Respublikasi oliy ta`lim,fan va innovatsiyalar vazirligi


Tadqiqot tekshirish sinovlari



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə9/28
tarix26.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#113103
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Nodir t

Tadqiqot tekshirish sinovlari
Yosh voleybolchilarning jismoniy tayyorgarliklari darajasi quyidagi testlar yordamida aniqlanadi:

  1. Yuqori startdan 30 metrga yugurish. Test sinovlari umumiy qabul qilingan metodika bo‘yicha o‘tkaziladi.

  2. Yo‘nalishni o‘zgartirib 30 metrga yugurish nazoratini qabul qilish quyidagicha bo‘ladi: 5 metr masofada ikki chiziq start olish va nazorat chizig‘i chiziladi. Sinaluvchiga ishora berilganda, u besh metr masofani olti marotaba yugurib o‘tadi. Harakatlanish, yo‘nalishni o‘zgartirish paytida, sinovda ishtirok etayotgan o‘quvchining ikki oyog‘i chiziqni kesib o‘tishi kerak. Topshiriqni ba‐ jarish umumiy vaqti qayd etiladi.

  3. Joyidan turib uzunlikka sakrash. Sakrash uzoqligi ( sm aniqlik bilan) nazorat chizig‘idan sinovda ishtirok etuvchining yerga tushgan, eng yaqin izigacha bo‘lgan masofani ruletka yordamida o‘lchash bilan amalga oshiriladi. Uch marta urinishdan keyin, eng yaxshi na‐ tijasi hisobga olinadi. Avval sinov urinishiga imkon beriladi.

  4. Ikki oyoqda joyda turib, yuqoriga sakrash. Bundan maqsad, yuqoriga sakraganda og‘irlik umumiy markazi ko‘tarilishi balandli‐ gini o‘lchash imkonini beruvchi V.M.Abalakov konstruksiyasi mosla‐ masi qo‘llaniladi. Joyidan turib sakrashda, sakrash va yerga tushish 50x50 sm kvadrat ichida amalga oshiriladi. Sinovda ishtirok etuvchi‐ lar va bir sinov hamda uch hisobga olish urinishlarini amalga oshi‐ radilar bunda eng yaxshi natija hisobga olinadi. Yugurib borib, ik‐ ki oyoq bilan itarilib balandlikka sakrash. O‘lchash yuqorida aytib o‘tilgan V.M.Abalakov usuli bilan amalga oshiriladi. Sakrashni amalga oshirishdan avval, sinovda ishtirok etuvchi 50x50 kvadratidan ikki qadamda dastlabki holatni egallaydi. Birinchi qadamda tezlik olinadi, ikkinchi qadamda ikki oyog‘i bilan 50x50 sm kvadratga sakraydi. Shundan keyin ikki oyoqlab sakrashni bajaradi. Eng yaxshi natija hisobga olinadi.

  5. To‘ldirma to‘pni (1kg) boshi ortidan ikki qo‘llab uloqtirish (uzoqqa uloqtirish qayd etiladi).

Bajarish tartibi:
Sinovda ishtirok etuvchi start chizig‘i oldida turadi, bir oyog‘i oldinda, ikki qo‘li bilan to‘pni pastga qilib oldida o‘shlab turadi. To‘pni ko‘tarib orqaga, boshi ortiga olib o‘tadi va shu zahoti uni ol‐ dinga otadi. Sinovda ishtirok etuvchilar start chizig‘i oldida o‘tiradilar, ularning yelkalari start chizig‘ida, uloqtirish bosh or‐ tidan bajariladi.
Sakrab turib uloqtirish: Dastlabki holat ‐ tik turiladi, oyoqlar baravar qo‘yiladi; sakrab turib to‘pni otiladi; uloqtirishning har bir turida to‘rtta o‘rinishga imkon beriladi, ulardan birinchisi sinov, qolgan uchtasi hisobga olinadi. Eng yaxshi natija qayd etiladi. Texnik tayyorgarligi darajasini aniqlash uchun to‘pni o‘zatish aniqligiga sinov o‘tkaziladi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə