Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Sportchilar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalar



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

Sportchilar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalar
sport komplekslari qoshida 
yoki tabiiy sharoitlariga ko‘ra ma’lum sport turini rivojlantirish imkonini beruvchi 
joylarda quriladi. Sportchilar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalarda sport 
anjomlarini ijaraga berish shoxobchalari, dam olish uchun mo‘ljallangan bir qancha 
muassasalar faoliyat ko‘rsatadi, sport va tibbiy ahamiyatga ega binolar va qurilmalar 
mavjud bo‘ladi. Qoida tariqasida, bu yerda umumiy ovqatlanish va dam olish 
korxonalari ham faoliyat ko‘rsatadi.
So‘nggi 
yillarda 
mehmonxonalarning 
binolari 
boshqa 
maqsadlarga 
mo‘ljallangan muassasalar: kongress-markazlar, ma’muriy va savdo muassasalari, 
konsert va khrgazma zallari va hatto turar joy binolari bilan uyg‘unlikda barpo 
etilmoqda, ular bilan bitta binoda yoki bitta kompleks tarkibida joylashtirilmoqda.
Avtoturistlar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalar va motellar
(motor-
otellar) shosse yo‘llar yaqinida joylashadi. Shinam nomerlar va restoran (yoki 
qahvaxona)ga hamda umumiy ahamiyatga molik boshqa xonalarga ega mehmonxona 
binosidan tashqari, bu mehmonxonalar va motellar avtotransport vositalarini 
parkovka qilish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish imkonini beradi (avtomobillarga 
yonilg‘i quyish shoxobchasi, ta’mirlash ustaxonalari, texnik xizmat khrsatish 
stansiyasi va h.k.ga ega bo‘ladi).



31 
Motellarning joylashishi ularning vazifasi, shaharlar va shaharchalarning 
joylashgan o‘rni, avtomobil yhllari tarmog‘i, kelish yo‘llarining mavjudligi, muayyan 
joyning tabiiy-iqlimiy sharoitlari, davolash manbalari, tarixiy joylar hamda turistik 
jihatdan diqqatga sazovor boshqa joylarning mavjudligi bilan belgilanadi.
Avtoturistlar dam olishi uchun qulay shart-sharoit yaratish, avtomobil yo‘lining 
shovqini va changidan nomerlarni thsish maqsadida motelning dam olish zonasi bu 
yhldan ma’lum masofa (50-250 m) uzoqda joylashishi kerak. Bunda uchastka 
muayyan turistik ob’ekt yo‘lidagi avtoturistlar asosiy oqimi yo‘nalishining hng 
tomonida joylashgani ma’qul.
Motellarni joylashtirishda mamlakatning eng diqqatga sazovor tarixiy joylari va 
hududlarini bog‘lovchi oldindan belgilangan marshrutlar bhylab uzoq muddatli 
sayohatlar tashkil etish imkoniyatini nazarda tutish zarur. Bu holda yuqorida zikr 
etilgan barcha talablardan kelib chiqib motellar tarmog‘ini kompleks joylashtirish 
avtoturistlarda doimiy qiziqish uyg‘otadi va ular sayohat chog‘ida rang-barang 
taassurotlar olishini ta’minlaydi.
Chet elda motellar qurish amaliyotida kam qavatli (ikki qavatdan baland 
bo‘lmagan) motellar an’anaviy hisoblanadi. Chunonchi, AQShda 60 ming motelning 
80% dan ko‘prog‘ini kam qavatli motellar tashkil etadi.
Darhaqiqat, kam qavatli motel bir qancha ustunliklarga ega: 
-
avtoqhnalg‘ani nomer yaqinida joylashtirish mumkin; 
-
konstruksiyalari juda sodda bo‘ladi;
-
talabdagi mavsumiy o‘zgarishlarga tez moslashtirish mumkin; 
-
barcha nomerlarni ufqning chiroyli tomonlariga qaratib qurish mumkin
-
engil konstruksiyalardan qurilgan kam qavatli motel binosi ko‘p qavatli va og‘ir 
konstruksiyali binolarga qaraganda ancha arzonga tushadi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə