Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

Joylashgan yeriga qarab
, mehmonxonalarning quyidagi turlarini ajratish 
mumkin: 

shahar markazidagi mehmonxonalar; 

yo‘l chetidagi, qoida tariqasida, kam qavatli, usti ochiq avtoqo‘nalg‘ali 
mehmonxonalar; 

shahar chetidagi va aeroportlardagi mehmonxonalar

suzib yuruvchi mehmonxonalar – dengiz, daryo yoki ko‘l qirg‘og‘i yaqinida 
turistlarni joylashtirish va ular dam olishi uchun mehmonxona tarzida 
jihozlangan suzish vositalari. Zarur holda bunday mehmonxona turistlar bilan
birga suv bhylab boshqa qo‘nalg‘aga ko‘chirilishi mumkin.
Ko‘rsatiladigan xizmatlar darajasi, assortimenti va bahosiga qarab

mehmonxonalar bir necha turga bo‘linadi: 
-
arzon mehmonxonalar yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar miqdori cheklangan 
mehmonxonalar (bunday mehmonxonalar qoshida ovqatlanish korxonalari 
bo‘lishi shart emas); 
-
«lyuks» mehmonxonalar – alohida loyihaga ko‘ra qurilgan, mebeli sifatining 
yuqoriligi bilan ajralib turuvchi, xonalari yaxshi jihozlangan, qoida tariqasida, 
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari miqdori nomerlari soniga nisbatan ko‘proq 
bo‘lgan mehmonxonalar.
Mehmonxonalarni shuningdek ularda harakat vositalari (transport)ning 
mavjudligiga, mulk shakliga (munitsipal, davlat, xususiy, ijaraga olingan va h.k.) 
qarab ham tasniflash mumkin.
3.
 
Mehmonxonalarning funksional vazifasi 
Mehmonxona
– bu butun kun davomida murakkab texnologik jarayon sodir 
bo‘luvchi bino (yoki binolar majmui) bo‘lib, unda mijozlarga nomerlar (yoki 
nomerlardagi joylar) berilishi, shuningdek mehmonxona mahsulidan shinam, qulay 
va xavfsiz foydalanishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilishi 
kafolatlanadi.



25 
Zamonaviy mehmonxona faqat yashash joyi bo‘lib xizmat qilmaydi. Ko‘pincha 
nomerlar fondining bir qismidan firmalar va muassasalarning ofislari, vaqtinchalik 
vakolatxonalari sifatida ham foydalaniladi.
Mehmonxonalarda bugungi kunda har xil mijozlar: 
-
turli anjumanlar, kongresslar, simpoziumlar, yarmarkalarning ishtirokchilari;
-
musobaqalar, tanlovlarning ishtirokchilari; 
-
xizmat bo‘yicha, davolanish, dam olish uchun tashrif buyurgan alohida 
fuqarolar; 
-
davlat doirasida ma’lum marshrut bo‘yicha ketayotgan, chet eldan kelgan 
turistlar va h.k. joylashtiriladi.
Mijozlar ehtiyojidan kelib chiqib, mehmonxonalar har xil funksional vazifalarni 
bajaradi va ularga har xil talablar qo‘yiladi. Bunday mehmonxonalarda mijozlar bilan
ishlash ular bo‘ysunuvchi idoralar rahbariyati tomonidan tasdiqlangan mehmonxona 
xizmatlari ko‘rsatish qoidalariga asosan amalga oshiriladi. Ammo mazkur 
mehmonxonalarda amal qiluvchi qoidalarning birorta ham bandi
O‘zbekiston Respublikasining mehmonxona biznesini tashkil etish bo‘yicha 
qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi kerak. Funsional vazifasiga qarab mehmonxonalar: 
-
ishbilarmonlar uchun – umumiy tipda, idoraviy, yig‘ilishlar, kengashlar va h.k. 
uchun; 
-
dam olish uchun mehmonxonalar – turistik, kurort mehmonxonalari
avtoturistlar uchun, motellar, kempinglar; 
-
mehmonxonalarning maxsus turlari – tranzit yo‘lovchilar uchun, sportchilar 
uchun va boshqalar uchun quriladi.
Mamlakatimizda asosan ma’lum ish yuzasidan nisbatan qisqa muddatga 
keluvchi odamlarga, shuningdek har xil maqsadda sayohat qilayotgan fuqarolarga 
mo‘ljallangan umumiy tipdagi mehmonxonalar ayniqsa keng tarqalgan. Bunday 
mehmonxonalar shaharning markaziy qismida, jamoat, ma’muriy, savdo markazlari 
yaqinida joylashadi va shaharning turli tumanlari bilan yaxshi transport aloqasini 
nazarda tutadi. Mazkur mehmonxonalar odatda maxsus ko‘kalamzorlashtirilmagan 
nisbatan kichkina yer maydonlariga ega bhladi. Belgilangan normalarga ko‘ra, yer 
maydoni hajmi mehmonxona sig‘imiga qarab bir joyga 15-55 m ni tashkil etadi.
Umumiy tipdagi mehmonxonalarning nomerlar fondi asosan bir, ikki o‘rinli va 
khpincha uch hrinli nomerlardan tashkil topadi. Bu nomerlarda, qoida tariqasida, 
ishlash uchun joy mavjud bo‘ladi. Bir qancha mehmonxonalarda bir o‘rinli nomerlar 
miqdori nomerlar fondining 40-50% ni tashkil etadi. Mehmonxonalarda aloqa 
bo‘limi, ayrim hollarda – bank bo‘limi ishlab turadi, muzokara va yig‘ilishlar 
o‘tkazish uchun alohida joylar nazarda tutiladi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə