Reja: Kirish Asosiy qism


Yondashuvlarni ishlab chiqish va muammolarni aniqlash jarayoni



Yüklə 209,83 Kb.
səhifə7/9
tarix25.05.2022
ölçüsü209,83 Kb.
#87918
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ismoilova nazokat kurs ishi 3

Yondashuvlarni ishlab chiqish va muammolarni aniqlash jarayoni
Yuqorida keltirilgan marketing tadqiqotlarida muammolarining tavsifi va ularning izohi shuni ko‘rsatdiki, mazkur sohada
m uammolarni aniqlash bir qancha ob’ektiv zaruratga
tayanishi bilan birga juda ko‘p muhimliklarga va
yondashuvlarga ham egaligidan dalolat beradi. Shu tufayli muammoni aniqlashda bir qancha usul va yondashuvlardan foydalaniladi.
Muammoning aniq va to‘g‘ri belgilanishi
marketing tadqiqotlarini samarali o‘tkazish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Marketing tadqiqotlarining muammosini aniqlanishi barcha faoliyatni to‘g‘ri yuritilishiga, loyihani amalga oshirilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Yuqorida ta’kidlanganimizdek, tibbiyot sohasida kasalni oldindan aniqlash va uni o‘z vaqtida davolash uchun to‘g‘ri tashxis qo‘yish qanchalik muhim bo‘lsa, marketing tadqiqotlarida uning muammosini aniqlanishi ham xuddi shunday muhimbir. Agar muammo o‘z vaqtida aniqlanmasa, aniqlangan taqdirda ham u noto‘g‘ri aniqlangan bo‘lsa, o‘tkazib yuborgan kasal qanday bo‘lsa, korxonaning ahvoli ham xuddi shunday bo‘ladi. Kasalni davolash mushkul bo‘lgani singari, mazkur korxonaning ham jonlanib, oyoqqa turib ketishi juda qiyin kechadi. Chunki vaqt va mablag‘ samarasiz foydalanishga olib kelishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, marketing sohasidagi muammolar aniq hisobotda
ifodalanadigan ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topmaydi. Shu tufayli mazkur sohada muammolarni aniqlashda sotsiologik so‘rov o‘tkazish lozim bo‘ladi. Shu tufayli sotsiologik so‘rovlar bir qancha aniq savollarni qo‘yishni taqozo qiladi. Ushbu so‘rovnomalar mahsus tayyorlangan savollar yoki anketalar orqali aniqlanadi.
Bularga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Raqobatchilaringizni o‘zingizdan kuchli deb hisoblaysizmi?
• qancha sub’ektlari va mutahassislari bor?
• ulardan nechtasi sizdan kuchli?
2. Siz nima qilsangiz raqobatbardoshlikni mustahkamlaysiz?
• narxni tushurish kerakmi?
• mahsulot sifatini oshirish lozimmi?
• arzonlashtirilgan baho bilan tannarxingiz o‘rtasidagi nisbat unchalik yaqin
emasmi?
3. Muvoffaqiyatga erishish uchun muhim deb hisoblaydigan jihatlaringiz
nimada?
• innovatsiyani joriy qilishda;
• modernizatsiya qilib, tejamkor texnologiyalarni joriy qilishda;
• bozorni diversifikatsiya qilishda;
4. Sotilmay qolgan tovarlarning holati qanday?
• sizda ushbu tovarlar bo‘yicha me’yor bormi?
• sotilmay qolgan tovarlar ko‘paymayaptimi?
• pul aylanishida qanday muammolar bor?
• debitorlar ko‘pmi, muddati o‘tganlari qancha?
• kreditorlaringiz bilan munosabatlar qanday?
5. Kommunal xizmatlardagi muammolarni ayting!
• elektr energiya ta’minotida qanday muammolar bor?
gaz ta’minotidagi muammolar?
• suv ta’minotidagi muammolar bormi?
6. Yana qanday muammolaringiz bor?
• kadrlar masalasi va ularning malakasi yetarlimi?
• bank bilan munosabatda qanday muammolar bor?
7. Muammolarni hal qilish yo‘li bormi? Agar bo‘lsa, o‘zingizning fikringizcha qanday chora-tadbirlarni qo‘llash mumkinligi xususida qisqagina tadbirlar aytilib asoslanadi.
Sotsiologik so‘rov natijasi umumlashtirilib muammolarning umumiy soni aniqlanadi va ular yo‘nalishlari bo‘yicha tasniflanadi. Oqibatda qaysi yo‘nalishda muammolar ko‘pligi aniqlanib, ularni bartaraf qilish choralari ko‘rilishi lozim bo‘ladi. Bunda statistik metodlarning guruhlash, indeks usullaridan foydalaniladi.
Marketing tadqiqotlarida muammolarni aniqlash o‘ta muhim jarayon
hisoblanadi. Muammo bor narsa, ammo uni ko‘rmasak, ularni hal qilish choralarini ishlab chiqmasak, oqibati nima bo‘lishi tayin. Shu tufayli har yili korxonalarning umumiy soniga nisbatan 17-20 foiz sub’ektlar yangidan tashkil qilinadi, afsuski xuddi shuncha korxona “yukini tortolmasdan” bankrotlik holatga tushib qolayotganlarini
o‘zlari ham sezmay qolmoqda. Bulardan ham ko‘rinib turibdiki, sotsiologik so‘rov o‘tkazish orqali muammolarni aniqlash ham o‘ta muhim choralardan biridir. Uning muhimligiga quyidagilarni kiritish mumkin.
1. Ushbu muammolarning hal qilinishi bilan birorta tovardan qayerda va qancha ishlab chiqarish lozimligini aniqlash imkonini beradi.
2. Ishlab chiqarilgan tovarni (xizmatni) qayerga, qancha miqdorda va qancha bahoda sotish mumkinligini aniqlash bilan birga qaysi bozorni tanlash yo‘llarini ham ko‘rsatib beradi.
3. Bozorni to‘ldirish uchun qancha tovar (xizmat)ni ichki ishlab chiqaruvchilar va qanchasini tashqaridan (boshqa hududlardan va tashqi mamlakatlardan) keltirish lozimligini ham hal qilish yo‘llarini aniqlash imkoniyati yaratiladi.
4. Tovar (xizmat)ni vaqt nuqtai nazaridan (doimiy, mavsumiy) aniq belgilash imkoni tug‘iladi va ular bilan yil davomida ta’minlashning imkoniyatlari qidiriladi.
5. Ishlab chiqarishni va bozorni bevosita aholining milliy tarkibidan kelib chiqqan holda talablarni qondirish uchun qancha ishlab chiqarish va sotish lozimligini aniqlash imkonini beradi.

Yüklə 209,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə