Respublikasi oliy ta`lim,fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə3/28
tarix26.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#113103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Nodir t

Tadqiqot farazi: adabiyotlar ma’lumotlarini va ilg‘or tajribalarni umumlashtirish asosida, xalq harakatli o‘yinlaridan foydalanish, sport tanlovi va yosh sportchilarni tayyorlash samarasini oshiradi, hamda voleybolchilar o‘yin faoliyati asosida yotuvchi iste’dod va qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam berishi to‘g‘risida taklif ilgari suriladi.
Tadqiqotning maqsadi: yosh voleybolchilarni tanlash va boshlang‘ich tayyorgarliklarida xalq harakatli o‘yinlaridan foydalanishi ilmiy asoslangan va samarali texnologiyasini ishlab chiqish.
Tadqiqot ob’ekti: xalq harakatli o‘yinlaridan foydalanish bilan yosh voleybolchilarni tanlash va tayyorlash jarayoni.
Tadqiqot predmeti: xalq harakatli o‘yinlaridan foydalanish bilan yosh voleybolchilarni tanlash va tayyorlash metodikasining samaraliligi; foydalaniladigan xalq harakatli o‘yinlarining ishonchliligi hamda 9‐10 yoshli bolalarning o‘yin faoliyatiga mavjud qobiliyatlari va ularning jismoniy tayyorgarliklari.
Tadqiqot vazifalari:

      1. Xalq harakatli o‘yinlarini o‘yin yo‘nalishlariga binoan, turlarini ishlab chiqish predmetiga sinovdan o‘tkazish bilan ularni tanlash va voleybol xususiyatlariga moslashtirish.

      2. Xalq harakatli o‘yinlarining yosh voleybolchilar jismoniy rivojlanganliklari va texnik taktik tayyorgarliklari darajasiga ta’sirini aniqlash.

      3. Yosh voleybolchilarni tanlash va tayyorlashda xalq harakatli o‘yinlaridan foydalanishi samaraliligini o‘rganish.

      4. Dastlabki sport tayyorgarligi davrida yosh voleybolchilarni tanlash va tayyorlashda, xalq harakatli o‘yinlaridan foydalanishni ishlab chiqish va tajriba asosida asoslab berish.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Dissertatsiya taqqiqotlari davomida
‐ xalq harakatli o‘yinlarining ishonchliligi darajasi aniqlandi;
‐ xalq harakatli o‘yinlari turlari ishlab chiqildi;
‐ yosh voleybolchilarni tanlash va tayyorlash uchun xalq harakatli o‘yinlaridan foydalanish samaraliligi ilmiy asoslab berildi.
‐ dastlabki tayyorlov guruhlariga tanlashda, 9‐10 yoshli bolalarning o‘yin qobiliyatlarini baholash tashkiliy‐pedagogik usulla‐ ri ishlab chiqildi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə