Reja: Kirish Asosiy qism


Tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish joyi bo‘yicha muammolar tasnifi



Yüklə 209,83 Kb.
səhifə4/9
tarix25.05.2022
ölçüsü209,83 Kb.
#87918
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ismoilova nazokat kurs ishi 3

Tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish joyi bo‘yicha muammolar tasnifi
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘yicha marketing tadqiqotlari muammolari bevosita ishlab chiqarishning qaysi bozorga mo‘ljallanganligi bilan ifodalanadi. Chunki tovar (ish va xizmat)larning bir qismi ichki bozorga va bir qismi tashqi bozorga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Bunda qancha tovar qachon va qayerda sotilishini aniqlash ham o‘ziga yarasha tadqiqotlarni talab qiladigan muammolardir. Chet mamlakatlarda ishlab chiqaruvchilar bo‘yicha marketing tadqiqotlari muammolari ham o‘ziga xos. Chunki, ularning ishlab chiqarish jarayonlari o‘zlarining talab va ehtiyojini inobatga oladi va narx ham bizdan xoli holda shakllanadi. Shu tufayli bir xil tovar o‘zimizda va xorijda ishlab chiqarilgan bo‘lsada narxi turlicha bo‘lishi mumkin. Endi qaysi tovar bilan muomila qilish masalasi ham ma’lum darajada muammolarni keltirib chiqaradi.
Ushbu muammolarning statistik ko‘rinishini quyidagicha ifodalash mumkin:
Mj = ∑ Mi ;
i=1
Bunda: Mj – tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish joyi bo‘yicha mavjud bo‘lgan jami muammolar;
Mi - tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish joyi bo‘yicha mavjud muammolarning
alohida i – turi;
∑ - jamlash belgisi;
I – muammoning turi;
p – muammoning umumiy soni.


Marketing tadqiqotlari muammolarining bir qismi tovar (xizmat)larni
sotish bozori bilan bog‘liqdir. Chunki ishlab chiqarilgan tovar (xizmat)ni qaysi bozorga sotishligi, qanday sotilishi, qachon va qancha sotishligi ham katta muammodir. Ushbu muammolar ikki guruhga bo‘linadi:
- ichki bozorda sotish muammosi;
-tashqi bozorda sotish muammosi.
Tashqi bozorda sotish ham ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi. Tovar
(xizmat)ni sotish faqat xorijiy davlatlargagina emas, balki o‘z mamlakatimizning ichida boshqa huddudlarda ham sotish tushuniladi. Shu tufayli buni ham ikki guruhga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bularga:
- bir davlat ichida, ammo tovar (xizmat) ishlab chiqarilgan hududdan boshqa
hududda;
- mazkur davlatdan tashqaridagi bozorda. Bu asosan tovar (xizmat)larni eksport qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tashqi bozordan xaridorlarni topish ham juda katta muammo. Ammo bugungi kunda ushbu masalaga keng yo‘l ochib berildi. Hozir tovar (xizmat)lar eksporti bilan har bir xorijiy mamlakatlarda joylashgan elchilarimiz ham shug‘ullanmoqda. Bu tovar (xizmat)larni ishlab chiqaruvchilar uchun ham katta imkoniyat yaratilganligidan dalolatdir. Bularning bog‘liqligini quyidagicha ifodalash mumkin.




Yüklə 209,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə