Respublikasi



Yüklə 83,26 Kb.
səhifə4/27
tarix11.05.2022
ölçüsü83,26 Kb.
#86499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

Kirish


Mavzuning dolzarbligi. O„zbek xalqi juda qadim zamonlardayoq ilm - fanga katta e'tibor bilan qaragan va uni rivojlantirishga harakat qilgan. Ibn Sino, Beruniy, Al-Xorazmiy, Amir Temur, Ulug„bek va boshqa ko„plab allomalar ilm- fanni dunyoga tanitganlar. Ilm - ma'rifatga beqiyos hurmat bilan qaragan xalqimiz qanday qiyinchilik va to„siqlar bo„lmasin, o„z farzandlarining savodli bo„lishini orzu qilganlar, ularni yoshligidanoq maktabga o„qishga berganlar.

Savod o`rgatish kelajak avlod hayotida muhim ahamiyatga ega jarayondir. O`quvchilarning savodi asosan “Alifbe” darsligi asosida amalga oshiriladi. Maktabda o`qish va yozish «Alifbe» ga asoslangan holda 2- sentabrdan 1- yanvargacha davom etadi . Bu davrda o`qish va yozuv o`rgatiladi. So`ngra o`qish va yozish ko`nikmasi takomillashtiriladi. Ana shunday muhim jarayon uchun “Alifbe” darsligi asos bo`ladi.

Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo„lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog„liq.

Buning uchun har qaysi ota - ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko„rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo„lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo„lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta'lim va tarbiya ishini uyg‟un holda olib borishni talab etadi“1. Darhaqiqat, boshlang„ich sinflarda o„qish darslarining asosiy vazifasi o„quvchilarning o„qish ko„nikmalarini takomillashtirishdir. Lekin ba'zi o„qituvchilar dars jarayonida og„zaki suhbatga berilib ketib, o„quvchilarining o„qishni mashq qilishlariga e'tibor qaratmayapdilar. O„qish quruq o„qish bo„lib, turli topshiriqlar asosida o„qishni qiziqarli mashg„ulotga aylantirmayapdilar. Shu bois, o„qishni mashq qilish orqali o„qish






1 I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyati –engilmas kuch. T.: Ma’naviyat.2008. 87-bet.

sur'atini oshirishga yordam beradigan ish turlarini, topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, ularni ta'lim jarayoniga tadbiq etish dolzarb muammolardan biridir. Ayniqsa, savod o`rgatish jarayoni juda mas‟uliyatli davr sanaladi. Bu davrda o`quvchilarning o`qishlarini nazorat qilish, kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish, o`quvchilarda o`qishga havas uyg`otish lozim. Chunki o`qish ko`nikmalarini egallamasdan biror fanga oid ma`lumotlarni o`zlashtirib bo`lmaydi. Mavzuning o„rganilish darajasi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq o„qish darsliklariga va metodik adabiyotlarda o„qitishning samarador usullarini ishlab chiqib, ta'lim jarayoniga tadbiq etish, yuqori natijalarga erishishga katta

ahamiyat berila boshlandi.

Bugungi yosh avlod “Alifbe” darsligi asosida tovush va harfning farqini o`rganib boradi. Tovushni harfga, harfni tovushga aylantirish aqliy faoliyat orqali amalga oshiriladi yoki tovushni harfga, harfni tovushga «tarjima qilish» deb tushunish kerak. O`qitishning bu usuli tahlil-tarkib tovush metodi deyiladi. Tahlil- tarkib tovush metodi deganda nutqdan gapni, gapdan so`zni, so`zdan bo`g`inni, bo`g`indan so`z, so`zdan gap, gapdan nutq anglashiladi. Bu metod S.P. Redazubov tomonidan mukammal ishlangan. Bu usul o`zbek olimlaridan K. Abdullayeva, K.Qosimova, Y.Abdullayevalar tomonidan yoritilgan.

Boshlang„ich sinf o„quvchilarini o„qishga o„rgatish bo„yicha K.Qosimova, S.Matchonov, X. G„ulomova, Sh. Yo`ldosheva, Sh.Sariyev muallifligida oliy ta'lim talabalari uchun yaratilgan “Ona tili o`qitish metodikasi“2 darsligida, T.Ashrapova, M.Odilovalarning pedagogika bilim yurtlari uchun nashr etilgan “Ona tili o`qitish metodikasi“ darsligida boshlang„ich sinf o„quvchilarini o„qish ko`nikmalarini shakllantirish metodikasi yoritilgan. Bundan tashqari, S.Matchonov, X. G„ulomova, M.Suyunov, H. Boqiyevalarning “Boshlang„ich sinf o„qish darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish“ qo`llanmasida, S.Matchonov, X. G„ulomovalarning “Boshlang„ich ta'lim“ jurnalida boshlang„ich sinf o„quvchilarini o„qishga o„rgatishga doir qator maqolalarida o`quvchilarning o`qish ko`nikmalarini




2 K.Qosimova.S.Matchonov,X.G’ulomova.SH.Yo’ldosheva. SH.Sariev. Ona tili ukitish metodikasi. T.,Noshir, 2009.

takomillashtirish borasida metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ularda o„qishning inson hayotidagi o„rni asoslab berilgan.

Boshlang„ich sinf o„qish darslarini tashkil etish bo„yicha T. G„afforova, X.G„ulomovalarning “1-sinfda o„qish darslari“, T. G„afforova va boshqa mualliflar hamkorligida yaratilgan “2-sinfda o„qish darslari“, M.Umarovaning “3-sinfda o„qish darslari“ S.Matchonov, X.G„ulomova, Z. Doliyevlarning “4-sinfda o„qish darslari“, S.Matchonov va boshqalar ” Boshlang`ich sinf o`qish darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish” metodik qo`llanmalarida3 o„quvchilarni o„qitish bo„yicha metodik tavsiyalar berilgan.


Yüklə 83,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə