Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

Restoran joylashuvi 
Restoran joylashuvi ko‘p hollarda uning kelajakdagi mijozlari portretini belgilab 
beradi: shaharning ishchan qismida joylashgan restoran mijozlari u yerda piyoda 
kelishadi, bu shahar tashqarisida joylashgan restorandan qaysikim faqat mashinada 
borish mumkin bo‘lgan restorandan farq qiladi. Restoran boshqaruvchisi bu omilni 
hisobga olib uning intereri, servisi, oshxonasi va menyusi mijozlarga mos kelishiga 
harakat qilishi kerak. 
Restoran dizayni 
 
Restoran dizayni, bino hajmi va shakli, devor va shiftlar rangi, mebel, xullas 
barcha-barchasi restoran mijozi va menyusiga mos kelishi kerak. Psixologik 
tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, agar restoran devorlari qizil-jigarrang rangda 
bo‘yalganda ovqat ko‘p istemol qilinar ekan.Restoranlar qanchalik ko‘p bo‘lsa ularni 
jihozlash variantlari ham shunchalik ko‘p. Masalan, restoranda o‘z-o‘ziga xizmat 
ko‘rsatish bo‘lsa- u yerda katta, yorqin xona va qattiq stullar bo‘ladi(Nechego zasiji-
vatsya!).Agar yuqori darajali restoran bo‘lsa- u yerda nim qorong‘ulik, alohida 
xonalar, yumshoq mebellar, gullar va devorda rasmlar va b.bo‘ladi.
Yana «muhit» ya’ni «atmosfera» degan murakkab tushuncha mavjudkim, u 
nafaqat dizayn va dekor balki stollarning joylashuvi, ofitsiantlarning kiyimi, xizmat 
ko‘rsatish tempi, mijozlar kiyimi, musiqa, shovqin darajasi, bino harorati, tozalik va 
boshqa omillar yordamida yaratiladi. Hamma narsa restoran mo‘ljal olgan mijozlar 
tipi, marketologlar tilida aytganda restoran faoliyat ko‘rsatayotgan bozor segmentiga 
bog‘liq. Faqat haddan tashqari bachkanalikdan qochish lozim- restoranda juda ham 
tinch yoki shovqin, juda ham yorqin yoki qorong‘u, juda ham tor yoki keng 
bo‘lmasligi kerak. 
Bozor segmenti va mijozlarning har xil o‘zlariga xos xususiyatlarini o‘rganish- 
bu marketingning vazifasidir. Hozir bir necha mijozlar kategoriyasiga xizmat 
ko‘rsatish xususiyatini sanab o‘tamiz: 
-
Bolalar- kichik porsiyalar, baland stullar, ofitsiantning o‘zgacha muomilasi ota-
onalar kayfiyatini ko‘taradi; 
-
Biznesmenlar- ishchan kelishuvlarni olib borish uchun alohida xonalarning 



98 
mavjudligi; 
-
Xorijiy turistlar- ofitsiantlarning tilni bilishi yoki so‘zlashish kitobchasining 
mavjudligi; 
-
Nogironlar; 
-
Vegetarianlar- restoran barchani ovqatlantirishi kerak. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə