Reja: Kirish Asosiy qism


YAIMda faqatgina yakuniy tovar va xizmatlar hisobga olinadi. 4



Yüklə 37,43 Kb.
səhifə3/11
tarix15.06.2023
ölçüsü37,43 Kb.
#117296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
OTABEK KURS ISHI

3. YAIMda faqatgina yakuniy tovar va xizmatlar hisobga olinadi.
4. YAIMga noishlab chiqarish bitimlari bо’yicha tushumlar kiritilmaydi.
Masalan, davlat va xususiy transfertlar, avval sotilgan va ishlatilgan
buyumlarni qayta sotishdan tushgan tushumlar, qimmatli qog’ozlarni
sotishdan tushumlar.
YAIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YAIM yakuniy tovarlar va
xizmatlarni ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qо’shilgan qiymatlar
yig’indisi sifatida aniqlanadi. YAIMni bu usulda aniqlash statistik jihatdan
qulay bо’lishi bilan birga uni hisoblashning muhim shartiga amal qilish, ya‘ni
bir qiymatni ikki bor hisobga olish, yoki oraliq mahsulot qiymatini YAIMga
kiritib yuborishning oldini oladi.
Ishlab chiqarish hajmini tо’g’ri hisoblash uchun joriy yilda ishlab
chiqarilgan tovar va kо’rsatilgan xizmatlar qiymati bir marta hisobga olinish
kerak. Kо’pgina mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish
bosqichini о’taydi. Shu sababli YAIMda ayrim mahsulotlarni ikki va undan
kо’p marta hisobga olmaslik uchun, faqat pirovard mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar esa hisobga olinmaydi. Yakuniy
tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovarlar va
xizmatlar bahosi YAIMga qо’shilmaydi.
Qо‘shilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosi bilan ularni
ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni sotib olishga
qilingan xarajatlar о’rtasidagi farq kо’rinishida aniqlanadi.
Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YAIM kо’rsatkichining tarkibini va
undagi siljishlarni tahlil qilish juda muhim xulosalar beradi. Alohida
tarmoqlarning mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan yalpi qо’shilgan
qiymatdagi ulushi, bu ulushning о’zgarishi bu mamlakatning iqtisodiy
rivojlanish darajasi va kutilayotgan istiqboliga baho berish imkonini beradi.

Yüklə 37,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə