Real va ideal men tushunchalarining tahlillari



Yüklə 262,63 Kb.
səhifə2/11
tarix27.05.2023
ölçüsü262,63 Kb.
#113617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Real va ideal men tushunchalarining tahlillari

Mavzuning dolzarbligi: Ko’plab ilmiy ish va tadqiqotlar olib borilgan. Lekin bu boradagi ishlar o’z nihoyasiga yetgani yo’q. Bu jarayonsiz boladan psixik rivojlanishni kutish mumkin emas. Inson atrof-muhitni ko’rib, eshitib, his etib borar ekan, unda tashqi dunyo haqidagi tasavvurlar shakllanib boradi. Ma‘lum muddatdan so’ng bu tasavvurlar uning faoliyatida, ayniqsa, yetakchi faoliyatida dastur sifatida ishlay boshlaydi. Bolalik davrida bolalar olamni o’rgana boshlaydi, unda o’yinning ahamiyati katta bo’ladi va eng muhimi – kattalar(ota-ona, tarbiyachi) orqali o’z «Men»ini anglaydi. «Men»ini anglash bola uchun nega kerak? Agarki bola “Men”ini yaxshi anglay olsa, unga aynan nima kerkaligini va xohlayotgan narsasiga qanday erishishni biladi. Bolaning “Men” konsepsiyasini o’rganish, uning rivojlanish bosqichlaridagi jarayon va o’zgarishlarni hisobga olish ham pedagogik, ham psixologik faoliyat uchun juda ahamiyatlidir. Ayniqsa, ijtimoiylashuvning dastlabki yirik ko`rinishlaridan bo`lmish kichik maktab yoshidagi bolalar “Men”ini o`rganish ta`lim tizimini takomillashtirishda, zamonaviy ta`lim metodlarini tadbiq etishda qo`l keladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta`kidlaganlaridek: Vaholanki, bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang`ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar biriktilib qo`yilishini oddiy mantiqning o`zi talab etadi. Bundan anglashiniladiki, jiddiy yondashuv bolaning jismoniy yoki aqliy sifatlari uchun emas, balki eng avvalo, dunyoqarashi, didi hamda salohiyatiga nisbatan bo`lishi kerak.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi: “Men” konsepsiyasini xorij olimlaridan Uilyam Jeyms, Charlz Kuli, Jorj Mid, Erik Erikson, Karl Rojers, Robert Berns o`rgangan. Rus olimlaridan esa L.S.Vigotskiy, I.S.Kon, V.V.Stolin, V.S.Muxina o`rgangan.
Kurs ishining maqsadi: Bolalik davrida bola o’z «Men»ini qay darajada anglashini aniqlash. Boladagi «Men» konsepsiyasining shakllanish ierarxiyasini o’rganish.
Berilgan topshiriqni bajarish uchun belgilab olingan vazifalar:

  1. «Men» konsepsiyasi borasidagi nazariy manbalarni o’rganib chiqish;

  2. Bolalik davrining psixologik xususiyatlarini tahlil etish barobarida ularning «Men»idagi o’zgarishlarni o’rganish;

  3. «Men» konsepsiyasini shakllantirishda ijtimoiy muhitning va muloqotning ahamiyatliligini isbot etish;


Yüklə 262,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə