Respublikasi oliy ta`lim,fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə2/28
tarix26.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#113103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Nodir t

Bob yuzasidan xulosa




II.BOB

TADQIQOT VAZIFASI, METODLARI VA ShAKLLANTIRILIShI




2.1

Tadqiqot vazifalari




2.2

Tadqiqot metodlari




2.3

Tadqiqotning shakllanishi




Bob yuzasidan xulosa




III.BOB

XALQ HARAKATLI O‘YINLARINING TURLARI VA
FOYDALANISh XUSUSIYaTLARI




3.1

Xalq harakatli o‘yinlarining turlari




3.2

Xalq harakatli o‘yinlardan foydalanish samaraliligini asoslab berish




3.3

Harakatli o‘yin testlarining tahlillar ishonchliligini baholash




4.BOB

XALQ HARAKATLI O‘YINLARIDAN FOYDALA NISh SAMARALILIGINI TADQIQOTDA ASOSLASh..




4.1

Pedagogik tadqiqot jarayonida yosh voleybolchilarning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarliklari darajasi
dinamikasi




4.2

Pedagogik tadqiqot jarayonida yosh voleybolchilarning jismoniy tayyorgarliklari darajasini kompleks
baholash




4.3

Tadqiqot jarayonida yosh voleybolchilarning texnik va taktik tayyorgarliklari darajasi o‘zgarishini baholash




4.4

Pedagogik tadqiqot davomida yosh voleybolchilarni jismoniy va texnik-taktik tayyorgarliklarining o‘zaro bog‘liqligi




Bob yuzasidan xulosa




UMUMIY XULOSALAR VA TAVSIYALAR




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI




ILOVALAR




KIRISH




Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. yuksak sport yutuqlarining mavqei xalqaro musobaqalarda raqobatchilikning keskinlashishi hamda mamlakat milliy terma jamoalari sportchilari avlodlarining ommalashishi qonuniy jarayoni hozirgi davrda sport tanlovi va istiqbolli yoshlarni tayyorlash ilmiy‐asoslangan asoslarini takomillashtirish zarurligini belgilab beradi.
Sportning har xil turlarida tanlovga katta e’tibor beriladi . Sport o‘yinlari bo‘yicha maxsus adabiyotlarni o‘rganib chiqish sport o‘yinlari turlarida, xususan voleybolda bolalar ‐ yosh sportchilarni tanlash turli jihatlarining yetarlicha va bir tekis ishlab chiqilmaganligi to‘g‘risida xulosaga kelishga imkon beradi.
Misol uchun, oliy toifadagi jamoa voleybolchisining bo‘y ba‐ landligi o‘rtacha, 192,2 sm, og‘irligi esa – 86,4 kgni tashkil etadi (4), buni yosh voleybolchilarni tanlashda e’tiborga olish juda muhim.
Voleybol uchun xos bo‘lgan psixofiziologik jarayonlari va funksiyalari xususiyatlarini o‘rganish maxsus sifatlari hamda ko‘nikmalari yuksak darajada rivojlanganligi bilan bir qatorda, voleybolchi quyidagilarga ega bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi:

  • harakatlanish aniqligi va tezligi;

  • kontakt uzatish aniqligi va yumshoqligini ta’minlovchi nozik muskullar hissini;

  • o‘yinda o‘zgarib boruvchi vaziyatga javoban tez va aniq ko‘ra bilish;

  • texnik uslublar va taktik harakatlar bajarish jarayonida kuzatib borishga imkon beruvchi yaxshi rivojlangan atrofni ko‘ra bilishi;

  • diqqatning yuksak barqarorligi va tezlikda boshqalarga qaratilishi.

M.Bril erkaklar va ayollar uchun terma jamoasiga nomzodlar – yuksak malakasi voleybolchilarning quyidagi modeli ko‘rsatkichlarini keltiradi (1.1.‐ jadvalga qarang).
Taktik harakatlarga qobiliyatni shakllantiruvchi psixofi‐ ziologik ko‘rsatkichlari sport o‘yinlari uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun senomator reaksiyalari, operativ fikrlash diqqati xususiyatlari modelli ko‘rsatkichlari sportning o‘yin tur‐ lari uchun birinchi darajali ahamiyatga ega.
Sport maktablarining amaldagi dasturlarini tahlil qilish, o‘quvchilarni boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlariga tanlash; ko‘p yil‐ lik tayyorgarlik jarayonida yosh voleybolchilarni bitiruv va joriy sinovlariga asosan jismoniy rivojlanganligi, jismoniy va texnik tayyorgarligi belgilarini hisobga olish asosida o‘tkazilishini ko‘rsatadi.
Shu bilan bir vaqtda, so‘nggi yillarda, respublikamizda keng tarqalgan sport turlaridan biri – voleybolning rivojlanishida yaqqol ko‘zga tashlanadigan tomonlaridan biri, kombinatsion o‘yinning ko‘chayishi hisoblanadi. Bu sportchilarning o‘yinda fikrlashlari va taktik tayyorgarliklariga bir qator qat’iy talablarni qo‘yadi.
Voleybol bilan shug‘ullanish uchun bolalarni tanlashda – boshqa ko‘rsatkichlar bilan birgalikda, faqatgina jismoniy rivojlanganlik, jismoniy va texnik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari yordamida aniqlash mumkin bo‘lmagan o‘yin faoliyatiga qobiliyatlarini rivojlantirish va namoyon etishga sabab bo‘luvchi shaxsiy sifat va xususiyatlarini aniqlash alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Iste’dodli yosh voleybolchilarni tanlash va tayyorlash jarayonini takomillashtirishga yordam bera oladigan yangicha yondashuvlar, samarali vositalar va metodlarni ilmiy izlash zaruriyati yuzaga keladi.
Ushbu muammo to‘g‘risida fikr yuritib, ko‘pchilik olimlar, mutaxassislar sport jamoasi o‘yin turlarida bolalarni tanlashning eng samarali vositasi harakatli o‘yinlar estafetalar hisoblanadi, degan xulosaga keladilar. Biroq ushbu yo‘nalishda biron‐bir ketma‐ketlikka ega yoki nisbatan yakunlangan tadqiqotlarni topa olmadik, mavjud bir necha ishlar qisqacha bayon etilgan yoki tavsiyalar xususiyatiga ega.
O‘rganilayotgan muammo doirasida o‘zbek xalqining boy etnomadaniy merosi – o‘zbek xalq harakatli o‘yinlaridan foydalanish imkoniyatlari ham umuman ilmiy asosda o‘rganilmagan.
Mana shu sanab o‘tilganlar, ushbu ishning va dissertatsiya tadqiqot muammosining dolzarbligini belgilab beradi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə