usullar orqali K.Rojers perseptiv yondashuvni til orqali ifodalay olgan. “Men” konsepsiyasining zamonaviy asoslarini ishlab chiqishda Karl Rojers va uning klinik amaliyoti katta ahamiyat kasb etdi. Shaxsning “Men”i refleksiv fikrlashga nisbatan asos-stimul jarayonlarni “ichki mexanizm” sifatida yuzaga keltiradi. Dastlab undagi fikrlar guruhi “affektiv ustanovkalar” sifatida “yaxshi” yoki “yomon” baholanadi. Rojers yondashuvining nazariy asoslari quyidagi obrazlarda bilinadi:

    1. Fenomenalistik nazariyaning mohiyati shundaki, u umumiy shaxs nazariyasining tarkibiy qismi sifatida: inson o’zining individual hamda subyektiv olamida asosiy obraz bo’lib yashaydi, – deb hisoblaydi.

    2. “Men” konsepsiyasi atrof-muhit vositasi asosida vujudga keladi,ayniqsa ijtimoiy vositalar. Bu jarayonga Rojers atroflicha tavsif bermagan. Uning qarashlatri ko’proq Kuli va Midning qarashlariga yaqin bo’lgan.

    3. Insonning Rael “Men”i emas, balki aynan “Men” konsepsiyasi orqali uning shaxsiyati va xulqi aniqlanadi. Xuddi Singg va Kombe e‘tirof etganidek: «Men» - bu falsafiy muammo, uni tashqi muhit vositalarisiz kuzatish mumkin emas.(1949)

    4. «Men» konsepsiyasi individning atrof-muhitga bildirgan reaksiyasiga ko’ra determinatsiyalanadi. “Men” konsepsiyasi ushbu muhitga tegishli qiymatni idrok etish orqali oldindan belgilanadi.

    5. “Men” konsepsiyasini anglash bilan birga, boshqalar tomonidan ijobiy munosabat zarurati, ushbu ehtiyojni paydo bo’lganidan yoki tug'ilmaganligidan qat'iy nazar rivojlanadi. Rojers bu ehtiyoj shaxsni sotsializatsiya qilish jarayonida vujudga keladi, deb hisonlaganligi sababli, bu shaxsning o'z-o'zini namoyon qilishi nuqtai nazaridan ko'rib chiqilishi mumkin.

    6. Rogersning fikriga ko'ra, o'ziga nisbatan ijobiy munosabat yoki o'z-o'zini hurmat qilish zaruriyati, boshqalarga nisbatan, o'ziga nisbatan ijobiy munosabatni ichkilantirish asosida rivojlanadi. Ushbu ehtiyojni o'zini namoyon qilish istagi nuqtai nazaridan ham ko'rib chiqish mumkin.

    7. O'ziga bo'lgan ijobiy munosabat boshqalarni baholashga bog'liq bo'lganligi sababli, odamning haqiqiy tajribasi va “Ego”ning o'ziga nisbatan ijobiy munosabat zarurligi o'rtasidagi farqni aniqlash mumkin. Shunday qilib, "Men" va haqiqiy tajriba o'rtasida nomuvofiqlik mavjud, boshqacha aytganda, psixologik dezadaptatsiya rivojlanishi aniq. Dezadaptatsiya deganda mavjud “Men” konseptsiyani unga zid bo'lmagan bunday tajriba bilan to'qnashuv tahdididan himoya qilishga urinishlar natijasi sifatida tushunish kerak. Bu tanlanganlik va aks etishning buzilishiga yoki noto'g'ri talqin shaklida tajribani e'tiborsiz qoldirishga olib keladi.

    8. Inson tanasi bir butun. Organizm nazariyalari vakillari singari, Rojers ham unga faqat bitta ichki sabab - dialektik va o'z-o'zini, ya'ni o'zini namoyon qilish tendentsiyasini tavsiflaydi.

    9. "Men" konseptsiyasini ishlab chiqish shunchaki tajriba ma'lumotlarini to'plash, shartli reaksiyalar va boshqalar tomonidan qabul qilish jarayoni emas. "Men" konsepsiyasi aniqlangan tizimdir. Uning bir tomonini o'zgartirish butunning tabiatini o'zgartirib yuborish mumkin, deganidir. Shunday qilib, Rojers "Men" konsepsiyasini o’zi yaratgan nazariya deb baholaydi. Rojers bu konsepsiyaga shaxsning hatti-harakatlarini boshqaruvchi va birlashtiradigan mexanizm nomini beradi. Ammo “Men” konsepsiyasi ushbu faoliyatni to'g'ridan-to'g'ri yo'naltirishga emas, balki uning faoliyat yo'nalishini tanlashga ta'sir qiladi.

    10.Ideal Men tushunchasini hisobga olgan holda, Rojers psixoterapevtik ta'sir tufayli ideal Menni idrok etish yanada reallashadi va “Ego” ideal Men bilan ko'proq uyg'unlasha boshlaydi. Shunday qilib, shaxsiy kelishmovchilik real bo'lmagan o'z idealining mavjudligi yoki “Men” konsepsiyasi va ideal Men o'rtasida nomutanosiblik mavjudligi bilan tavsiflanadi, deb hisoblash mumkin, bu pozitsiya “Mijozga asoslangan terapiya” (Batler va Xey 1954) doirasidagi bir qator tadqiqotlar uchun asos bo'lgan. Rojers nazariyasida, baribir, shaxsiyat buzilishining asabiyligi sababi sifatida, bu “Men” konsepsiyasi va ideal Men o'rtasidagi ziddiyat emas, balki shaxsning o'zi va to'g'ridan-to'g'ri "jismoniy" tajribasi o'rtasidagi mojaro. Bu ba'zi bir boshqa nazariyalarga ziddir, bunda ideal Men markaziy tushunchadir hamda psixologik moslashuv yoki noto'g'ri ishlashning muhim omili sifatida keladi.
    Shunday qilib, umuman olganda, fenomenalistik yondashuv bir qator psixologlarning insonning haqiqiy xatti-harakatlarini hisobga olgan holda to'g'ridan-to'g'ri tajribasini hisobga olishga qaratilgan muhim urinishlarining bir qismi sifatida taqdim etiladi. Biroq bu yondashuv ikkita muhim potentsialga ega: ba'zi muhim o'zgaruvchilarni ko'rib chiqishga xalaqit berishi mumkin; ilmiy bo'lmagan spekulyativ konstruktsiyalarga olib kelishi mumkin.

    Yüklə 262,63 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə