Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 37,43 Kb.
səhifə9/11
tarix15.06.2023
ölçüsü37,43 Kb.
#117296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
OTABEK KURS ISHI

Nominal va real YAIM
Iqtisodiyotda mavjud bо’lgan inflyatsiya jarayonlari YAIMni hisoblashni
qiyinlashtiradi. Bu kо’rsatkich dinamikasi bir vaqtning о’zida ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar miqdor va baho darajalarining о’zgarishini ifodalaydi. Bu shuni
bildiradiki, YAIM miqdoriga bir vaqtning о’zida ham ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning fizik hajmi, ham baho darajasi о’zgarishi ta‘sir kо’rsatadi.
Iqtisodiyotda doimiy inflyatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy
kо’rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qо’yadi. Chunki,
inflyatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib kо’rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish,
muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu
vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal kо’rsatkichlardan emas,
balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real kо’rsatkichlardan foydalanish
zarur. Ayrim yagona firmadan farqli о’laroq milliy iqtisodiyotda juda kо’p sonli
tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli ularning barchasini bir varakayiga
taqqoslama baholarda hisoblash qiyin. Shu tufayli YAIM tarkibida katta ulushni
tashkil etgan eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining о’zgarishi koeffitsiyenti
(baholar indeksi) hisoblab topilib, olingan natija butun milliy iqtisodiyot uchun tadbiq
etiladi.
Ishlab chiqarishning hajmini ifodalash uchun ham natural, ham qiymat
ko’rsatkichlari qo’llaniladi. Ammo milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish hajmini natural
birliklarda amalda o’lchash mumkin emas, chunki bu erda bir – biri bilan solishtirib
bo’lmaydigan millionlab nomdagi tovar va xizmatlar ustida gap boradi.
Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmini va tarkibini ifodalashda
qiymat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlar ikki miqdor yordamida
aniqlanadi:
- ishlab chiqarishning natural shaklidagi hajmi;
- narxlar darajasi.

Amaliyotda
qo’llaniladi:

milliy

hisobchilik

tizimida

narxlarning

ikki ko’rinishi

-joriy yoki haqiqiy narxlar;


- o’zgarmas yoki solishtirma bazis narxlar.
Shu yildagi joriy yoki amaldagi narxlar yil mobaynida mahsulot ishlabchiqarish
va uning iste’moli o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashda qo’llaniladi hamda takror ishlab
chiqarishning moliyaviy qiymat jihatlarini aks ettiradi. Lekin joriynarxlardan ishlab
chiqarishni ma’lum bir vaqt davomida tahlil qilish uchun foydalanish maqsadga
muvofiq emas. Chunki ularni xar qanday oshishi yoki pasayishi yalpi ichki mahsulot
va milliy daromadning hajmiga bevosita ta’sir etib,iqtisodiyotning haqiqiy
ahvolini buzib ko’rsatadi. Milliyiqtisodiyotning rivojlanishiga haqqoniy
baho berish uchun o’zgarmas narxlardan foydalaniladi.
O’zgarmas yoki solishtirma narxlar asos qilib olingan biror – bir yildagi
mahsulotning narxi bo’lib, tahlil qilinayotgan davr uchun ishlab chiqarish hajmini
qiymat jihatdan baholashda foydalaniladi. Bu narxlar mahsulotning natural hajmini
o’zgarishini ilg’ash imkonini beradi va ishlab chiqarishni ma’lum bir vaqt davomida
haqiqiy o’zgarishini aks ettiradi. Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining joriy va
solishtirma narxlardagi ifodasitubdan farqlanadi.
Bazis yilni xar bir mamlakat rivojlanish xususiyatidan kelib chiqqan holdao’zi
belgilaydi. Bazis narxlardan foydalanib ham o’tgan yillar, ham kelgusi yillarning
qiymat ko’rsatkichlari qayta hisoblab chiqiladi.
Joriy narxlarda o’lchangan ishlab chiqarish hajmini nominal, solishtirma
narxlarda o’lchanganini real deb ataladi.
Narxlarning o’sishi bilan yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmini
o’zgarishini ko’rsatuvchi miqdorni barcha tayyor mahsulot va xizmatlarning umumiy
narx indeksi yoki deflyator deb ataladi. Yalpi ichki mahsulot tarkibigamillionlab
nomdagi yaratilgan ne’matlar kiradi va ularni xar birining narxini o’zgarib turishini
jismonan kuzatish mumkin emas. Shuning uchun ham deflyator bozor savati
yordamida aniqlanadi. Bozor savati yalpi ichki mahsulot tarkibigakiruvchi, uning
asosiy qismini tashkil etuvchi muhim tovar va xizmatlarni o’zichiga oladi.
Statistika idoralari tomonidan bozor savatiga kiritilgan tovar vaxizmatlarga bo’lgan
narxlarning o’zgarishi doimo kuzatilib turiladi va shu asosda narxlarning umumiy
indeksi yoki deflyator hisoblanadi.
Joriy yildagi bozor savatining bahosi
shu yilning narxlarida
Joriy yil deflyatori = x 100
Joriy yildagi bozor savatining bahosibazis
y
Agarda o’tgan davr ichida yalpi ichki mahsulotning natural hajmi
o’zgarmasdan qolgan bo’lsa, uning nominal qiymati shuncha oshadi. Narxlar darajasi
pasayayotgan bo’lsa, unda narxlar indeksi yoki deflyator 100 foizdan kamdarajagacha
tushib ketadi. YaIM narxlari indeksining joriy yilda bazis yilgaqaraganda ko’tarilib
borishi inflyatsiyani va aksincha, uni kamayib borishideflyatsiyani bildiradi. Milliy
ishlab chiqarish hajmini o’zgarishiga narxlarning ta’sirini bartaraf etish maqsadida
deflyator yordamida real yalpi ichki mahsulothisoblanadi.
Nominal YaIM
Real YaIM =---------------------------- x 100 %
Deflyator
Iqtisodiy amaliyotda deflyator bilan bir qatorda inflyatsiya darajasini yana bir
ko’rsatkichi – iste’mol narxlari indeksi (INI) yoki hayot kechirish qiymati indeksi
keng qo’llaniladi. Bu ko’rsatkich ham deflyator kabi bozor savati yordamida
aniqlanadi. Ammo, bu erda bozor savatiga faqat aholining iste’mol byudjeti asosini
tashkil etuvchi iste’mol mollari va xizmatlar kiritiladi, holbuki, deflyatorni
hisoblanayotganda bozor savatining sezilarli qismini ishlab chiqarish uchun
mo’ljallangan tovarlar tashkil etadi. Iste’mol narxlari indeksi joriy yilda bazis yilga
qaraganda qayd etilgan iste’mol bumlari va xizmatlar turkumining qiymatini qanday
o’zgarayotganini aks ettiradi. Boshqacha aytganda, bu indeks yordamida xar bir
kishining, oilaning va barcha aholining hayot kechirish qiymati yokiturmush darajasi
qanday o’zgarayotganini aniqlash mumkin.

Yüklə 37,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə