Real va ideal men tushunchalarining tahlillari



Yüklə 262,63 Kb.
səhifə3/11
tarix27.05.2023
ölçüsü262,63 Kb.
#113617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Real va ideal men tushunchalarining tahlillari

Kurs ishining predmeti: «Men» konsepsiyasining rivojlanishi.
Kurs ishining obyekti: Bolalik davri.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati: Shaxs ustanovkalari, jamiyatning shaxs rivojlanishidagi ta‘siri dolzarb mavzulardan biridir. Aynan bola shaxsining rivojlanishi bevosita uning o’zini hamda atrofdagilarni anglashi orqali sodir bo’ladi. Ushbu kurs ishida ikkita nazariy manbaga e‘tibor qaratilish talab etilgan. U.Jeyms “Men” konsepsiyaning fundamental asosini shakllantirgan bo’lsa, K.Rojers “Men” konsepsiyasini tom ma‘noda shakllantirgan. Bu jihat uning tadqiqot va tajribalarida o’z aksini topgan. Nazariyani yaxshi tushunib yetish amaliy jabhalarda qo’l kelishini ta‘minlaydi. Ma‘lumki, hozirda maktabgacha davri bolalariga hamda boshlanğich ta‘lim o’quvchilariga e‘tibor yanada kuchaytirilmoqda. Bunda bola va tabiyachi, o’quvchi va o’qituvchi munosabatlarining o’zaro rivojlanishi hamda ta‘lim sifatini yaxshilash uchun bolaning “Men” konsepsiyasini o’rganish hamda bola “Men”ini hurmat qilish o’ta muhimdir. Kurs ishining amaliy jihati mana shundadir.

I BOB. «MEN» KONSEPSIYASINING MOHIYATI VA UNI SHAKLLANTIRUVCHI OMILLAR
1.1«Men» konsepsiyasi haqida umumiy tushuncha
«Men konsepsiyasi»ga aksariyat adabiyotlarda o’xshash ta‘rif berilgan. Barcha ta‘riflarni mujassamlashtirgan holda umumiy ta‘rifni keltirib chiqarsak, tushunchani bu tarzda ifodalashimiz mumkin bo’ladi: “Men” konsepsiyasi – ijtimoiy fikrlarimizni tashkil etuvchi va xulq-atvorimizni boshqaruvchi tizimdir.
«Men» konsepsiyasi atamasini ilk bor fanga amerikalik psixolog olim Karl Rojers kiritgan. Boshqa bir olim Robert Berns esa «Men» konsepsiyasining differensiyalashgan tizimini ishlab chiqqan. Ko’pincha «Men»konsepsiyasi va «Men» obrazi(yoki shaxsning «Men»i) yonma-yon tushuncha sifatida qabul qilinadi. Aslida esa unday emas. Shaxsning «Men»i o’ziga-o’zi baho berishi asosida yuzaga keluvchi tasavvurlar yiğindisi bo’lsa, «Men» konsepsiyasida ijtimoiy fikrlar, ya‘ni boshqalarning fikri, boshqalarning shu shaxsga bergan bahosi asosiy omil hisoblanadi.
Shaxs «Men»i va o’zini anglashida jamiyatning ta‘siri katta, ammo buning o’ziga xos muammoli jihati ham borki, Karl Yung buni shunday ta‘riflaydi: shaxs psixikasi tuzilishida himoya qismi mavjud va u “Persona” deb ataladi. Persona – bu shaxs va jamiyat o’rtasidagi hamkorlikdir. Sodda qilib aytganda, persona jamiyat uchun kerak bo’lgan “Men”dir. Haqiqiy “Men” hamma individda ham yuzaga chiqaravermaydi. Ilk bolalik va qisman maktabgacha yosh davrida persona shakllanmaganligi sabab bolalar o’zlarining “Men”ini boricha jamiyatga ko’rsata oladi. Kichik maktab davridan boshlab esa persona bola tafakkurining taraqqiyoti, oilaviy sirlarni fosh etmaslik hamda tengdoshlaridan ortda qolmaslik kabi omillarning mavjudligi asosida shakllanadi. Ester Xaldingshaxs jamiyat uchun personasini namoyon etganda, jamiyat a‘zolari tomonidan berilgan bahoga tayanib qoladi va shu orqali haqiqiy “Men” bilan “persona” o’rtasidagi farqni anglolmay qoladi.” – degan fikrni olğa suradi. Bu degani boğchadagi bola juda ko’p istaklar bilan yashayotgan va bunga ota-onasi yoki unga yaqin bo’lgan inson(insonlar) orqali erishmoqchi edi. Ammo makatbga chiqdi-yu, jamiyat ta‘siri sezilarli darjada ortdi. Bolaga vazifalar yuklandi, javobgarlik talab etildi. Endi bola psixikasida “Men”ning ehtiyojlari biroz chetga suriladi va jamiyat uchun kerak bo’lgan “Persona” qiyofasiga kiradi. Ba‘zi hollarda bu jarayon inqiroz bilan almashadi. Bu haqida keyingi paragrafda to’xtalamiz.
Shaxs “Men”ining tuzilishiga oid turli xil yondashuvlar mavjud bo`lib, ular orasida eng ko`p tarqalgani o`z ichiga “Men”ning uch tarkibini qamrab oladi: kognitiv (o`zi haqidagi bilimlar); emotsional (o`z-o`ziga baho); konativ yoki xulqiy (o`ziga munosabat). Shaxsning o`z-o`zini anglashining tuzilishi haqida boshqa bir yondashuv V.V.Stolinga tegishli bo`lib, u o`z-o`zini anglashni tadqiq etishda eng asosiysi – shaxsning oddiy tavsiflari majmuasida emas, balki ma`lum yaxlitlikda o`zini tushunishi, o`z identivligini aniqlashida aks etadi, degan fikrni ilgari suradi.
A.V.Zaxarova va B.Yu.Xudobina fikriga ko’ra, kognitiv tarkibiy qismning yuqori darajadagi rivojlanishi, o'z-o'zidan qoniqish uchun xuddi qutb o'lchovi bo’lishi mumkin, bu bolaning o'ziga nisbatan yetarlicha yoki tanqidiy munosabatiga asoslangan. Kognitiv tarkibiy qismlarning shakllanishining pastki darajalari bolaning o'zini o'zi qoniqtirish ko'rsatkichlari bilan kamroq bog'liq.
O`z-o`zini anglashning boshqa xususiyati shundan iboratki, uning ijtimoiylashuv jarayonida rivojlanishi bu nazorat etiladigan, faoliyat va muloqot diapazonining kengayishi sharoitida ijtimoiy tajribani muntazam egallash orqali aniqlashtirilib boriladigan jarayondir. O`z-o`zini anglash shaxsdagi chuqur, intim tavsiflariga mansub. Uning rivojlanishi faoliyatdan tashqarida amalga oshmaydi: faqat faoliyat jarayonidagina shaxs o`zi haqidagi tasavvurlar bilan atrofdagilarning u haqidagi tasavvurlarini taqqoslab boradi, kerak bo`lsa, “korreksiyalaydi”. Avval ta`kidlanganidek, “Men” konsepsiyasining asosini “Men” obrazi tashkil etadi. “Men” obrazining tuzlishida 3 ta komponent ishtirok etar ekan, unda “Men” konsepsiyasining tuzilishi qanday bo`ladi? Ushbu savolga javobni Robert Berns tomonidan ishlab chiqilgan “Men” konsepsiyasining differensiallashgan strukturasi orqali topamiz.


Yüklə 262,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə