Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall


Linux operatsion tizimini o‘rnatish



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

1.5.Linux operatsion tizimini o‘rnatish
Linux distributivining ISO-obrazi yuklab olingandan keyin, uni 
CD yoki USB flesh xotirasiga yozish kerak. 
CD-diskga 
yozishni standart 
operatsion 
tizim 
vositalari 
yordamida amalga oshirish mumkin: Windowsda "Запись образа 
диска" yoki macOSda "Disk Utility".
ISO obrazni USB flesh-diskiga yozish uchun maxsus yordamchi 
dasturlar kerak bo‗ladi. Windows operatsion tizimida Rufus dasturini, 
macOS operatsion tizimida esa Etcher dasturini ishlatish mumkin. Bu 
dasturlar juda oddiy interfeysga ega bo‗lgani uchun ISO obrazni USBga 
yozish ko‗p mehnat talab qilmaydi. 


26 
1-rasm.
ISO obrazni USB flesh-diskiga yozish uchun maxsus yordamchi 
dastur 
Yana bir usullaridan biri - ISO arxivining tarkibini USB flesh 
xotiraga ochish. Biroq, bu faqat an'anaviy BIOS o‗rniga yangi UEFIga 
ega bo‗lgan zamonaviy kompyuterlarda ishlaydi. 
Disk bo‘limini tayyorlash 
Agar kompyuterda o‗rnatilgan tizimni saqlagan xolda, Linuxni 
ham ishlatmoqchi bo‗lsangiz, qattiq disk bo‗limlarini ikkinchi 
operatsion 
tizimni 
o‗rnatishga 
tayyorlsh 
kerak. 
Agar 
siz 
kompyuteringizni 
Linuxga 
to‗liq 
o‗tkazishga yoki operatsion 
tizim(OT)ni bo‗sh qattiq diskka o‗rnatishga qaror qilsangiz, bu bo‗limni 
o‗tkazib yuboring. 
Windowsda Linuxni o‗rnatish uchun ―Управления дисками‖ 
vositasidan foydalaniladi. Linuxni o‗rnatish uchun joy ajratmoqchi 
bo‗lgan disk yoki bo‗lim tanlanadi. Ko‗pgina distributivlar uchun 
xotirada 15 GB bo‗sh joy yetarli bo‗ladi. Ammo agar ko‗plab ilovalarni 
o‗rnatish ehtiyoji bo‗lsa, ko‗proq joy ajratishga to‗g‗ri keladi. Qattiq 
disk bo‗limida o‗ng tugmani bosib ―Сжать том‖ buyrug‗ini tanlab, 
keraklicha 
o‗lcham kiritiladi va OK bosiladi.Bunda diskda 
ma‘lumotlarni siqish jarayoni boshlanadi.Jarayon sekin davom etishi 
mumkin, shuning uchun sabr qilib kutishga to‗g‗ri keladi. 
Disk boshqaruvi bo‗limlarning o‗lchamlarini o‗zgartirib bo‗lgach, 
diskda qora bilan belgilangan bo‗sh taqsimlanmagan bo‗sh joy paydo 
bo‗ladi. Shu joyga Linuxni o‗rnatish mumkin. 


27 
Keyinchalik, agar Linux kerak bo‗lmasa, bo‗limni o‗chirib tashlash 
va bo‗sh joyni xuddi shu "Управления дисками" vositasi yordamida 
Windowsga qaytarish mumkin. 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə