Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Talab etilgan (kutilgan) sifat



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

Talab etilgan (kutilgan) sifat 
– xizmatning texnik va funksional xususiyatlari 
yig‘indisi. Ular xizmat ishlab chiqaruvchining rejasiga qay darajada muvofiqligini 
ko‘rsatadi. Odatda ishlab chiqaruvchi xizmatning talab etilgan xossalarini reklama 
qiladi va kafolatlaydi. Mehmonxona xizmatlarining talab etilgan texnik xossalariga 
quyidagilar misol bo‘ladi: nomerlarda kommunal sharoit (vanna, dush, hojatxona), 
konditsionerlar, konferens-zallar, muzokara xonalari va h.k.ning mavjudligi.
Mezmonxona xizmatlarining talab etilgan funksional xossalariga quyidagilar kiradi: 
nomerlarda va qavatlarda uzzukun xizmat ko‘rsatilishi, yangigazeta va jurnallar har 
kuni yetkazib berilishi va h.k. 
Xohlangan sifat
– iste’molchi xizmatning mavjudligi haqida faqat orzu qilishi 
mumkin bo‘lgan sifati. Sifatning xohlangan ko‘rsatkichlari xususiyati shundaki, 
ularni iste’molchi o‘zi o‘ylab topmasligi kerak. Iste’molchi, qoida tariqasida, mazkur 
sifat ko‘rsatkichlarini talab qilmaydi, ammo o‘ziga taklif etilgan xizmat tarkibida 
ularning mavjudligini yuksak baholaydi. Xohlangan sifatli mehmonxona xizmatlariga 
quyidagilar misol bo‘ladi: nomerlarda yo‘ldoshli va kabelli televideniyening 
mavjudligi; mijozga mehmonxonadan xotira sifatida fen, zont, pardoz anjomlari va 
h.k.ni taklif qilish; kechki ovqatga bepul shampan vinosi taqdim etish va sh.k. Agar 
xohlangan sifatni o‘z ichiga olgan xizmat yaxshi ko‘rsatilgan bo‘lsa, u mijozning 
o‘ziga ko‘rsatilgan xizmatlardan qoniqish darajasini oshirishi, ishlab chiqaruvchi 
uchun bozor sektorini yanada kengaytirishi mumkin.
Mijozlarning ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan amerikalik olimlar Kedott 
va Terjen taklif qilgan 
xizmat ko‘rsatish elementlari tipologiyasi
diqqatga 
sazovordir. Mijozlar xizmatlarni harid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishiga ta’sir 
ko‘rsatadigan ehtiyojlarni o‘rganish natijasida, ushbu olimlar xizmat ko‘rsatish 
elementlarining to‘rt guruhini ajratdilar: 

kritik elementlar; 

neytral elementlar; 

qanoatlantiruvchi elementlar; 

ixlosni qoldiruvchi elementlar. 
Kritik elementlar
mehmondo‘stlik sanoatining mohiyatini tashkil etadi. Ular 
iste’molchining xulq-atvoriga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardir. Mazkur 
elementlar birinchi navbatda mavjud bo‘lishi kerak, chunki ular iste’molchilar uchun 
zarur standartlar minimumiga asoslanadi. Agar korxonalar raqobat kurashi sharoitida 
yashab qolishni istasalar, ular aynan mana shu xizmat ko‘rsatish elementlarini taklif 



110 
qilish uchun qo‘llaridan kelgancha harakat qilishlari lozim. Mehmonxona nomerlari, 
jamoat joylarining tozaligi, xavfsizlik, sog‘lom ovqat mana shunday elementlar 
jumlasidan. Mazkur minimal standartlarga erishilgan-erishilmaganligiga qarab 
mijozlarda ijobiy yoki salbiy munosabat uyg‘otganligi uchun ushbu elementlar kritik 
elementlar deb ataladi. Mehmondo‘stlik sanoati korxonalarida mazkur elementlarning 
mavjud emasligi faqat favqulodda hollarda o‘rinli deb topilishi mumkin.
Neytral elementlar
korxona faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydi. Mazkur 
elementlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uniformasining rangi, bino intererining 
tuzilishi, avtomobillar turar joyining joylashishini kiritish mumkin. Bu elementlar 
mijozlarning xizmatlardan qanoatlanganlik darajasiga kam ta’sir ko‘rsatadi, shu bois 
boshqaruv faoliyatida ularga katta e’tibor berish shart emas.
Agar ko‘rsatilgan xizmatlar sifati kutilganidan ham ziyoda bo‘lsa, 
qanoatlantiruvchi elementlar
mijozlarda yaxshi taassurotlar qoldirishi mumkin. 
Ammo mijozning bu umidi oqlangan bo‘lmasa ham salbiy taassurot qolmaydi. 
Mehmonxonada tunda xizmatlar ko‘rsatish, banketlar chog‘ida direktor nomidan 
bepul ichimliklar taqdim etish, restoranlarda ayollarga ma’muriyat nomidan gullar 
berish mana shunday elementlarga kiradi. Tabiiyki, mazkur elementlar korxonaga shu 
sohadagi boshqa korxonalardan ajralib turish imkonini beradi. Bepul ovqat, gul yoki 
shokoladdan hech kim bosh tortmaydi. Xuddi shuningdek, bunday «syurpriz»lar 
bo‘lmagan taqdirda, hech kim bundan shikoyat ham qilmaydi.
To‘g‘ri bajarilmagan va mijozning salbiy munosabatiga sabab bo‘lgan 
elementlar 
ixlosni qoldiruvchi elementlar
hisoblanadi. Biroq, barcha elementlar 
to‘g‘ri bajarilgan taqdirda, mijozlarda hech qanday norozilik tug‘ilmasligi mumkin. 
Bunday elementlarga noto‘g‘ri tanlangan yoki tashkil etilgan, mehmonlarni uzoqqa 
borishga majbur qiluvchi mashinalar turar joyi, keng tarqalgan kredit kartochkalari 
bo‘yicha haq to‘lashning rad etilishi, xodimlarning iltifotsizligi, kuldonlarning 
iflosligi va h.k. kiradi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə