Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

Kempinglar 
mavsumiy foydalanish uchun mhljallangan «engil» tipdagi 
mehmonxona korxonalaridir. Ular avtoturistlar dam olishi hamda ularning 
avtotransport vositalari to‘xtab turishi uchun mo‘ljallanadi. Kempinglarda 
ko‘rsatiladigan xizmatlarning barcha turlari soddalashtirilgan bo‘ladi: uxlash joylari 
yozgi tipdagi, ko‘pincha yog‘ochdan qurilgan, isitilmaydigan binolarda yoki 
chodirlarda joylashadi; vanna va hojatxona asosan umumiy bo‘ladi. O‘ziga o‘zi 
xizmat ko‘rsatishning har xil shakllari ancha keng tarqalgan. Ba’zan kempinglar 
qoshida avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va avtomobillarni yengil 
ta’mirlash ustaxonalari bo‘ladi. So‘nggi yillarda «motel-kemping» aralash turi 
rivojlanmoqda. U motel hududida joylashgan kemping hisobiga yozda motel 
sig‘imini kengaytirish imkoniyatini nazarda tutadi.
Joylashtirish vositalarining aralash turlari juda rang-barangdir. Masalan, chet 
elda, ayniqsa, AQShda mehmonxona korxonalarining quyidagi turlari qurilmoqda: 
-
rotellar
– treylerli avtomashinalarda sayohat qiluvchilar uchun; 
-
botellar
– suv bo‘ylab sayohat qiluvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun 
mo‘ljallangan dengiz, daryo, khl bhyidagi mehmonxona muassasalari. Ularning 
tarkibiga turar joy binosi, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish tizimi, suzuvchi 
vositalarga texnik xizmat khrsatishga ixtisoslashgan inshootlar va qurilmalar 
kiradi; 
-
botokempinglar
– kemping tipidagi mavsumiy mehmonxona muassasalari



32 
-
suv ustidagi mavsumiy 
flotellar 
va 
flotokempinglar 
– mehmonxona, shuningdek 
suzuvchi vositalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni qishda saqlash 
qo‘nalg‘asi funksiyalarini o‘zida mujassamlashtirgan muassasalar; 
-
flaytellar
– shaxsiy samolyotlarning egalari uchun mo‘ljallangan 
mehmonxonalar (masalan, AQShning Oklaxoma shtatidagi Talas shahri yaqinida 
joylashgan flaytel-motel) va b. 
Rotel
– ko‘chma mehmonxona. Bir yoki ikki hrinli bo‘limlardan iborat vagon-
treyler ko‘rinishida bo‘ladi. Har bir bo‘lim ventilyatsiya va alohida yoritish uskunasi 
bilan jihozlangan. Rotelda kiyim almashtirish, yuvinish joyi va hojatxona bor. 
Vagonning orqa qismida oshxona va muzlatgich joylashadi.
Flaytellar
, qoida tariqasida, aholi gavjum joylardan ancha chetda joylashgan 
bo‘ladi. Ularga faqat havo transportida borish mumkin. Flaytel yaqinida aerodrom, 
angarlar, ellinglar, ustaxonalar joylashadi. Tabiiyki, restoranlar, barlar, konsert 
zallari, dansing va sh.k. ham bo‘ladi.
Ayrim flaytellarda reklama har xil kalibrli (hajmli) havo sharlarida va har xil 
dirijabllarda sayr qilishni va’da qiladi. Flaytel qoshida havo va quyosh vannalari 
qabul qilish uchun mo‘ljallangan bog‘lanma aerostatlar ham bo‘ladi. Tabiiyki, 
bularning barchasi juda katta pul turadi va ulardan faqat juda boy odamlar 
foydalanishi mumkin.
Birinchi flaytel AQShning Oklaxoma shtatidagi Talas shahri yaqinida tashkil 
etilgan. Bu mehmonxona korxonasining reklama bukleti vertolyotlar qo‘nishi uchun 
maydoncha, samolyotlar uchun kichik aerodrom, uchuvchilar uchun radiostansiya va 
meteorologiya stansiyasi bilan bevosita aloqa qilish imkoniyatini taklif qiladi. 
Uchish vaqtida uchuvchilar flaytel rahbariyati bilan bog‘lanib, hzlariga nomer hamda 
samolyot yoki vertolyot uchun qo‘nalg‘a buyurtma qilishlari mumkin.
Suv bo‘ylab sayohat qilayotgan turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun 
mo‘ljallangan 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə