Respublikasi oliy ta`lim,fan va innovatsiyalar vazirligi


Yosh voleybolchilarni tanlash davrlari va metodlari



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə6/28
tarix26.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#113103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Nodir t

Yosh voleybolchilarni tanlash davrlari va metodlari

Keyingi davrlarda tadqiqot ishi olib borgan qator muallif‐ lar ishlarida bayon etilgan voleybolda tanlashni tash‐ kil etish va metodikasi to‘g‘risidagi tasavvur ko‘p jihatdan basket‐ bol , futbol, tennis va boshqa sport turlariga bag‘ishlangan ishlarda mavjud tasavvurlar bilan o‘xshashdir.


Birinchi navbatda bu – bolalar istiqbollari hamda turli sport turlarida, tanlashda tashkiliy yondashishlar umumiyligini baholashda, murabbiylar amal qiladigan sportchilar modeli (namunali) ko‘rsatkichlarini shakllantirishga tegishli.
Keyingi yillarda qilingan ishlarida, tanlash tashkiliy jihatlarini ko‘rib chiqishda, ayrim mualliflar fikriga ko‘ra, yosh sportchilarni tanlash to‘rt davrga ajratiladi:

      1. Bolalar va o‘smirlarni dastlabki tanlash (birlamchi);

      2. Tanlab olingan shug‘ullanuvchilarni tanlangan sport turida muvafaqqiyatli ixtisoslashishiga qo‘yiladigan talablarga mosligi‐ ni chuqur tekshirish davri (ikkilamchi tanlov davri);

      3. Sport yo‘nalishi davri;

      4. Terma jamoalarga tanlash davri. Tanlash ushbu davri, sport maktablaridan tashqarida amalga oshirilishi mumkin. Shu bilan birga har bir bosqichga, mana shu bosqichda hal etiladigan masalalar‐ ga qarab, o‘z xususiyatlariga ega bo‘ladi.

Tanlovni amalga oshirish amaliy masalalari Yu.D.Jeleznyak tomonidan (45,46) yanada chuqurroq berilgan. Voleybolchilarni ko‘p yillik tayyorlash tizimi maqsadli ko‘rsatmalarini hisobga olib tanlashda, muallif to‘rtta bosqichni ko‘rsatadi.
Birinchi bosqichda (10‐14 yosh) ‐ voleybol o‘yini ko‘nikmalarini muvafaqqiyatli egallab olish imkoniyatlariga ega bo‘lgan bolalar aniqlanadi.
Ikkinchi bosqichda (15‐17 yosh)‐ tanlash, birinchidan, voleybolga yuksak darajali qobiliyatlarga va ikkinchidan, aniq bir o‘yin vazifalariga (bog‘lovchi, hujumchi) layoqatiga ega bo‘lgan bolalar aniqlanadi.
Uchinchi bosqichda (18‐20 yosh) ‐ oliy razryadli jamoalarga kiritish uchun yuksak darajali texnik‐taktik, atletika, ma’naviy‐ irodali va tayyorgarlik boshqa turlari bilan voleybolchilar aniqlanadi.
To‘rtinchi bosqichda ‐ mamlakat terma jamoalari va mas’uliyatli musobaqalarda ishtirok etish uchun sportchilarni aniqlashga yo‘naltirilgan. Ko‘p yillik kuzatuv jarayonida, voleybolga tanlashga bag‘ishlangan ko‘plab ishlarni tahlil qilishi, tanlovni tashkil etish va metodikasi, uning barcha to‘rt bosqichlarida, tanlov va tayyorlash davrlari – asosiy va oraliq maqsadlaridan kelib chiqib, aniqlanishini ko‘rsatadi; modelli harakateristikasi (shu jumladan sport mahorati alohida davrlari uchun sportchining oraliq harakateristikalari); musobaqalashish faoliyati mazmuni; o‘yin vazifalari xususiyatlari; voleybolchilar yoshi xususiyatlari va tanlov hamda tayyorlash ma’lum bosqichlarida ularning imkoniyatlari (4,5,36,45,60,78).
Voleybol bo‘yicha murabbiylar ish amaliyoti jarayonida, tanlov birinchi bosqichida yoki boshlang‘ich tanlovni (45) uch bosqichga ajratadilar:
Birinchi bosqichida (davrning davomiyligi bir‐ikki oy) o‘quvchilarda sportga qiziqishni yuzaga keltirish va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish maqsadida, ular orasida targ‘ibot‐tashviqot ishlari olib boriladi. Voleybol bilan shug‘ullanishni xohlovchi o‘quvchilar nomzodlarini dastlabki o‘rganish katta ahamiyatga egadir.
Ularning sog‘liqlarini hisobga olib, o‘quvchining qiziqishlari, ularning voleybol bilan shug‘ullanishlariga ota‐ onalarning munosabatlari, o‘quvchilarning mehnatsevarliklari va irodaviy sifatlari va shu kabilar aniqlanadi.
Birinchi bosqichda, diqqat bilan puxta tashkiliy ishlarni amalga oshirish ko‘p jihatdan keyinchalik shug‘ullanuvchilarning katta qo‘ngilsizliklar oldini oladi deb, hisoblaydilar (23,44,45).
Dastlabki tanlovning ikkinchi bosqichida, sinovlar (testlar) va maxsus kuzatishlar yordamida, bolalarning voleybol o‘yiniga ko‘nikmalari va malakalarini muvafaqqiyatli egallashga qobiliyatlari to‘g‘risida fikr yuritishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar olinadi.
Ushbu davrda organizmning anatomik‐fiziologik xususiyatla‐ ri va o‘yin xususiyatlariga mos uning funksional imkoniyatlarini birin‐ketin ko‘rsatiladi. Seksiyada shug‘ullanuvchilar soniga qarab, ikkinchi bosqich bir haftadan bir oygacha davom etadi.
Uchinchi bosqich (ushbu davrning davomiyligi olti oydan bir yilgacha davom etadi) bolalarni voleybol o‘yiniga qobiliyatlarini aniqlash bilan bog‘liq. Bu yerda o‘yin texnikasi va taktikasini egallash tezligi, bolalarning mashg‘ulotlarga munosabatlari, ularning qanchalik mehnatga bo‘lgan layoqatliliklari va shu kabilar asosiy hisoblanadi.
Kuzatishlar va tajribalar ilmiy metodlaridan foydalanmay, sport takomillashishi yaroqliligini ozmi‐ko‘pmi to‘g‘ri diapazonga qo‘yish uchun, tajribali murabiyydan kamida ikki yil talab etilishini ko‘rsatadi.
Shuning uchun hatto ilmiy metodlarga asoslangan tanlashda ham, ko‘pchilik xatolarga aynan mana shu davrda yo‘l qo‘yiladi. Shuning uchun dastlabki tanlov jarayoni, tashkiliy mazmunda eng murakkab hisoblanadi. Va murabbiydan tanlovning nazariy, metodologik, pedagogik, tashkiliy hamda metodik jihatlarini bilishni talab etadi.
Dastlabki tayyorlov guruhlariga tanlov o‘tkazishda, 10‐12 yoshli bolalarning sport takomillashishlari maqsadga muvofiqligini aniqlab olish muhimdir. Baholashning murakkabligiga sabab, ularning bo‘lajak natijalarini 8‐12 yil oldindan tahlil qilinishi bilan bog‘liq.
V.N.Platonov sport bilan, shu jumladan, voleybol bilan shug‘ullanish uchun istiqbolliligini tahmin qilish unda shakllangan ko‘nikmalari emas, balki malakasi xizmat qilishini ta’kidlaydi, malakasi ko‘pincha bolalarning biologik yoshiga bog‘liq bo‘ladi,metodlari esa ‐ sifatlari xususiyatlari va qobiliyatlari mos birikmalari kerakli nomzodlarni izlashni ancha qiyinlashtiradi.

Qaysi xususiyatlar va ularning birligi voleybolchilar uchun juda xos bo‘lishini bilish kerak. Shundan kelib chiqqan holda, tanlash amaliyotida metodlar to‘plamini tanlash o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarga rasmiylik va muhit omillari, inson rivojlanish turli davrlaridagi ta’sirlari va ahamiyati bir xil davrli omillarni hisobga olib amalga oshirishi kerak.


Yoshi o‘sib borishi bilan muhit omillari roli ortib borishini, bu birinchi navbatda, sport tayyorgarligiga moslashishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini esda saqlash kerak.
Tanlovni amalga oshirib, hatto genetik asosdagi xususiyatlari ham albatta, meros bo‘lib o‘tmasligini ham esda tutish kerak (23). Shu bilan birga ko‘p sonli tadqiqotlar natijalari asosida va ko‘p sonli adabiyotlar ma’lumotlarini umumlashtirib qator omillar meroslilik holatlarini xuddi sport mashqlariga bo‘lgani kabi yoki hatto ko‘proq ahamiyat berish kerakligi to‘g‘risidagi xulosaga keldilar. Bu tanlash va tayyorlashning dastlabki davrlarida ayniqsa, muhimdir.
A.Nikolich va V.Paranosich (65) individning ko‘pchilik funksiyalari va sifatlari ma’lum gavda tuzilishi bilan chegaralanganligini va genetik asoslaridanko‘ra kattaroq samaralilikka hech qanday mashqlar bilan erishib bo‘lmasligini ishonchli ko‘rsatib beradilar.
Shaxsda o‘yin faoliyati uchun muhim xususiyatlar va sifatlar rivojlanishini muvafaqqiyatli tahmin qilish uchun birinchi na‐ vbatda, barqaror, rivojlanish davomida kam o‘zgaradigan va mashqlar ta’siridan kam darajada bog‘liq bo‘lgan omillarga e’tibor berish kerak.
Shu bilan birga, sportning bir turidan, sportchining asab sis‐ temasiga qattiq talablar qo‘yilishini, boshqa turlarida esa ‐ kuch‐ quvvatni ta’minlash sistemasiga, uchinchi holatda morfologik xusu‐ siyatlariga, to‘rtinchisidan, organizmning kompleks imkoniyatlari tizimiga talablar qo‘yilishini esdan chiqarmaslik kerak.
Ba’zi tadqiqotlar sportchilarning morfo‐ logik xususiyatlari ko‘p tomondan chidamliligi, harakatlari tezligi, kuchi imkoniyatlari va boshqalar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Sportning ba’zi turlarida, shu jumladan, voleybolda gavda‐ ning uzunligi kattaliklaridan tanlashda foydalaniladi. Ma’lum‐ ki, sporto‘yinlarida, shuningdek voleybolda, bo‘yning balandligi 180‐185 sm yetarli hisoblanmaydi. Bu birinchi navbatda juda yaxshi sakrash sakrash qobiliyatiga ega bo‘lishi ham, bo‘yi pastligi o‘rnini bosolmaydigan blok qo‘yishni bajarishdagi qiyinchiliklar bilan bog‘liqdir. Mana shu sababli, dastlabki tanlov paytida, bo‘yning ba‐ landligiga e’tibor berish juda muhim. Shu bilan birga ba’zi mual‐ liflarning fikricha, tanlash boshlang‘ich davrida, ko‘p jihatdan meros bo‘ladigan bo‘yi balandligini o‘lchash, ba’zi mual‐ liflarning ma’lumotlari bo‘yicha – 85‐90% foizni tashkil etadi.
Ba’zi chet ellik tadqiqotchilar bolalarning bo‘yi ba‐ land bo‘lishini taxmin qilish, masalan, ota‐onasining bo‘y balandli‐ gi o‘rtacha ko‘rsatkichi bo‘yicha ancha aniqroq bo‘ladi. Adabiyotda og‘irligi, balandligi, gavda tarkibini oila ichidagi holatlarini o‘rganish to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Bolasining tana og‘irligini, ota‐onasilardan biriga qarab taxmin qilish qiyin.
Bolalar tana og‘irligini bo‘yi balandligini oilasiga qarab, taxmin qilishdan ko‘ra, taxmin qilish ishonchliligi kamroq. Mual‐ lif keltirgan ma’lumotlar odamning morfologik ko‘rsatkichlarini taxmin qilish muammosini hal qilish oilaviy tadqiqotlari sama‐ raliligini ko‘rsatadi. Genetik olimlarning energetik imkoniyatla‐ ri, raspiratorlik qobiliyati, qon‐tomir tizimi faoliyati xususi‐ yatlariga va ayniqsa kislorodni maksimal iste’mol qilishi ta’siri to‘g‘risidagi ma’lumotlar katta qiziqish uyg‘otadi, ular V.B.Shvrs , S.V.Xrushev , N.J.Bulgakova va boshqalar ishlari jad‐ vallarida keltirilgan.
Genetik omillari jismoniy rivojlanishiga, tana tarkibi va bolalar motorik qobiliyatlariga aniq ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud.
Muskullar to‘qimalarining tarkibini aniqlash sport tanlo‐ vida muhim omil hisoblanadi, ular orasida sust va tezlarini ko‘rsatadilar. Muskullar to‘qimalari tarkibi ushbu individ absolyut ko‘pligi muskullariga genetik bog‘liqligi va xosligi tasdiqlanadi . M.I.Rubinovning ma’lumotlari bo‘yicha mak‐ tabgacha yoshdagi bolalarda harakatlanish sifatlari rivojlanishi (birinchi navbatda tezligi va kuchi) nasliy asosliyligi va bo‘yi balandligi taxminan bir xildir hamda 48% foiz ta’sir ko‘rsatish ge‐ netik omillarga to‘g‘ri kelishi ko‘rsatilgan. Shu bilan birga turli genetik va territorial guruhlar farqi katta emas.
Bolalar va o‘smirlarni, bolalar va o‘smirlar sport maktabla‐ riga tanlashda, nasliy va muhit omillarini harakatlanish harakatlariga o‘rgatish tezligiga ta’siri qonuniyatlarini hisobga olish zarur. Bu ayniqsa, voleybol kabi sportning murakkab‐ koordinatsion turlarida tanlashda juda muhim. Mualliflar – eng yaxshi tanlash – bu oddiy mashqlardan foydalanish, deb hisoblaydilar. Chunki, muvofiqlash‐tiruvchi (koordinatsion) maz‐ munda oddiy harakatlanish harakatlarini egallab olish murakkab‐ ligiga qaraganda, genotip katta nazorati ostida bo‘ladi, bu tanlash‐ dagi foydalaniladigan testlar axborotliyligi va taxminiyligini oshiradi.
Bir sifat va xususiyatlari yetarli rivojlanmaganligi, boshqalarning kuchli rivojlanganligi hisobiga o‘rni bosilganda, turli sifatlari va xususiyatlarining o‘rni bosilishi darajasini ham hisobga olish muhimdir.Ba’zi mualliflarning fikriga ko‘ra 10‐12 yoshida, yosh voleybolchilarda texnik uslublarni egal‐ lab olish tezligi, qiziqishlari darajasi, taktik tayyorgarlik ele‐ mentlari, yuksak sport yutuqlariga intilishi, irodaviy sifatlari, mehnatsevarligi, joyidan turib va yugurib kelib uzunlikka sakra‐ shi, 60 metrga yugurish va to‘pni uzoqqa uloqtirish ko‘rsatkichlaridan foydalanish muhimdir. 12 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan davrda, ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar chuqur ko‘ra bilish ko‘rsatkichlari bilan to‘ldiriladi (yaqinlashayotgan ob’ekt). Ushbu davrda yugurib borib uzunlikka sakrash ko‘rsatkichlari o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.
14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan uchinchi davrda – operativ fikrlash, texnik‐taktik tayyorgarligi, qiziqishi darajasi, 20, 60 metrga yugu‐ rish va to‘pni irg‘itish ko‘rsatkichlari muhim.
Asosiy jismoniy sifatlari rivojlanish dastlabki darajasi va ularning dinamikasi boshlovchi voleybolchilar mavjud imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash uchun muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, faqat pasport yoshini emas, balki biologik yoshini ham hisobga ol‐ ganda muhimdir. Hatto jismoniy sifatlaridagi birining juda yuk‐ sak darajasi, o‘z‐o‘zidan yuksak qobiliyatlari belgisi hisoblanadi: masalan: boshqa sport turlarida yanada kuchliroq (og‘ir atletika, ku‐ rash) yanada tez (sprint), yanada chaqqonlarni (akrobatika) topish mum‐ kin.
Tezlikka, aniqlik va o‘yin harakatlari barqarorligi, o‘yin to‘plamlarini shakllantirishga yordam beruvchi iste’dodlarni afzal bilish, kerak degan fikr ham mavjud. Bunday iste’dodlar mavjud bo‘lganda, deb ta’kidlaydi M.S.Bril va Yu.N.Kleshevlar (25), o‘quvchining jismoniy sifatlari rivojlanish darajasini aniqlash maqsadida tekshirish kerak.
Ularning yetarlicha professional muhit darajasi bilan birga bo‘lishi, ishonch bo‘lishi mumkin. Tanlovning murakkabligiga sabab, uni nisbatan uzoq vaqt davomida va ma’lum ketma‐ketlikda o‘tkazilishidan iborat (9). Mualliflar yosh voleybolchilarda, kichik maydonchalarda, o‘yinlarda, muvafaqqiyatli harakatlanishlari va ularning uchrashuv estafetalarida ishtirok etishlari baholanishini ta’kidlaydilar. Takroriy tanlov dastlabki tanlab olingan nomzodlar orasida o‘tkaziladi.
Nomzodlar to‘g‘risidagi murabbiylar fikrlari xarkteri xususiyatlari va turli sifatlarini baholash uchun o‘tkaziladigan tekshirish sinovlari va testlarni bajarishlari natijalari bo‘yicha aniqlashtiriladi.
Tanlov uchinchi turida murabbiy mashg‘ulotlar jarayonida, yosh sportchilarning o‘qishga qobiliyatlarini namoyon etishlari, uning harakatchanligi, tirishqoqligi, ish bajarish qobiliyati, tushunishi hisobga olinadi. Ushbu turda voleybol o‘yinida dastlabki tajribaga ega va bu tajribaga ega bo‘lmagan bolalar imkoniyatlarini baholashda, xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun, yanada kengroq dastur bo‘yicha, yanada chuqurroq test sinovlari o‘tkaziladi.
O‘yin o‘ynash uchun eng muhim sifatlari va qobiliyatlarini ekspert baholash o‘tkazilishi asosida, sifatlar quyidagi tartibi o‘rnatiladi (5).
‐ taktik fikrlash (turli murakkablik darajasidagi masala‐ larni tez va aniq hal etish qobiliyati).
‐ turli uslub va harakatlarga tez o‘qitilishi:
‐ nisbatan murakkab harakatlanish topshiriqlarini aniq ba‐ jara bilish;
‐ o‘zgarayotgan vaziyatga qarab tezlik bilan o‘z harakatlarini yo‘naltirish qobiliyati;
‐ start tezligi;
‐ sakrovchanligi;
chidamliligi;
‐ kuchlilik sifatlari.

Birinchi to‘rt ko‘rsatkich ‐ sportchining epchilligini ifoda etadi. Aynan mana shu sifatning dastlabki darajasi yosh sportchi‐ ning istqbolli kelajagini belgilaydi, deb hisoblaydilar, mual‐ liflar. Voleybol bo‘yicha BO‘SM hozirda, amaldagi dasturlarida (44) hamda boshqa ishlarda (25,47) istiqbolli yoki voleybolchilarni tan‐ lashda foydalanish tavsiya etilgan testlar to‘plami berilgan.


Yuqorida aytib o‘tilgan mualliflar ishlaridan jismoniy, texnik va kam jihatda tanlovning boshlang‘ich davrida, yosh voleybolchilarning taktik tayyorgarliklari darajasini hal etilgan deb xulosa chiqarish mumkin. Biroq voleybol va boshqa sport o‘yinlarida foydalanish mumkin bo‘lgan o‘yin faoliyati uchun alohida, o‘ziga xos testlar ushbu muammo bo‘yicha umumiy qabul qilingan tasavvurlarni ancha kengaytiradi.
Mana shu mazmunda harakatli o‘yinlar, o‘yinli mashqlar katta ahamiyatga ega.
Mualliflarning fikricha (23,45), ulardan foydalanish bolalarning o‘yin iste’dodlarini aniqlashga imkon beradi. M.S.Bril (23) hatto juda mukammal apparatura bilan ham sport o‘yin turlaridagi sport faoliyati o‘ziga xos sharoitlarini modellashtirish juda ham qiyin ekanligini alohida ta’kidlaydi. Ushbu maqsadlarda maxsus tanlab olingan o‘yinlar, o‘yin mashqlarini qo‘llash tavsiya etiladi.
Shu bilan birga adabiyotlarni tahlil qilishlar, tanlovda harakatli o‘yinlardan foydalanish masalasi yetarli ishlab chiqilmaganligini ko‘rsatadi. Ko‘plab ishlarni o‘rganib chiqish harakatli o‘yinlarni taklif etib, mualliflar asosan sport o‘yinlarida tanlov uchun, ulardan foydalanish maqsadga muvofiqligidan kelib chiqadilar, degan xulosaga kelishiga imkon beradi.
Foydalanilayotgan harakatli o‘yinlar ishonchligini ko‘rsatuvchi biror bir sonli yoki ko‘rsatkichli keltirilmaydi. O‘yin testlari ishonchliligi, o‘lchov tizimi va baholash tizimi to‘g‘risida ma’lumotlar ham yo‘q, bu shuni ko‘rsatadiki, demak testlarga majburiy talab hisoblanadi. Bir qator tadqiqotchilarning (23,32) ta’kidlashlaricha, haraktli o‘yinlar sport o‘yinlarida, tanlashda, bolalarning individual xususiyatlarini o‘rganish, eng mos keladigan shakli hisoblanadi, chunki ko‘rinishidan o‘yin iste’dodi tuzilishini tashkil etuvchi birliklarda turli funksiyalarni namoyon etishga yordam beradi.
Bundan tashqari, o‘yinlar faoliyatning eng tabiiy turi hisoblanadi va motivatsiyasi optimal darajasini talab etib, tanlov boshlang‘ich davrida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Sifatlari va xususiyatlari hamda ularning birligini yanada to‘laroq ochib berishga yordam beradi.
Zamonaviy voleybolchilar, shug‘ullanuvchilar organizmiga qo‘yiladigan talablarni bilishi‐ yuksak malakali o‘yinchilarni samarali tayyorlash muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Voleybol – jamoali o‘yin, uning asosiy maqsadi yuksak sport natijasini namoyish etish hisoblanadi, bu asosan tezlik, kuch ishlatish xususiyatidagi tez o‘zgaruvchan ishlar katta hajmini bajarish bilan bog‘liq. O‘yin davomida, maydonda harakatlanish, yurish, yugurish, sakrash, hujum qilish‐tayanch va tayanchsiz holatda burilishlar, dumaloq oshishlarni o‘z ichiga oladi.
Voleybol kurash, muskulli, vestibulyar va boshqa analizator‐ lariga katta talablar qo‘yadi. Raqibi ustidan ustunlikka erishish maqsadida, murakkab jamoani taktik harakatlar voleybol o‘yinida muhim xususiyat hisoblanadi (to‘siq qo‘yishda yutib chiqish, hujum zarbasi, kiritilgan to‘pni qabul qilish).
Vaqt yetishmasligi sharoitlarida va raqibning faol qarshiligida, turli xildagi texnik‐taktik harakatlardan ko‘p martalab foydalanish voleybol uchun xos hisoblanadi.
Tezlikda harakatlanish o‘yin vaziyatini darhol va aniq baholash, javob qaytarish tezligi va haraktlari tezligi, o‘z vaqtida bajarish, to‘pni uzatish yumshoqligi va qattiqligi, shu jumladan sakrayotgan sherigiga to‘pni uzatish, bir harakatdan boshqasiga tez o‘tish, uzoq vaqt davomida doimiy va mustahkam diqqati, jamoa bo‘yicha sheriklari ijobiy emotsional kayfiyatlarini qo‘llashni bilish (bu ayniqsa, bog‘lovchi o‘yinchiga taalluqli) shaxsiy harakatlari bilan o‘yinchilarni yanada muvafaqqiyatliroq o‘zaro harakatlarga chorlashga yordam berish, zamonaviy voleybolda o‘yinchi muvafaqqiyatli harakatlari asosini tashkil qiladi.
L.R.Ayrapetyans (4) ma’lumotlari bo‘yicha oliy toifadagi jamoalar o‘yinni 50 minutdan 100 minutgacha davom etishi mumkin. Har bir o‘yin davomida, voleybolchilar o‘rtacha 124 to‘p kiritishni, 145‐147 hujum zarbalarini, 116 to‘p uzatish, 98 to‘siq qo‘yish 99,9 to‘p qabul qilishni bajaradilar.
So‘nggi yillarda faqatgina mashqlar hajmi, balki musobaqalar yuklamalari ortib borayotganligini alohida aytib o‘tish kerak (45, 44), voleybolchilarning morfunksional xususiyatlariga ham talablar juda o‘zgargan.
Voleybolchilar, tennischilar, futbolchilar psixofiziologik ko‘rsatkichlarini solishtirib, muallif voleybolchilar tahmin qilish diqqati barqarorligi va taqsimlanishi yuksak darajaliligi bilan ajralib turadilar, degan xulosaga keldi.
Tennischilar tanlash reaksiyasi, axborotni ishlab chiqish tezligi, operativ fikrlashda ustunlikka egadirlar.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə