atamasi O'zbekistonda, Tojikistonda, Eronda, Hindistonda joy nomlari tarkibida
Jilg'a, yilg'a – jildirab oqadigan soy. Deyarli barcha turkiy tillarda
jilg'a, yilg'a,
ilg'a, yelg'a, jalg'a
kabi fonetik shakllarda «soy», «sayoz jarlik» singari ma'nolarda
ishlatiladi va ko'plab joy nomlari tarkibida uchraydi.
Jo'ybor, jobber – ariq-kanallar, soy-jilg'alar serob joy; soy-jilg'alardan hosil
bo'lgan daryo, ariq, daryo sohili. Buxorodan g’arbroqdagi sersuv joy Jo'ybor deb
atalgan. U erda «Jo'ybor shayxlari, ya'ni «Jo'ybor xo'jalari» deb atalgan badavlat
sulola yashagan. Zarafshon vodiysida Jo'ybor degan aholi punkti ko'p edi. Buxoro,
Nasaf (Qarshi), Toshkent shaharlarida Jo'ybor nomli guzar va ko’chalar bo'lgan.
Zax – sernam, zaxkash (yer, tuproq), tojik tilida zah – «sernam», Eronda
(zahob) «buloq» ma'nosini anglatadi. Bu atamaning
zak, zey
(Xorazm),
siza
variantlari ham bor. q., Zaxkash, Zag'orkash, Zovur.
Irmoq – katta daryo yoki soyga kelib qo'shiladigan kichik soy, jilg'a. Usmonli
turk tilida
irmaq
(daryo) deyiladi. Bu so'zning «oqar suv», «jilg'a», «qo'ltiq», chuvash
tilida «jar» ma'nolari bor. Atama
yirmoq
«kuch bilan orasini ochmoq», «ikki yoqqa
ajratmoq» fe'li negizi (yir-, yo'r)ga -moq qo'shimchasi bog'lanib yasalgan degan fikr
bor. Bu atama Turkiyada bir qancha gidronimlar hosil qilgan: Irmaq, Yeshilirmaq,
Qizilirmaq.
Kapa – chayla hamda urug' nomi (masalan, kapasaroy).
Kapa
komponentli
toponimlar Farg'ona vodiysida ko'p uchraydi. Xatirchi, Payariq, Jalaquduq, Beshariq
tumanlarida Kapa, Yangiqo'rg'on, Urgut, Beshariq, Uchqo'rg'on, Asaka tumanlarida
Beshakapa qishloqlari bor.
Kat
so'zi asli sug'diycha.
Kat
yoki
kata
qadimiy eroncha atamashunoslikda urug'
vakillari bir bo'lagi yashagan va devor bilan ajratib olingan katta hovlini bildirar edi.
O'rta Osiyoda keng tarqalgan va «qishloq» ma'nosini anglatgan
kat
(kad) atamasi,
shubhasiz, ibtidoiy
kad, kat
yoki
kata
so'zidan kelib chiqqan.
Kadxudo
«kat hokimi»
atamasi esa bizning zamonamizgacha saqlanib qolgan va ma'lum bir jamoa doirasida
boshchilik qiluvchi kishini, hatto oila boshlig'ini anglatadi.
Kent – «shahar», «aholi punkti».
Kend
(kent) atamasi asli
kat
(qarang) so'zining
dialektal shaklidir. V.V. Bartold
kend
so'zi eroniy aholidan turkiy xalqlarga o'tgan
deydi. Ana shuning uchun ham Mahmud Qoshg'ariy bu so'zni turkiy so'z deb biladi:
«Kend – o'g'uzlar va ularga yaqin turuvchilar tilida «qishloq» shaklida» deya
izohlaydi.
Kesak – turkiy xalqlarda keng tarqalgan etnonim. Qirg'izlarda
kesek, jo'o'kesek,
qozoqlarda
Dostları ilə paylaş: