Respublikasi oliy ta`lim,fan va innovatsiyalar vazirligi


Oliy toifadagi voleybolchilarning modelli ko‘rsatkichlari



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə7/28
tarix26.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#113103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Nodir t

1.1.‐jadval
Oliy toifadagi voleybolchilarning modelli ko‘rsatkichlari

Кўрсаткичлар

Ўртача кўрсаткичи Х

Жисмоний ривожланганлиги кўрсаткичлари

Бўйи баландлиги (см)

189,4

Вазни (кг)

89,5

Мускуллари қисми (%)

51,15

Ёғлари қисми ()

10,5

Ўйинчиларнинг психофизик кўрсаткичлари

Танлаш тезлиги (мс)

273

Тахмин қилиш тезлиги (мс)

63

Ахборотни қабул қилиш (мс)

1,68

Диққатни тақсимлаш (с)

26,3

Сеторли реакциялари

Кўрсаткичли (мс)

Оддий реакцияси

184

Ҳаракатланувчи объектга реакцияси

80,8

Вақтни сезиш реакцияси

90



Mana shunga o‘xshash ma’lumotlar, bolalarni yo‘naltirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Hujumchi modelini ta’riflab mutaxassislar sakrovchilik, intizomlilik, texnikasi yaxshiligi, bo‘yining balandligi, koordinatsion qobiliyatlari va o‘zaro harakatlar bajarishga qobiliyati kabi omillarni ustun, deb hisoblaydilar.


Qator so‘rovnomalarda (23) birinchi o‘ringa operativ fikrlash, maqsadga intilish, vaziyatni oldindan ko‘ra bilish, mustahkam diqqatni qo‘yadilar.
Bog‘lovchi o‘yinchi himoyada, sheriklariga yordamga kelishda juda yaxshi harakat qiladi. U tezkor, harakatchan, texnik sezgiga va birgalikda harakatlar bajarishga yuksak rivojlangan qobiliyatga ega. Bog‘lovchining asosiy vazifasi – hujum zarbasi uchun to‘pni chiqarib berishdan iborat. Mutaxassislar bog‘lovchining chaqqon fikrlashi, ijodkorligi, individual texnik uslublarni yuksak darajada egalla‐ ganligi kabi maxsus qobiliyatlarni ko‘rsatadilar. Ushbu yo‘nalishdagi o‘yinchining ba’zi yetakchilik holati ‐ jamoa ruhini ko‘tarishni bilishi bilan belgilanadi. Bog‘lovchining o‘yin faoliya‐ ti o‘ziga xosligi, uni tanlashda ham o‘ziga xos talablarni qo‘yadi. Amalda kuzatishlar hujumchini bog‘lovchi o‘yinchiga aylantirish ju‐ da kam hollarda kerakli natija berishini ko‘rsatadi.
Voleybolchilar bog‘lovchi o‘yinchi bo‘lib tug‘ilish kerak, deb ay‐ tadilar, bu esa bog‘lovchi o‘yinchini izlab topish va maxsus tayyorlash kerakligini bildiradi.
Adabiyotlarda keltirilgin ma’lumotlar zamonaviy voleybol xususiyatlarini ifodalovchi yuqorida aytilgan omillar o‘yinchilarning jismoniy rivojlanganliklariga (xususan, bo‘yi ba‐ landligiga), umumiy tayyorgarligiga, jismoniy, psixologik va in‐ tellektual sifatlariga juda yuksak talablar qo‘yilishini ko‘rsatadi. Bu narsalarni, yosh voleybolchilarni tanlash, qobiliyatlarini taxmin qilish va tayyorlash paytida e’tiborga olish kerak bo‘ladi.

    1. Yosh voleybolchilarni dastlabki tayyorlash xususiyatlari

Adabiyotlar manbalari, pedagogik kuzatuvlar va mutaxassis‐ larning amaliy tajribalari BO‘SM boshlang‘ich tayyorlash guruhlariga bolalarni tanlash, yosh voleybolchilarni keyingi bosqichma‐bosqich tanlash va tayyorlash bo‘lajak jarayonga tayyorgarlik kabi muhim mas’uliyatli vazifa hisoblanishini ko‘rsatadi.


Ko‘p yillik bosqichma‐bosqich reja asosida tayyorlash davomida, yosh sportchilar individual layoqatlarini rivojlantirish, hayotiy muhim qobiliyatlarini ko‘p yillik tayyor‐ garlik keyingi davrlarida tanlashda muhim omil hisoblangan orga‐ nizmning rezerv imkoniyatlarini maksimal namoyon etish uchun sha‐ roit yaratish kerak.
Shunday qilib, tanlash va tayyorlashning o‘zaro bog‘liqligi shug‘ullanuvchilarni bosqichma‐bosqich tanlashni va ularning jismo‐ niy sifatlarini bosqichma‐bosqich rivojlantirish, tanlagan sport turida texnik‐taktik mahoratini egallash va takomillashtirishni ko‘zda tutadi .
Dissertatsiya ishi vazifalari bo‘yicha yosh voleybolchilarni tayyorlash boshlang‘ich davri mazmuni maxsus ahamiyatga ega. Qator mu‐ taxassislarning fikricha,dastlabki tayyorlov davrida tayyorlash mazmuni bolalarning jismoniy rivojlanishlariga, ta‐ yanch harakatlanish apparati mustahkamlanishiga, jismoniy sifat‐ lari tarbiyalanishiga (tezligi, koordinatsion qobiliyatlari, epchil‐ ligi va boshqalar), shu jumladan, voleybol o‘yinida texnika asosla‐ rini egallashda zarur bo‘lgan maxsus jismoniy sifatlari va qobiliyatlarini tarbiyalashga yordam beruvchi vositalardan foydala‐ nishdan iborat bo‘lishi kerak.
Bola organizmi xususiyatlarini, jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarligi darajasini hisobga olib ko‘pchilik mualliflar. Jismoniy, ba’zida esa texnik tayyorgarlik vositasi sifatida ham tayyorlash boshlang‘ich davrlarida xalq harakatli o‘yinlaridan foydalanishni tavsiya etadilar.
Qator mutaxassislar tayyorgarlik boshlang‘ich masala‐ larini hal etish uchun jismoniy mashqlar bilan bir qatorda voley‐ bolga tayyorlash sifatida, xalq harakatli o‘yinlaridan foydalanish, zarur deb hisoblaydilar. Chunki boshlang‘ich va umumiy tayanch tayyor‐ garlik davrida ular jismoniy rivojlanishi masalalarini hal qilishga va jismoniy, psixologik sifatlarini tarbiyalashga hamda bolalarning harakatlanish usullarini kengaytirishga yordam beradi, bular texnik‐taktik harakatlarni egallab olish uchun juda muhimdir. Biroq yosh voleybolchilarni tanlash va tayyorlashda xalq harakatli o‘yinlaridan foydalanish samaraliligini o‘rganishga bag‘ishlangan maxsus ishlarni adabiyotlardan topa olmadik.
Birinchi bosqichning mantiqiy davomi hisoblangan umumiy tayanch tayyorgarligida, nisbatan ancha murakkab masalalar hal etili‐ shi kerak, mana shu sababli tayyorlash mazmuni muntazam murakkab‐ lashib boradi. Rivojlanayotgan organizm xususiyatlarini hisobga olib, shu jumladan, bola organizmi rivojlanishi senativ davrini hisobga olib tayyorgarlik vositalari kamaytirilib boriladi .
Yosh voleybolchilarni tayyorlash mazmuniga tezligi, chaqqonligini hamda tezlik‐kuchlilik sifatlarini rivojlantirish uchun soddalashtirilgan qoidalar bo‘yicha mini‐gandbol va mini bas‐ ketbol mashqlari, o‘yin texnikasini va texnik harakatlarni egallab olishni osonlashtiruvchi maxsus sifatlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun tayyorgarlik va yo‘naltiruvchi mashqlari, o‘quv hamda nazorat o‘yinlari kiritiladi.
Qator mutaxassislar mashg‘ulotlarga mumkin bo‘lgan gimna‐ stik, akrobatik, yengil atletika mashqlarini, shug‘ullanuvchilar yoshi va jismoniy qobiliyatlarini hisobga olish bilan suzish mashqini kiritishni tavsiya etadilar. Ushbu davrda jismoniy tayyorgarlik musobaqalariga o‘yin texnikasi, mini‐voleybolga (12 yoshli bolalar), voleybolga (18‐14 yoshli bolalar) va albatta, voleybol maxsus mashg‘ulotlari uchunt bolalarni tanlash masalalariga katta e’tibor berish kerak. Boshlang‘ich tayyorlash davrida, o‘quv‐mashq ishlarini qurish xususiyatlari vosita va metodlarini tanlashda universallik tamoyilidan foydalanish, har bir shug‘ullanuvining xususiyatlari‐ ni chuqur o‘rganish hisoblanadi (45). Darslar dasturlari asosiy yo‘nalishi‐ o‘qitish, uni amalga oshirish jarayoni yosh voleybolchi‐ larni texnik uslublar keng turlariga muvafaqqiyatli o‘qitish uchun shart‐sharoitlar yaratish va ko‘p yillik mashqlar jarayoni keyingi davrlarida maxsus jismoniy tayyorgarligi yuksak darajasiga eri‐ shish uchun kerakli asoslar yaratish bilan bog‘liq bo‘ladi.
O‘qitish har bir yildan so‘ng yosh sportchilarni tayyorlashga ke‐ rakli tuzatishlar kiritiladi, shu jumladan, yillik davrida mashqlar komponentlarini hajmini taqsimlashga va mashg‘ulotlar yo‘nalganligiga tuzatishlar kiritiladi. Birinchi o‘quv yiliga nis‐ batandigan ikkinchi o‘quv yilida umumiy jismoniy tayyorgarligiga ajratiladigan vaqtni qisqartirish hisobiga taktik va integral tay‐ yorgarligi soatlari soni oshirib boriladi. Tayyorlashning ikkinchi yili davomida o‘rganilayotgan texnik uslublar hamda taktik harakatlar to‘plamini kengaytirish masalasi ham hal etiladi.
O‘quv‐mashq bajarish guruhlarida talablar yanada oshadi, masa‐ lan, yil bo‘yicha soatlar hajmi bu yerda 520 soatga yetadi, ya’ni boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlariga qaraganda 104 soatga ko‘p bo‘ladi. Tayyorgarlik turlari hajmlarini taqsimlashda, 25% foizi texnik,28% foizi taktik, 21% foizi integral tayyorgarlikka sar‐ flanadi.
Mualliflarning fikriga ko‘ra, yil bo‘yicha soatlarni bunday taqsimlash vosita va metodlarini to‘g‘ri tanlaganda, yosh voleybolchi‐ larni tayyorlashda, ularning yoshi va jismoniy qobiliyatlarini hisobga olib birinchi bosqichda quyilgan vazifalarni hal etishga imkon beradi. Ularning yoshi va jismoniy qobiliyatlarini hisobga olish tayyorlash strategiyasini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
Boshlang‘ich va umumiy tayanch tayyorgarligida har tomonlama tayyorlash, yosh sportchilarning jismoniy sifatlarini rivojlanti‐ rib, ularning sport natijalarini o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini hisobga olish kerak). Shuning uchun yosh voleybolchi‐ larni tayyorlash birinchi va ikkinchi bosqichlarida foydalaniladi‐ gan vositalar tayyorlash uchunchi va to‘rtinchi bosqichiga qaraganda, kamroq xosliklarga egaligi boshlang‘ich tayyorlash davrining muhim xususiyatlari hisoblanadi. Shu bilan birga boshlang‘ich davr uchun yosh voleybolchilarga me’eriy talablar faqat jismoniy va texnik tayyor‐ garlik bo‘yicha ko‘zda tutilgan. Faqatgina ancha keyingi bosqichlarida asosan, musobaqalashish faoliyati natijalari bo‘yicha taktik harakatlarni baholashdan foydalaniladi.
Mazmunan turli xildagi yugurishlar, sakrashlar, uloqtirish va boshqa harakatlar tashkil etgan o‘yinlar harakatli o‘yinlar deb ataladi.
Bunday yondashishni to‘g‘riligiga shubha qilmay, ular pedagogik mazmundagi muammolarni va xalq harakatli o‘yinlari ahamiyatini hamda shunga mos – ularni turlarini o‘rganishda to‘la mosligini,ularga xos alohida xususiyatlari sababli o‘zini oqlamasligini ko‘ramiz. Yuqorida aytib o‘tilgan ishda, xalq harakatli o‘yinlarini turlarga ajratish tajribasiga urinib ko‘rilgan, uni e’tiborga ol‐ maslik aslo mumkin emas. Raqibi bilan to‘qnashmay va u bilan ku‐ rashda ishtirok etmay o‘yinchilar kurashlari belgisi bo‘yicha jamoa‐ ni (barcha o‘yinchilarning birgalikda ishtirok etishi va navbat bi‐ lan ishtirok etishi bilan hamda olib boruvchi va olib boruvchisiz, jamoasiz) estafetalarni farq qilish taklif etiladi. Harakatli o‘yinlarni ham, harakatlanish harakatlari bo‘yicha o‘xshatish (taqlid qilish harakatlari bilan), yugurib o‘tish, to‘siqlardan oshib o‘tish, to‘p, tayoqchalar va boshqa predmetlar bilan yo‘l topish va shu kabilar hatto mustaqil joylarni topish o‘yinlari, tayyorgarlik (sportga) o‘yinlari turlariga ajratish taklif etiladi.
Boshqa, yanada zamonaviy, bevosita aynan harakatli o‘yinlarga bag‘ishlangan ishda, ular bizning fikrimizcha, ancha aniq ifodalana‐ di: «harakatli o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyatlari o‘yin mazmunida harakatlarning (turish, sakrash, uloqtirish, to‘pni uzatish va ilib olish)yaqqol ifodalangan roli hisoblanadi. Mana shu harakatlanish jarayonlari, uning sugenetik (mavzusi, g‘oyalari) asoslanadi, ular o‘yin maqsadiga erishish yo‘lida qo‘yilgan turli to‘siqlar va qiyinchiliklarni yengib o‘tishga yo‘naltiriladi.
I.V.Bileeva va I.M.Korotkovlar (28) sport o‘yinlari harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari farqlarini ko‘rsatadilar. Mualliflar harakatli o‘yinlar individual (bir kishilik) va ja‐ moani (guruhli) bo‘lishi mumkinligini, bir‐biridan shakli, mazmu‐ ni va metodik xususiyatlari bo‘yicha farq qilishini belgilab ko‘rsatadilar. Mualliflar harakatli o‘yinlar «jismoniy tarbiya va o‘yin metodi vositasi sifatida, jismoniy sifatlarni tarbiyalashga va takomillashtirishga yordam beradi», deb hisoblaydilar (13,28).
L.V.Bileeva boshlab V.G.Yakovlev bilan, keyin esa I.M.Korotkov bilan ham mualliflikda, pedagogik turlarga ajratish davomida, ularning murakkablik darajasi, yoshi xususiyatlari, harakatlari asosiy tur‐ lari, o‘yinda namoyon etiladigan jismoniy sifatlari va shu kabilar bilan farq qilishini taklif etadilar (27). Harakatli o‘yinlarni turlarga ajratishga taaluqli turli konsepsiyalar bilan tanishish‐ ni yakunlab, ularni maqsadli vazifasi (o‘quv, dam olish uchun, davolash maqsadi), yoshi xususiyatlari (maktab yoshi va kattalar uchun) bo‘yicha jamoali, jamoasiz va jamoalilarga o‘tish, sport, ommaviy o‘yinlarga o‘tish guruhlariga ajratish mumkinligini ko‘rsatuvchi I.M.Korotkovning ishini aytib o‘tish kerak (7,57). Yuqorida ko‘rib o‘tilgan ishlar so‘zsiz xalq harakatli o‘yinlarni turlarga ajratish tamoyillariniishlab chiqishga yordam beruvchi foydali tomonlariga ega.
Biroq tabiiyki, xalq jismoniy madaniyati ma’lum etno‐ milliylikka mansubligi hodisasi sifatida, o‘ziga xos xususiyatlar‐ dan kelib chiquvchi ko‘plab vaziyatlarni, hisobga olishimizga to‘g‘ri keladi. Mavjud ijobiy ilmiy tajribalar asosida, amaliy materi‐ allar xususiyatlaridan kelib chiqib, ushbu satrlar mualliflari, ularni turlarga ajratishga yondashishni taklif etadi.
Xalq harakatli o‘yinlari jismoniy mashqlari birinchi na‐ vbatda asosiy harakatlar tarkibi bo‘yicha turlarga ajratiladi. Key‐ ingi bobda ularni mana shu mazmunda to‘la solishtirib ko‘rib chiqishni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Bunga sabab, bu belgilari ularda muhim mazmunli va funksional rol o‘ynaydi.

Birinchi bob bo‘yicha xulosalar



  1. Maxsus adabiyotlarni o‘rganib chiqish voleybolda, boshlang‘ich tayyorgarlik davrida, yosh voleybolchilarni tanlash ba’zi jihatlari yetarlicha ishlab chiqilmaganligini ko‘rsatadi.

Xususan, bolalarning o‘yin faoliyatiga qobiliyatlarini baholash masalasi yetarlicha o‘rganilmagan, laborator metodlari esa adabiy manbalar va mutaxassislarning amaliy tajribalari ko‘rsatishicha, o‘yin faoliyati ma’lum yaxlitligi talablariga javob bermasligini ko‘rsatadi, uni bajarishda, har bir o‘yin vaziyatida morfofunksional, psixofiziologik va harakatlanish funksiyalari ma’lum to‘plami jalb etiladi.

  1. O‘yin metodlarini aniqlash uchun mutaxassislar tanlagan sport turi talablariga javob beruvchi maxsus tanlab olingan yoki mo‐ difikatsiyalashtirilgan xalq harakatli o‘yinlaridan foydalanishni tavsiya etishlari aniqlandi.

Shunday, maxsus tanlab olingan xalq harakatli o‘yinlar yosh vo‐ leybolchilarni tanlashda va tayyorlashda, bolalarning individual xususiyatlarini o‘rganishning eng qulay shakli hisoblanadi, chunki o‘yin iste’dodi tuzilishini tashkil etadigan birliklarda turli xu‐ susiyatlari va sifatlarini namoyon etishga yordam beradi. Afsuski, voleybolchilarni tanlash va tayyorlashda, xalq harakatli o‘yinlardan foydalanish masalasi adabiyotlarda faqatgina tavsiyalar ko‘rinishida bayon etiladi yoki mantiqiy yakuniga ega bo‘lmagan alohida tadqiqotlar natijasi yoritib beriladi.

  1. O‘yin faoliyati xususiyati bo‘yicha voleybol xususiyati yoki uning asosiy elementlariga mos bo‘lgan o‘zbek xalq harakatli o‘yinlarini turlarga ajratishni ishlab chiqishbilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlar deyarli yo‘qligi aniqlandi.


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə