Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

3.
 
Harid qilish bo‘limi 
 
Mehmonxona 
harid bo‘limining
asosiy vazifasi- kerakli tovarlarni kerakli 
vaqtda va oqilona narxda sotib olishdir. Mehmonxonadagi zaxira quvvati ham 
hisobga olinishi zarur, chunki zaxiraga saqlash ham pul turadi va ba’zi tovarlar uzoq 
saqlanganda buziladi. 
Mehmonxona ehtiyojlari uchun harid qilinadigan zaruriy tovarlar quyidagi 
guruhlarga bo‘linadi: 
1.
oziq-ovqatlar(muzlatilgan, konservalangan,quritilgan, ho‘l); 
2.
ichimliklar; 
3.
uskunalar va mebel(ishdan chiqishi va eskirishiga qarab), idish-tovoqlar
joyshablar; 
4.
boshqa materiallar(nomer va jamoat joylarini tozalash uchun kerakli mahsulotlar). 
Ta’minotchilarni tanlashda menejerlar quyidagilarga e’tibor berishlari shart: 
-
Ta’minotchi obro‘si: 
-
Tovar sifati va narxi; 
-
Harid hajmi; 
-
To‘lov shartlari(oldindan to‘lovsiz (predoplata) kreditga bo‘lsa yaxshiroq); 
-
Harid qilingan tovarga servis xizmat(uskunalar uchun); 
-
Olib kelish bahosi, ta’minotchigacha bo‘lgan masofa. 
Harid qilish bo‘limi ko‘pgina hollarda ta’minotchilar bilan uzoq muddatli 
shartnomalar tuzishadi(ba’zida tender o‘tkazishadi). Uzoq muddatli shartnomalar 
chegirmalar olishga , ishning osonlashishiga yordam beradi( zaklyuchil kontrakt na 
god i spi spokoyno). 
Lekin bunday haridlar usulining kamchiligi ham bor. Ta’minot hajmining 
davriyligi shartnomaga belgilangan bo‘ladi. Agar mehmonxonaning to‘lish hajmi 
pasaysa, ushbu tovarlar ortib qoladi va aksincha bo‘lganda tovarlar yetmay qolishi 
mumkin. Yana yetkazib berilayotgan tovarlarning sifati keyinchalik qoniqtirmasligi 
mumkin, shartnomani esa buzish jarayoni oson kechmaydi.Yoki bozorda tovar narxi 
pasayishi, mehmonxona esa shartnomaga belgilangan narxni to‘lashiga to‘g‘ri keladi.



95 
Ko‘pgina haridlar chakana savdolar orqali amalga oshiriladi. Lekin buning ham 
o‘ziga xos kamchilaiklari bor, kerakli tovarlar bozorda topilmay qolishi 
mumkin.Ulgurji savdoda mehmonxona vino, spirtli ichimliklar, pivo, tamaki 
mahsulotlari va go‘shtni sotib oladi.
Agar otel mehmonxonalar zanjiriga kirsa zaruriy tovarlarning aksariyatini ushbu 
zanjirning neytrallashgan tizimi orqali oladi. Ushbu tizim ta’minotni amalga 
oshiradigan markazlashgan omborxonalarga ega. Tizimning malakali xodimlari harid 
qilinayotgan tovarlarning sifatli bo‘lishini ta’minlashlari kerak. 
Haridlar quyidagicha 
tartibda 
amalga oshiriladi: 
1.
Mehmonxonaning barcha bo‘limi harid bo‘limiga talabnoma beradi. Uning shakli 
har xil bo‘lishi mumkin, lekin hammasi ham detallashgan bo‘ladi- tovarning 
hajmi, og‘irligi, taminotchi davlat,miqdori va eng asosiysi muddati kelishib 
olinadi. 
2.
Haridlar bo‘limi menejeri kelib tushgan talabnomalar xususiyatiga qarab, 
ta’minotchilar takliflarini ko‘rib chiqib(narx, chegirmalar, to‘lov vositasi va b.), 
yaxshisini tanlaydi va buyurtmani rasmiylashtiradi. 
3.
Buyurtmaga asosan yetib kelgan tovarni tekshirishadi, ro‘yxatdan o‘tkazishadi, 
yaroqsizini qaytarishadi. 
4.
Ta’minotchilardan kelgan schyot-fakturani tekshirishadi, ro‘yxatga olib, moliya 
bo‘limiga to‘lov uchun jo‘natishadi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə