Respublikasi oliy ta`lim,fan va innovatsiyalar vazirligi


II BOB. TADQIQOT VAZIFASI, METODLARI VA ShAKLLANTIRILIShI



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə8/28
tarix26.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#113103
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Nodir t

II BOB. TADQIQOT VAZIFASI, METODLARI VA ShAKLLANTIRILIShI



    1. Tadqiqot vazifalari




  1. Yosh voleybolchilarni tanlash va tayyorlashda qo‘llaniladigan xalq harakatli o‘yinlarini turlarga ajratish.

  2. Yosh voleybolchilar jismoniy texnik tayyorgarliklari darajasiga xalq harakatli o‘yinlari ta’sirini, uning xususiyatlarini aniqlash.

  3. Yosh voleybolchilarni tanlash va tayyorlashda xalq harakatli o‘yinlaridan foydalanish samarasini aniqlash.

  4. Dastlabki sport tayyorgarligi davrida yosh voleybolchilarni tanlash va mashq bajarishda,xalq harakatli o‘yinlaridan foydalanishni ishlab chiqish va tajribalar bilan asoslab berish.




    1. Tadqiqot metodlari




  • Adabiyotlar manbalari, ilg‘or pedagogik tajribalarni tahlil qilish va umumlashtirish.

  • Intervyu olish, so‘rovlar, anketa so‘rovnomalari.

  • Nazorat sinovlari (test ilovalari).

  • Pedagogik kuzatuv.

  • Antropometrik o‘lchamlar.

  • Pedagogik tajriba.

  • Matematik statistika metodi.

So‘rovlar murabbiylar amaliy ishlarida yosh voleybolchilar‐ ni tanlashni tashkil etish metodikasi bo‘yicha tajribalarni umum‐ lashtirish maqsadlarida o‘tkaziladi.


Pedagogik kuzatish, istiqbolli voleybolchilarni tanlashni o‘tkazish metodikasi bilan bog‘liq masalasini o‘rganish maqsadida hamda yosh voleybolchilarni tanlash va tayyorlash turlari (jismoniy, texnik, taktik) talablarini hisobga olish bilan o‘quv‐mashqlari mashg‘ulotlarida foydalaniladigan xalq harakatli o‘yinlari soni va mosligini aniqlash maqsadida olib boriladi.
Shu bilan bir qatorda, pedagogik kuzatuvlar davomida, bo‘yi balandligini o‘lchash, yosh voleybolchilarning jismoniy, texnik hamda taktik tayyorgarliklari darajasini, qobiliyatlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni o‘lchash amalga oshiriladi. Shu ishlarni amalga oshirishda, voleybol bo‘yicha sport maktablari uchun dasturga kiritilgan, ishonchlilik va ishonchlik metrologik talablariga javob beruvchi o‘yin testlari va testlar to‘plamlari qo‘llaniladi (44,61,79,83).
Tana uzunligi (bo‘yining balandligi) tibbiy bo‘y o‘lchagich yordamida, umumiy qabul qilingan metodi bilan o‘lchanadi. O‘yin qobiliyatlari. Adabiyotlardagi mavjud tavsiyalar hamda bolalar bilan ishlash ko‘p yillik tajribasiga ega bo‘lgan murabbiylar bilan intervyular natijalaridan kelib chiqib, 9‐10 yoshli bolalarning o‘yin faoliyatiga qobiliyatlarini aniqlash uchun, olimlar va amaliyotchilar afzal hisoblagan beshta o‘yin metodlari prognostik imkoniyatlari o‘rganiladi.
Mana shu harakatli o‘yinlar testini sinab ko‘rish test sinovlari natijalari bir xildagi o‘lchov birliklarida ifoda etilganligi va bir‐biriga mosligini ko‘rsatadi. Bu olingan ma’lumotlarni matematik tarzda ishlab chiqish juda muhimdir.
O‘yin testlarini standartlashtirish maqsadida, shug‘ullanuvchilar turli guruhlari test sinovlarini belgilashda, maydonda o‘ynovchilar soni bir xil bo‘lishi kerak.

  1. «Quvlovchi va qochuvchi». O‘yin voleybol maydonida (to‘rsiz) 12x9 metr to‘g‘ri to‘rtburchak ichida o‘tkaziladi. Guruhlar (12x12 kishi) ikkiga bo‘linadi (quvlovchi va qochuvchi). Har bir sinovda ishtirok etuvchiningo‘z raqami bor. «Quvlovchi» to‘g‘ri to‘rt burchakka qarab turib, chekka chiziqlardan biri oldida qator bo‘lib turadilar.

«Qochuvchi» ham qarama‐qarshi chetki chiziq oldida «quvlovchiga» qarab qator turadi.
«Quvlovchining» vazifasi – iloji boricha ko‘proq yuguruvchilarni qurshab olish, «qochuvchi» esa umuman qurshovga tushib qolmasligi kerak. Ishora qilinganda «qochuvchi» maydon bo‘ylab yuguradilar, shu bilan birga bir vaqtning o‘zida qatordagi birinchi quvlovchi maydonga yugurib chiqadi va iloji boricha ko‘proq
«qochuvchi»ni ushlab olishga harakat qiladi. Ular esa qochib qolishga harakat qiladilar. Qo‘lga tushgan qochuvchilar maydon chetiga chiqib turadilar.
Har bir quvlovchiga qochuvchini ushlab olish uchun 20 sekund vaqt beriladi. 20 sekund o‘tgandan keyin quvlovchi «uyiga» qaytadi va qator oxiriga turadi. Tutib olinganlar soni hamda ularning raqamlari aniqlanadi. O‘yin barcha quvlovchilar o‘ynab bo‘lmagunlarigacha davom etadi. Shundan keyin o‘yinchilar sonlari almashilinadi.

  1. «Uchlik juft o‘yinchilarni tutish» Uchta shug‘ullanuvchi, bir‐birlarining qo‘llaridan o‘shlab, 40 sekund davomida, voleybol maydonchasida, bir‐birlarini qo‘llaridan tutib yurgan juftliklar‐ ni, ya’ni ulardan qochib yurgan o‘yinchilarni tutishga urinadilar. Uchlikda yaxshi o‘ynab, eng ko‘p juftlikni tutib olgan va bu juftdikda, o‘ynaganda eng kam tutib olinganlar yaxshi o‘yinchi hisoblanadilar. Uchlik juftlikni to‘la o‘rab olib, qo‘llari birlash‐ ganda, juftlik tutib olingan hisoblanadi. Agarda qochib ketuvchi‐ lardan birortasi belgilangan chiziqni bosib yuborsa, juftlik tu‐ tilgan hisoblanadi. Uchlikni kuch bilan, lekin qo‘l ishlatmay, juft‐ likni chiziq ortiga itarib chiqarishga ruxsat beriladi. Agarda juftlikdagilar qo‘llarini bir daqiqaga bo‘lsa ham qo‘yib yuborsa‐ lar, juftlik tutilgan hisoblanadi. Mana shu o‘yin testini o‘tkazib, murabbiylar uchlikda va juftlikda o‘zaro harakat qilish xususiyati‐ ni, o‘yinchilar tirishqoqliklari va tashabbuskorliklari, ularning kurashga sifatlarini, chaqqonliklarini kuzatishlari mumkin bo‘ladi. Biz o‘tkazgan tadqiqotlarda, har bir test sinovlarida, 10 juftlik qochuvchilar ishtirok etadilar.

  2. «Juft holda o‘yinchini tutish». Bu o‘yin «uchlik juft o‘yinchilarni tutish» o‘yiniga o‘xshaydi. Lekin o‘yin sur’ati, o‘yin vaziyatlari o‘zgarishi tezligi unda ancha yuqori. Bu o‘yinchilardan faqat – yanada yuqori jismoniy kuchni, balki yanada tezroq operativ fikrlashni, tutuvchi o‘yinchilarning yanada aniqroq va nozikroq o‘zaro harakatlarini va yanada tezroq qaror qabul qilishi hamda ularni o‘yin jarayonida amalga oshirishni talab etadi. O‘yin voley‐ bol maydonchasida, to‘rsiz o‘tkaziladi. O‘yinchi juftliklardan qochib ketuvchilar soni 12 kishi. Har bir juftlikka 30 sekunddan beriladi. Qolgan o‘yin qoidalari qayd etiladigan ko‘rsatkichlari «uchlik juft o‘yinchilarni tutish» o‘yinida bo‘lgani kabi bo‘ladi.

  3. «Urib tushirish». O‘yin voleybol maydonchasi yarmida, (9x9m) o‘tkaziladi. Ikki o‘yinchi maydon markazida turadi, qolganlari (12 kishi) maydon chetidagi chiziq bo‘ylab, qo‘llarida to‘p bilan joylashadilar. Chiziq tashqarisidagi o‘yinchilar, maydon ichidagi o‘yinchilarni to‘p bilan urishlari kerak. Ular esa qo‘llari bilan o‘zlari xohlagan usulda to‘pni qaytarishlari kerak. Qaytarib yuborilgan to‘pga chiziq ortida o‘yinchilardan birortasi tega olsa, unda ikkilari ham bir ochkodan oladilar. Agarda to‘p qaytarilsa va chetda to‘rganlardan hech kim unga tega olmasa ham, unda to‘pni qaytargan o‘yinchi ochko oladi. To‘pni qaytara olmagan, yutqazgan o‘yinchiga jarima ochkosi beriladi, unga to‘pni tekqizgan o‘yichqnchi esa rag‘batlantirish ochkosini oladi. O‘yin natijalari murabbiy tomonidan qayd etiladi.

  4. «Uchta to‘rt burchak».

Devorga orasi bir metr uzoqlikda bo‘lgan uchta 1x1 metrli kvadrat chiziladi. O‘yinchi uch metr masofada ularga qarab turadi. Uning orqasidan murabbiy to‘pni kvadrat tomon otadi, o‘yinchi esa devorga tegib qaytgan to‘pni ilib olishi kerak. Testning birinchi qismida to‘p bir xil kvadratga navbat bilan otiladi. Ikkinchi qismda otish tartibi noma’lum.
Murabbiy to‘pni boshqalardan ko‘ra bir kvadratga ko‘proq otadi. Ish paytida o‘yinchiga joyidan yurishga ruxsat etiladi. O‘yinchi to‘pga hech bo‘lmasa, bir marta qo‘li bilan tega olsa, urinish muvafaqqiyatli hisoblanadi. O‘n marta urinish imkoni beriladi.pedagogik kuzatishlar va o‘rganilayotgan o‘yinlar mazmunlari, ulardan bir xillari voleybol o‘yinida muhim hisoblangan, mo‘ljallash, tez harakatlanish va tez yo‘l topish diqqatini jamlash, taqsimlash va yo‘naltirish («quvlovchi va qochuvchi», «uchta to‘rt burchak», «urib tushirish») kabi qobiliyatlarini namoyon etish bilan bog‘liqligini, boshqalari, o‘yinchilar o‘zaro harakatlari samaraliligini, tashabbuskorligi, qat’iy tirishqoqligi harakatlari koordinatsiyasini ifoda etishni ko‘rsatadi. Bu xususiyatlar va sifatlar BO‘SM sport o‘yinlari to‘riga tanlash birinchi bosqichida muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə