Real va ideal men tushunchalarining tahlillari


“Men” konsepsiyasini shakllantiruvchi omillar



Yüklə 262,63 Kb.
səhifə6/11
tarix27.05.2023
ölçüsü262,63 Kb.
#113617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Real va ideal men tushunchalarining tahlillari

1.2. “Men” konsepsiyasini shakllantiruvchi omillar
Bolalik davri shaxs hayotining o’ta muhim davrlaridan biri hisoblanadi. 1 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan individlar bolalar deb yuritiladi. Lekin bolalik davri ham 3 ta kichik davrni o’z ichiga oladi. Bular: ilk bolalik, maktabgacha tarbiya yoshi, kichik maktab davri.
Ilk bolalik-(1-3 yosh) bu davrdagi bolalarning hissiyotlari va xatti-harakati nihoyatda o’zgaruvchan bo’lib, xo’ngrab yiğlayotgan bola bir zumda yiğidan to’xtab xandon otib kulishi mumkin. Bu yoshda bolalar ota-onasiga qattiq boğlangan bo’lib ota-onasining uning hatti-harakatiga nisbatan ijobiy-emotsional munosabati bolani o’ziga bo’lgan ishonchini yanada rağbatlantiruvchi omil hisoblanadi. Bu ijobiy munosabat tufayli bola o’zidagi layoqat va qobiliyatlarni hisobga olgan holda o’zini tinimsiz namoyon etishga urinadi. Qanchalik ko’p rağbatlansa(olqish olsa), shunchalik o’ziga ishonchi ortadi. Ilk bolalik davrida bola o’z ismini juda yaxshi o’zlashtiradi va o’z ismini aytib murojaat etishlarini talab qila boshlaydi. Ismiga qandaydir qo’shimcha izohlovchi so’z(laqab, kasbiy atama, xususiyat)larni qo’shib chaqirganda ham bola norozi bo’ladi va “Men ismim ……” deya o’z ismini ta‘kidlaydi. Ayniqsa, bu 3 yoshda yaqqol bilinadi. 3 yoshlik bola “Men”ining rivojlanishida u o’zini kattalar bilan taqqoslashi va o’ziga-o’zi baho berishi asosiy rolni o’ynaydi. Bu orqali bola o’zini xohish va ehtiyojlarini qondirira oladigan manba sifatida ko’ra boshlaydi. “Menga bering”, “ Men ham boraman”, “Meni ko’taring” shu kabi murojaatlar ko’paya boradi. Boladagi “Men” konsepsiyasining rivojlanishida 3 yosh inqirozi katta ta‘sir ko’rsatishi mumkin. Negaki 3 yosh inqirozida bola kattalar qila oladigan ishlarni “Men ham qila olaman” – deb o’ylab, “Men katta bo’lsam, samalyotda uchaman”, “Men katta bo’lsam, qo’ğirchoğimga krovat sotib olaman” kabi jumlalarni garchand kelasi zamonda ifodalasa-da, shu bugunoq bu istaklarni amalga oshirishga kirishadi. Bu davrda bola predmatli o’yinlar orqali dunyoni anglay boshlaydi. Ota-onasining ko’rsatmasi, tartib va talabi orqali esa o’z-o’zini anglashi yuzaga keladi. Shu bois bu davrda bolaga murakkab, tushunilishi qiyin bo’lgan qoidalar o’rgatilmaydi. Shunchaki, bolaning “Men”ini hurmat qilib, unga qiladigan nojo’yi ishi uchun tushuntirish va ogohlantirish bilan cheklanish hamda elementar yutuqlari uchun uni rağbatlantirish muhim hisoblanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshibu davr bolalikning 3-7 yoshlarini o’z ichiga oladi. Oxirgi 10 yillikda ushbu sohani o’rganish ancha ommalashdi. Chunki ta‘lim tizimi bo’yicha yetakchi davlatlardan biri bo’lmish Yaponiya tajribasiga ko’ra ta‘lim berish maktabgacha yoshdan tizimlashtirilsa, katta imkoniyatlarga erishish mumkin ekan.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko’ra bu davrni uch bosqichga ajratish mumkin:

  1. Bu 3-4 yosh oraliğida bo’lib, bola emotsional jihatdan o’z-o’zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan boğliqdir;

  2. Bu 4-5 yoshni tashkil qilib, axloqiy o’z-o’zini boshqarish;

  3. Bu esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik( topqirlik) xususiyatining shakllanishi bilan xarakterlanadi.

Maktabgacha tarbiya yoshida bola o’zini qanday anglaydi? Uning “Men”i qay holda shakllanadi? Shu kabi savollarga javob izlaymiz. Demak, bu yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati o’yin bo’lganligi sabab bolalarda ko’plab kichik tajribalarni o’yin jarayonida sinab ko’rish imkoni mavjud bo’ladi. 3-3.5 yosh oraliğida bolalar o’z muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklariga o’zlarining munosabatlarini bildira boshlaydilar. O’z-o’ziga baho berish mufavvaqiyatning davomliligi uchun muhim omildir. Uning shakllanishi esa ota-ona yoki kattalarning bolalarga bergan bahosi asosida bo’ladi. O’z-o’zini anglash layoqati katta boğcha yoshidan rivojlanib, avval u qanday bo’lganini va kelajakda qanday bo’lishi haqida fikrlashga harakat qiladi. Bu esa bolalar kattalarga beradigan “Men kichkina paytim qanday edim?”, “Men katta bo’lganimda qanday bo’laman?” kabi savollarida bilinadi. “Men” konsepsiyasi shakllangan sari bolada bu savollar turlanib boradi. Oilada bolaning xulq-atvorida ham o’zgarishlar sodir bo’lib, bola buni quyidagicha namoyon etadi:

  • Bolaga gapirilgandan so’ng javob reaksiyasi orasida tanaffusning paydo bo’lishi (o’zini eshitmaganday tutishi, bir gapni yuz marta aytishga to’ğri kelishi);

  • Ota-ona tomonidan buyurilgan ishni bajarishda vaqtni cho’zish;

  • Quloq solmaslik – odatiy ishlarni bajarishdan bosh tortish;

  • «Kichkina boladay» ko’rinmaslik uchun o’zining tashqi ko’rinishi va kiyimiga qattiq e‘tiibor berish.

Bu sanab o’tilgan xulq-atvor ko’rinishlari bola maktabgacha yosh davri inqirozining boshlanganidan dalolat beradi. «Men» konsepsiyasida identivlik ustunlikka ega bo’lganligi sabab, kichkina «Men»dan o’zini yiroq tutib, «Ideal men» ga o’xshashni istaydi. Inqirozning salbiy tomoni – bu doimiy kattalardan maqtov kutayotgan bola ehtiyojlarining qondirilmasligi keyinchalik uning shaxs sifatida rivojlanishida hamda «Men»ini anglashida muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. «Men» konsepsiyasining qurilishida inqitoz davrining ijobiy tomonlari ham ta ‘sir ko’rsatadi. Masalan, o’zining sevimli mashğuloti(xobbi)ni amalga oshirish jarayonida mustaqil bo’lish; kattalar bilan bo’ladigan muloqotga qiziqish, yangi mavzular bo’yicha(garchi hali u qadar tushunmasa ham) suhbatlashish. Ijtimoiylashuv jarayoning muhim bosqichi – muloqotchanlikdir. Bu to’ğrida keyingi paragrafda batafsil to’xtalamiz…
Kichik maktab davri – 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi. Kichik maktab davridagi bolaning xususiyatlaridan biri iuning o’ziga xos ehtiyojlarining mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o’z mohiyatiga ko’ra faqatgina muayyan bilim, ko’nikma va malakalarni egallashga qaratilmay, balki o’quvchilik istagini aks ettirishdan ham iboratdir. Ijtimoiy motivlar birinchi sinfga kelganida differensial bo’lmagan umumiy tushunishdan o’qish va o’rganishning zarurligi sabablarini chuqur o’rganishga, «o’zim uchun» o’qish mazmunini anglab yetishga tomon o’zgarib, ijtimoiy motivlarni amaliy xarakter kasb etishiga sababchi bo’ladi. Maktabga chiqqan bolada, agar u o’qish uchun har tomonlama(psixik, jismoniy, aqliy) tayyor bo’lmasa, unda muammolar yuzaga kela boshlaydi. Bu nafaqat bolaning sinfdoshlari yoki pedagog bilan bo’lgan munosabatida, balki o’zlashtrishida ham yaqqol namoyon bo’ladi. 6-7 yoshli maktabga chiqishi kerak bo’lgan bolada “Men shuni xohlayman” motividan “Men shuni qilishim kerak” motivi ustunlik qiladi. Maktabga kelgan 1-sinf o’quvchisida psixik zo’riqish kuchayadi. Bundan tashqari qo’rquvning rivojlanishi irodaviy faollikning susayishiga olib keladi. Buni qanday tushunish mumkin? Demak, bolaning “Men”i “Boshqa Men” bilan to’qnashgan bo’lsa ham, lekin undan jiddiy normalarni, kerak bo’lsa jazolarni qabul qilmagan edi. Uning ustiga bola faoliyat jarayonini keskin o’zgartirish uchun ham irodaviy jihatdan, ham aqliy jihatdan hali ulğayib o’rgangani yo’q. Yetakchi faoliyat – o’yin keskin ravishda o’qish faoliyatiga berilish bolada 4-inqirozni yuzaga keltiradi. “Men” konsepsiyasining tarkibiy qismlari bo’lgan o’z-o’ziga baho kichik maktab davrida dinamik xarakterga ega. Negaki KMD inqirozi o’quvchilar turli tarzda ta‘sir etishi va bu orqali o’z-o’ziga baho berishning uchchala turi ham yuzaga kelishi mumkin. Ammo ko’p hollarda o’z vaqtida, ya‘ni 7 yoshda barcha talablarga javob bergan holda maktabga chiqqan bolalarda o’z-o’ziga baho berish adekvat yoki yuqori bo’lsa bo’ladiki, past bo’lmaydi. Negaki uning tashqi qarshilikning yengib o’ta olishi mumkin bo’lgan “Men”i “Boshqa Men”ning talablariga mos tushadi. O’ziga ishonchi ortgan o’quvchini qanday aniqlah mumkin? Avvalo uning gap-so’zlarida “Men bugun besh baho oldim”, “Bugun meni o’qituvchim maqtadi”, “Men dars qilishim kerak”, “Men she‘r yodlab borishim kerak” bilan boshlaydi. Bundan tashqari tashqi talablar bola “Men”i uchun ustanovka belgilaydi. Bola balki, odatdagiday vaqtda uxlashga yotmas, ammo darsini tugallamagunicha uxlashga hozirlanmaydi. Bu kabi ratsional rejim qay vaqtgacha davom etishi mumkin? Demak, to kichik maktab davri inqirozi bolaga ta‘sir etmagunicha, ota-ona yoki o’qituvchisi tomonidan bo’lgan rağbatlantirish( asosan maqtov yoki “5” baho) to’xtamaguniga qadar bu jarayon bardavom bo’lishi mumkin. Maktab davriga qadam qo’ygan har bir bola uchun ikkita narsa juda ham muhim – e‘tibor va nazorat. E‘tibor berish hamma individning ruhiy-ma‘naviy xohishi hisoblanadi. Bolaga e‘tiborning berilishi u ham jamiyatda kerakli shaxs ekanligini, uning ham faoliyati, so’zi inobatga olinishi anglashida katta ahamiyatga ega. 1-4-sinfda o’qiydigan bola ko’proq e‘tibor berishlarini, erishayotgan yutuqlarini muttasil kuzatib borishlarini istaydi.
“Men” konsepsiyasining shakllanishiga qanday omillar ta`sir ko`rsatadi? – degan savolga olimlar egizaklarni o`rganishlari barobarida shunday xulosaga kelganlar: shaxsning xarakteri va “Men” konsepsiyasiga irsiy omillarning ta`siri mavjud, lekin bu borada asosiy rolni ijtimoiy tajriba o`ynaydi. Bularga quyidagilar misol bo`ladi:

  • Biz bajaradigan rollar;

  • Biz shakllantiradigan ijtimoiy identifikatsiyalar;

  • Atrofdagilar bilan o`zimizni taqqoslashimiz;

  • Yutuqlarimiz va omadsizliklarimiz;

  • Atrofdagilarning biz haqimizdagi fikrlari;

  • Biz mansub bo`lgan madaniyat.

Shaxsga “Men” konsepsiyasini qurish uchun material sifatida nafaqat uning ijtimoiy rollari va o`zini atrofdagilar bilan taqqoslashining natijalari xizmat qiladi, balki bu jarayonda oddiy turmush tarzining ham ahamiyati katta. Shaxs o`z oldiga qiyin, lekin amalga oshirsa bo`ladigan maqsadlarni qo`yib va uni uddasidan chiqishi orqali o`zining qobiliyatli ekanligini his etishi ham unga o`zini anglashida yordam beradi.
I.S.Konning fikricha, o’z-o’zini anglash bu umuman olganda, shaxs “Men” obrazining hosil bo’lishi demakdir. Ammo “Men” obrazi insonda tez hosil bo’ladigan stixiyali jarayon emas, balki shaxsning butun umri davomida shakllanadigan holat. Bunda ijtimoiy muhitning roli nihoyatda ahamiyatli. O’z-o’zini his qilish va o’z-o’ziga ta‘sir o’tkazish o’zlikni anglashning hissiy-emotsional tomoni sifatida namoyon bo’ladi. O’zlikni anglashning hissiy-emotsional tomoni qiziqishlar, istaklar, kayfiyat hamda ularni boshqara olish kabi komponentlardan iborat bo’ladi. Shaxsda, xususan, bolada bu komponentlarni nima yuzaga keltiradi? Albatta, ijtimoiy muhit. Ijtimoiy muhitning dastlabki ko’rinishi – bu ota-ona, oila a‘zolari hisoblanadi. Ilk bolalik davrida “Men” konsepsiyasi faqat 3 yoshga yetganda shakllana boshlaydi. Ungacha “Men” obrazi bo’lmaydimi, bola o’zini va atrofni anglamaydimi? – degan savol berilishi tabiiy. Bunga: yuqorida qayd etilgan hissiy-emotsional jarayonlar bolaning o’z-o’zini hamda atrof-muhitni anglashda vositachi bo’ladi, deb javob berishimiz mumkin. Ya‘ni ilk bolalik davrida individ ko’proq emotsional munosabatlar orqali voqelikni, olamni anglay boshlaydi. Maktabgacha yosh davrida esa istaklar kengayadi, kayfiyat o’zgaruvchan bo’ladi.
Rus sotsiologi N.Andreyenkova ijtimoiylashuv jarayonini ikkita katta bosqichga bo`ladi. Birinchi bosqich – individning ijtimoiy mavjudot sifatida shakllanishini ta`minlovchi hayot bo`lagini o`z ichiga olib, u inson hayotining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadi. Bolalik davri ham shu davr tarkibidadir. Ijtimoiylashuv bosqichlari haqida F.Akromova quyidagi ma`lumotlarni keltiradi:
Birinchi bosqich – mehnat faoliyatigacha bo`lgan bosqich bo`lib, unga bolaning maktabgacha yosh davri hamda o`qish yillari kiradi.Bu davrdagi ijtimoiylashuvning ahamiyati va o`ziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashqi ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta`sirlar faolravishda ongga singdiriladi.mustaqil hayotga tayyorgrlik borasida muhim bosqich o`tiladi.
A.V.Petrovskiyning fikricha, ijtimoiy-psixologik munosabatlar shaxsning ijtimoiy tarqqiyotida yosh davrlarini inobatga olgan holda amalga oshadi. Petrovskiy shaxs xarakteri va tarbiyasini rivojlantirishda ahamiyatga ega bo`lgan 3 ta asosiy makrofazani ajratib ko`rsatadi:

  1. Bolalik davri.

  2. O`smirlik davri.

  3. Yoshlik davri.

Bolalik davrida individning adaptatsiyalashuv jarayoni amalga oshadi, bunda ma`lum me`yorlarni egallash bilan jamiyatga ijtimoiylashuv, ya`ni ijtimoiy adaptatsiya jarayoni yuz beradi. Masalan, 2 yoshli bolaga choynakdagi choyning issiqligini o`rgatish yoki 3 yoshli qozonchada ovqat pishirmoqchi bo`lgan qizaloqqa plastmas idish berib “hozir shunda pishirib tur, katta bo`lganingda men bilan birga ovqat pishirasan” deb ham uni mustaqil faoliyatga, ham ehtiyotkorlikka o`rgatish.
“Men” konsepsiyasining ijtimoiy muhit ta`sirida qurilishini olimlar shartli ravishda to`rt o`zaro bog`liq tomonlarni ko`rsatib o`tadilar:


  1. Yüklə 262,63 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə