Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

asosiy kirish joyi
(zamonaviy mehmonxonalarda bu kirish joyining usti avtomashinadan tushib 
binoga kirishni ta’minlovchi soyabon bilan thsilgan bo‘ladi); 

asosan shaharliklar foydalanuvchi 
umumiy ovqatlanish korxonalariga kirish joyi


mexmonxona va ovqatlanish bloki 
xodimlari uchun mo‘ljallangan bir yoki bir 
nechta kirish joylari


mehmonlar bagajini olib kirish va olib chiqishga mo‘ljallangan 
maxsus kirish 
joyi
.
Bundan tashqari, mehmonxonaning xo‘jalik maqsadlari uchun mo‘ljallangan 
hovlisida yuklash-yuk tushirish maydonchasi (debarkader) bo‘lishi kerak. Bu hovli 
orqali mehmonxonaga toza choyshab, mebel, har xil ashyolar, muhandislik 
uskunalari, umumiy ovqatlanish korxonalari uchun xom ashyo va mahsulotlar olib 
kelinadi, shuningdek mehmonxonadan kir choyshablar, oziq-ovqat mahsulotlari 
chiqindilari, bo‘sh idishlar, axlat olib ketiladi. Respublikamizda amalda bo‘lgan 
sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq, toza choyshab va mahsulotlarni tushirish kir 
choyshab, oziq-ovqat mahsulotlari chiqindilari va axlatni yuklashdan alohida joyda 
amalga oshirilishi lozim. Yirik shaharlarda, ba’zan kurortlarda joylashgan zamonaviy 
mehmonxonalarda xo‘jalik maqsadlari uchun mo‘ljallangan hovli ko‘pincha usti berk 



24 
qilib quriladi va binoning poypesh yoki yerto‘la qavatida joylashtiriladi. Bunday 
hovli puxta rejalashtirilib qurilgan hollarda hovliga kiruvchi va undan chiquvchi 
avtomashinalarning marshrutlari mos kelmaydi va kesishmaydi.
Kichik sig‘imli mehmonxonalarda ba’zan ikkita kirish joyi: asosiy kirish joyi va 
maishiy xizmat khrsatish xonalariga kirish joyi, shuningdek xo‘jalik maqsadlari 
uchun mo‘ljallangan hovlida yuklash va yuk tushirish maydonchasi qurish bilan
kifoyalanadilar.
Mehmonxonalarning har xil binolari va xonalari o‘z funksional vazifasiga qarab 
mehmonxonaning turar joy, umumiy va xizmat ko‘rsatish-xo‘jalik qismlariga 
birlashtiriladi. Bu qismlar har xil joylashtirilishi hisobiga mehmonxonalarning hajm 
va maydon tuzilishi ham har xil bo‘ladi. Mehmonxonalarni loyihalash va qurish 
amaliyotida bir nechta shunday tuzilishlar yuzaga kelgan. quyida ularning 
asosiylarini ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə