Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


suzuvchi mehmonxonalar va mehmonxona komplekslari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

suzuvchi mehmonxonalar va mehmonxona komplekslari
juda ko‘p 
mamlakatlarda, chunonchi: Fransiya, Gresiya, Shveysariya, Daniya, Niderlandiya
Shvesiya, Ispaniya va boshqalarda loyihalashtirilmoqda va qurilmoqda. Suzish 
vositalarining aksariyati prichallar, pirslar, suvga tushirish va suvdan ko‘tarish 
moslamalari, shuningdek qayiqlarni saqlash, ularni ta’mirlash va ularga yonilg‘i 
quyish inshootlari bilan jihozlangan. Bu o‘rinda shuni alohida qayd etish kerakki
suzish vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish inshootlari va uskunalari suv bo‘ylab 
sayohat qiluvchi turistlar uchun mo‘ljallangan mehmonxona komplekslarining 
ajralmas qismi hisoblanadi.
«Botel»
atamasi – mehmonxona biznesidagi yangi tushuncha (
boat
- qayiq, 
kema, 
hotel
– mehmonxona). Odatda, botel deganda ekskuriya barjalari tipidagi 
suzuvchi mehmonxona tushuniladi.
Botellar mavsumiy yoki yil bhyi ishlaydigan muassasalardir. Bu guruhga «suv 
turizmi markazlari» (Polsha), «dam olish bazalari-shaharchalari» (Germaniya), 
flotellar (Ispaniya va Yugoslaviya) kiradi.
Bu muassasalar shinamlik darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Ular eng 
avvalo yozgi suv turizmi, qayiq sporti yoki yelkanli sport, qishda – buyer sporti bilan
shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan.



33 
Yuqorida sanab o‘tilgan muassasalarning barchasi suvdagi marshrutlarning 
tayanch punktlari hisoblanadi. Ular suzish vositalariga texnik xizmat khrsatish 
kengaytirilgan dasturiga muvofiq jihozlanadi.
Botokempinglar 
suv bo‘ylab sayohat qiluvchi turistlarga safarda xizmat 
khrsatish uchun mo‘ljallangan. Turistik muassasalarning bu tipiga Polshada keng 
tarqalgan «suv stansiyalari» hamda Germaniyadagi «yozgi turistik shaharchalar» 
kiradi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə