Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

1.
 
Injenerlik xizmati 
Zamonaviy mehmonxona murakkab injenerlik uskunalari bilan jihozlangan (lift, 
konditsionerlar, issiqlik manbai, suv taminoti, kanalizatsiya, elektr energiya, gaz 
uskunalari, kabel televideniye, kompyuterlar).Tabiiyki, mehmonxona barcha 
uskunalarni tamirlash va xizmat ko‘rsatish maqsadida to‘liq shtatda injener-texnik 
ishchilarni saqlab tura olmaydi.Odatda, ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi maxsus 
firmalar bilan shartnoma tuzadi. Injenerlik xizmati unchalik katta bo‘lmagan shtatga 
ega (iloji boricha universal xodimlar ishlaydilar, yani unchalik qiyin bo‘lmagan 
santexnik ishlar, elektr uskunalarni sozlash). Injenerlik xizmati o‘z tarkibiga mebel
gilam tamirlovchilar, nomerlarga bo‘yash ishlarini olib boruvchi bo‘yoqchilarga ham 
ega bo‘lishlari mumkin. Bosh injenerlik xizmati suv, gaz, elektr energiya sarfini ham 
nazorat qiladilar.Ular bajargan barcha ishlar maxsus ro‘yxatga olish jurnaliga 
yuritiladi. 
Injenerlik 
xizmatining 
muhim 
vazifasi

yong‘in 
xavfsizligini 
taminlashdir.Yong‘in mehmonxona biznesida ko‘p tarqalgan hodisadir. Yong‘inning 
asosiy sabablari- chekuvchi mehmonlar, nosoz oshxona va elektr uskunalari
kaminlar, omborxonadagi ximikatlar, chiqindilarni yoqish va boshqalar bo‘lishi 
mumkin. 
Yong‘in xavfsizligi tizimi mehmonxonadagi barcha inshootlar yong‘in 
signalizatsiyasi tizimini, yong‘in o‘chirish vositalarini, evakuatsiya vositalarini 
(yong‘in zinalari) va xodimlarni doimiy o‘qitish tadbirlarini o‘z ichiga oladi. Barcha 
nomerlarni, yong‘in ro‘y berganda evakuatsiya qilish sxemasi bilan taminlash zarur. 
Mehmonxonaning barcha xodimlari yong‘in paytida o‘zlarini qanday tutishlarini 
bilishlari kerak. Yong‘in ro‘y berganda xodimning birinchi vazifasi yong‘in 
signalizatsiyasi tugmasini bosishdir.Keyinchalik quyidagicha harakatlanadi: biri 
yong‘inni o‘chiradi, boshqalari mehmonlarni evakuatsiya qilishadi. Nima bo‘lganda
ham sarosimaga tushmasdan tinchlikni saqlash zarur. Yugurib borish, liftdan 
foydalanish mumkin emas.Zinalardan harakatlanish kerak.Evakuatsiya yo‘li yopiq 
bo‘lsa (yong‘in bilan ),eshikni yopib, unga nam odeyalni osib, derazadan yong‘in 
o‘chirish xodimlariga signal berishi zarur. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə