Reja: Kirish Asosiy qism


YAIMni xarajatlar bо‘yicha hisoblash



Yüklə 37,43 Kb.
səhifə4/11
tarix15.06.2023
ölçüsü37,43 Kb.
#117296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
OTABEK KURS ISHI

YAIMni xarajatlar bо‘yicha hisoblash
Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YAIMni
hisoblash uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha
xarajatlar о’zaro qо’shib chiqiladi. Bu xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
1. Uy xо‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (С):
a) uzoq muddat foydalaniladigan iste‘mol buyumlari sotib olishga;
b) kundalik foydalaniladigan iste‘mol buyumlari sotib olishga;
c) iste‘mol xizmatlari tо’loviga.
2. Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I):
a) asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga;
b) korxonalar, inshootlar, turarjoy binolarini qurishga sarflangan;
c) tovar zahiralari о’rtasidagi farqlar yoki zahiralarning о’zgarishi.
3. Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G). Bu guruh xarajatlariga
mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati idoralari tomonidan korxonalarning
pirovard mahsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil yо’llari va pochta
muassasalari qurilishi, davlat korxonalarida tо’lanadigan ish haqi) xarajatlari
kiritiladi. Lekin shu о’rinda ta‘kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert
tо’lovlari kiritilmaydi.
Sof eksport (Xn). Mamlakatning import va eksport operatsiyalari bо’yicha
xarajatlar о’rtasidagi farq.
Demak, YAIMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash
mumkin:
YAIM=C+I+G+Xn
YAIMni daromadlar bо‘yicha hisoblash

YAIMni daromadlar bо’yicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab
chiqarish jarayonida ishtirok etgan rezidentlar, ya‘ni ishlab chiqarish birliklari
tomonidan yaratilgan, qо’shilgan qiymatlar hisobidan, tо’langan dastlabki
daromadlar qо’shib chiqiladi.
YAIMni daromadlari yig’indisi kо’rinishida hisoblashda asosan
quyidagi kо’rsatkichlardan foydalaniladi:
1. Iste’mol qilingan kapital hajmi (CCA) yoki amortizasiya (A), ya‘ni,
joriy yildagi YAIMni ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qilingan
investisiya tovarlarini sotib olishga mo‘ljallangan ajratmalar;

Yüklə 37,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə