Respublikasi oliy ta`lim,fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə5/28
tarix26.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#113103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Nodir t

Tadqiqot natijalarini sinovdan o‘tkazish. Tadqiqot natijalari Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Samarqand va boshqa shaharlarda o‘tkazilgan ilmiy‐amaliy konferensiyalarda hisobot beriladi va muhokama qilinadi. Metodik izlanishlar, tavsiyalar ilmiy maqolalarda bayon etiladi hamda O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida bakalavrlarni tayyorlash o‘quv jarayonida foydalanilmoqda.
I BOB. YOSH VOLEYBOLCHILARNI TAYYORLASHDA XALQ HARAKATLI O‘YINLARINI TANLASH VA UNDAN FOYDALANISH MUAMMOLARI

Voleybol rivojlanganligi darajasini belgilovchi omillar qatorida, ko‘p yillik sport tayyorgarligi ajralmas qismi va muhim masalalardan biri hisoblangan tanlash katta ahamiyatga ega. Voleybolda tanlash tizimi ilmiy‐metodik asoslarini ishlab chiqish, tanlash nazariy qoidalarini metodologiyasi, tashkil etish xususiyatlarini bilishga asoslanadi. Ma’lumki, sport o‘yinlari o‘yinchilarga qo‘yiladigan talablar bilan ifodalanadi, bu tadqiqot masalalarini hal etishda sport turli o‘yin turlarida va birinchi navbatda, voleybolda, tanlashda olingan ma’lumotlarga tayanish imkonini beradi.



    1. Sport o‘yinlari davrlari va metodlari

Sportga yo‘naltirish va sportni ixtisoslashtirish iste’dodlilarni izlash hamda ularni topish bilan boshlanadigan, ixtisosolashtirilgan mashqlar davomida yo‘naltirilgan o‘qitish bilan davom etuvchi yaxlit jarayonning davrlari hisoblanadi.


Sportga yo‘naltirish uning nazariy va metodologik asoslariga binoan tanlash o‘ziga xos shakli sifatida qaralishi mumkin. Shuning uchun mahorat (professional) yo‘naltirish shart‐sharoitlari naza‐ riy asoslarini sport tanlovida qo‘llash mumkin (65,66,69). Ko‘plab mualliflar (23,32) sport tanlovi va yosh sportchilarni tayyorlashni boshqarish masalalarini muhokama qilishda, «sport tanlovi» va«sportga yo‘naltirish» terminiga mos o‘z tushunchalarini kiritadilar.
Umuman yuqorida ko‘rsatilgan, turli mualliflar tomonidan ifoda etilgan qoidalarning mazmuni ma’nosi bo‘yicha bir‐biriga yaqin va sport tanlovi metodlari bolalar, o‘smirlar hamda yoshlar aniqlanadigan ma’lum sport turida yoki sport turlari guruhida shug‘ullanish uchun ularning sportga yaroqliliklarini tahmin qilinadigan tadqiqotlar metodlarini (pedagogik, psixologik, tibbiy biologik, ijtimoiy) o‘z ichiga oluvchi tashkiliy‐metodik tadbirlar tizimini ifodalaydi.
Sportga yo‘naltirish ‐ bolalarning individual qobiliyatlari, layoqatlari va qiziqishlarini hisobga olish bilan, bolalar va yoshlarga sport ixtisosligi predmetini tanlashlarida tashkil etilgan yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan, tanlash, sportga yo‘naltirishi maqsadi‐ sportning u yoki bu turi talablariga maksimal darajada javob beruvchi shug‘ullanuvchilarning individual metodlari (qobiliyatini rivojlantirish asosi hisoblanuvchi) va xususiyatlarini har tomonlama o‘rganish va aniqlash hisoblanadi.
Sport tanlovi qo‘yilgan masalalarni hal etish uchun tayyorgarlikning butun davrida bo‘lgani kabi, ularni davrma‐ davr hal etishda ham muhim rol o‘ynaydi. Yu.D.Jeleznyak tomonidan voleybolga qo‘llanilgan sport tanlovi mohiyati ancha keng ifodalab berilgan.
Muallif voleybolda tanlash o‘yin faoliyatiga, yuksak qobiliyat darajasiga ega va o‘yin ko‘nikmalarini muvafaqqiyatli egallashni ta’minlovchi organizm xususiyatlarin, raqobatchilik yuksak darajasini va musobaqalashish ishonchli samaraliligini, ko‘p yillik tayyorgarlik barcha talablarini bajara oluvchi sportchilarni aniqlash bo‘yicha tadbirlar to‘plamidan iborat deb hisoblaydi.
Sifat ko‘rinishi o‘zgarib, tanlovning butun tayyorgarligi davomida, voleybolchilarni ko‘p yillik tayyorlashga yordam beradi. Sportchilarni tanlash va tayyorlash, ma’lum sport turi kuchli sportchilari ega bo‘lgan va sport qobiliyati xususiyatini tashkil etuvchi sifatlar (modelli xususiyatlar) to‘plamini bilishga asoslanadi.
Mana shu mazmunda ko‘pchilik mualliflar (6,8,37) murabbiyda ob’ekt modeli mavjudligi (ya’ni erishilishi kerak bo‘lgan holati modeli va uning hozirgi holatidagi sportchi jamoasi) sportchilarni tanlash hamda ularni tayyorlashni samarali boshqarish majburiy, shart deb hisoblaydilar. Dastlabki davrda olingan va shug‘ullanuvchilar yakuniy natijalar o‘rtasidagi yaqin bog‘liqlik mavjudligi sport qobiliyatlarini ratsional tanlash va ishonchli tahmin qilinishini ko‘rsatadi (32).
Sport o‘yinlari bo‘yicha ishlarni tahlil qilish ilmiy tasavvurlar rivojlanib borgani natijasida tanlash davrlari o‘zgarganligini ko‘rsatadi. Masalan, I.F.Zorkin, A.D.Ganyushkin (48) tanlash ikki davrini ko‘rsatadilar.

  1. Sportning ma’lum turida, ixtisoslashtirish maqsadida, yangiliklarni tanlash.

  2. Musobaqalarda ishtirok etishga tayyorgarlik darajalari bo‘yicha terma jamoalariga nomzodlarni tanlash.

Basketbol sohasida mutaxassislar A.Nikolich, V.Paranosich (65) tanlashda ikkita asosiy turlarini ko‘rsatadilar: tartibsiz va tash‐ kil etilgan (rejali), ichki sezgilarga tayanib tanlash, hatto tashkil etilgan faoliyat sharoitlarida ham alohida iste’dodli sportchilar‐ ni tanlash mumkin bo‘lgan hodisalar tabiiy borishiga asoslangan. Mualliflar bunday yondoshishga hammada ham o‘ziga xos imkoniyatlar bo‘lmaydi, deb hisoblaydilar.
Biroq, mualliflarning aytishlariga qaraganda, tashkil etil‐ gan tanlashda, hatto tanlash bo‘yicha yetuk mutaxassis ham kerakli kuza‐ tish davri va o‘yinchini tekshirib boriladigan boshlovchi sportchi‐ ning ixtisoslashtirish muhim sifatlarini baholash imkoniyatiga ega bo‘lmay xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. Mana shundan kelib chiqib, mualliflar tanlovning tayyorlov (dastlabki) va yakuniy davrlarini ko‘rsatadilar.
Dastlabki tanlov ixtisoslashtirilgan mashqlarning kirish va boshlang‘ich davri hisoblanadi. Yakuniy tanlov esa faqatgina uzoq vaqt ixtisoslashtirilgan mashqlar o‘tkazilishidan keyingina o‘tkaziladi.
Bu davr mualliflarning fikricha, basketbolda yosh sportchi‐ larni tayyorlov guruhiga kiritilganidan so‘ng, 18 oyni tashkil etadi.
Tennisda tashkiliy tanlov o‘tkazish fikriga qo‘shilib, T. Ivanova va N.Roshkova (50) yetakchilar iste’dodlarini paydo bo‘lishini passiv kutib o‘tirish, o‘yinchilar bir necha avlodlarini yo‘qotishga olib kelishi mumkinligini aytadilar. M.S.Bril (24) faol tanlov o‘tkazish zarurligiga e’tiborni qaratadi.
Tanlov tizimini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlarning rivojlanishi ko‘p jihatdan ushbu yo‘nalishning metodolgiyasi ish‐ lab chiqilganlik darajasi bilan belgilanadi.
Muhim metodologik tamoyillar quyidagilar hisoblanadi: kompleks yondashish; sport manfaatlari va shaxs manfaatlarining birligi; tanlash va tarbiyaning yaxlitligi (23).
Ko‘rsatilgan metodologik tamoyil (prinsip)larning asosli‐ ligi turli yoshdagi va malakali voleybolchilar uchun tadqiqotlarda tasdiqlanadi. Masalan, V.K.Balsevich (18) ham qator metodologik prinsiplarni ko‘rsatadi: asosiy belgisi: longgitudial nazorat va axborot to‘plash: biologik ishonchliligi. Asosiy belgisi tamoyiliga tadqiqotchi amal qilgan holda, aniq sport turida yuksak natijaga erishishga yordam beruvchi motorikasi morfunksional kompleksi elementlarini aniqlaydi va o‘rganadi.
Nazorat va axborot to‘plash tamoyili yosh sportchilarni nazo‐ rat qilish ko‘p yillik ma’lumotlari bo‘yicha axborotlarni to‘plash va ishlab chiqarish tizimini ishlab chiqish bilan bog‘liq.
Biologik ishonchlilik tamoyilini yaratish, sportchini yuksak sport mahorati davrida uni kutib turgan juda yuqori yuklamalar bilan mashq bajarish ekstremal sharoitlari bilan bog‘liq sog‘lig‘i holatida mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni asosli ravishda taxmin qilish zarurligi talab etiladi. Tanlov masalasini hal etishda sportchini sinovlar va o‘lchovlar – bir necha davri bilan uzoq vaqt o‘rganish va tekshirib borish to‘g‘risidagi ma’lumotlarning amaliy ishonchliligini hamda aniqliligini ancha oshiradi va muhim ahamityaga ega bo‘ladi (29,48).
Sport o‘yinlari, suzish, og‘ir atletikada tanlash masalalari bilan shug‘ullanuvchi mualliflar ishlarini tahlil qilish tanlov masalalarini hal qilish sportchilar qiziqishlari va qobiliyatlari mosligini hamda sport faoliyati ta‐ lablarining sportchi shaxsiga mosligini ko‘p yillik aniqlash ta‐ moyiliga tayanishini ko‘rsatadi. Tanlovning samaraliligini oshi‐ rish uchun ma’lum sport turi talablariga eng yuksak darajada javob beruvchi aniq sonli va sifatli ko‘rsatkichlari bilan sportchi shaxsi tuzilishi muhim omillarini bilish zarur.
Adabiyotlarni o‘rganib chiqish – sportchi shaxsining tuzilishi asosiy omillari morfofunksional va psixofiziologik xususiyat‐ lari hamda aniq sport turi uchun xos bo‘lgan jismoniy sifatlari rivojlanishi darajasi hisoblanishini ko‘rsatadi. Yordamchi omil‐ larga, bolalarda ba’zi morfofunksional, funksional va psixik yetilish jihatlarining individual suratda rivojlanishlari hamda turli vaqtlarda o‘z yetukligiga erishishi bilan bog‘liq harakatlanish imkoniyatlari (o‘sishning tezligi va syokinlashishi davri va vaziyat‐ lari, maksimumga erishish vaziyati) rivojlanishidan yoshi o‘zga‐ rishlarining xususiyatlari kiradi.
Ancha ko‘p sonli tadqiqotlar mazmunlari metodologik, sport qobiliyati muammosi yana ishlab chiqilishi kerakligini ko‘rsatadi.
V.I.Volkov, V.I.Fipinlarning fikri bo‘yicha, ular tashkil topish davri holatida, qator mualliflarning (11,39,85) fikriga ko‘ra, sportda tanlash tabiiy iste’dodni baholashga ehtiyotkorlik bilan yondashish talab etiladi, shu bilan bir vaqtda yosh sportchining morfologik, funksional va psixofizik xususiyatlarining rasmiylik hamda muhit omillarini ta’sirini hisobga olib, har tomonlama tahlil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.




    1. Yüklə 1,29 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə