Seminar mashg`ulotlari uchun uslubiy ko`rsatma



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə5/59
tarix05.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#125564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Ota-onalik psixologiyasi uslubiy 2

Ota-onalik ustanovkalari.
Bizning kuzatishlarimiz shuni isbotladiki, oilaning to'liq bo'lishi, ya'ni, unda ham ota, ham onaning tinchlik- totuvlikda yashashlari va unda normal insoniy munosabatlar, sog'lom ma'naviy muhitning mavjudligi bolaning har tomonlama yaxshi rivojlanishi, sogʻlom, aqlli, kuchli iroda sohibi bo'lib yetishiga imkon beradi. Bolaga ham otaning ham onaning bo'lishining zarurati shu bilan izohlanadiki, masalan, qiz bola onasi va uning oilada o'zini tutishiga qarab, o'zini ayollar jinsiga taalluqli ekanligini anglashdan tashqari, kelajakda qanday ona boʻlishini tasavvur qilsa, otasiga, uning onasiga boʻlgan munosabatiga qarab, o'zini kelajakda oila qurganda qanday oila sohibasi boʻlishi lozimligini anglab boradi.

Oila, undagi shaxslararo munosabatlar, er-xotin va ota-ona hamda bolalar munosabatlari ko'plab tadqiqotlarning obyekti va predmeti bo'lgan. Bu borada O'zbekiston olimlarining ishlari ham diqqatga molik. Lekin bu haqda mahallly matbuotda, Respublika "Oila" ilmiy-amaliy markazi tomonidan chop etilgan qator risola va qo'llanmalarda batafsil bayon etilganligi sababli, bu borada Jahon adabiyotida keltirilgan ilmiy izlanishlarning qonuniyatlarini bayon etishga qaror qildik.

Xususan, ota-onalik ustanovkalari va ularning farzand tarbiyalash uslublari muammosi rossiyalik qator izlanuvchilarning asarlarida qayd etilgan (A.YE. Lichko, 1979; A.A. Bodalev, A.A. Stolin, 1989; E.G. Eydemiller, V.V. Yustitskiy, 1999). Ota-onalikning eng muhim sifatlariga avvalo - proteksiya yoki farzandlarini tarbiyalash uchun sarflanadigan kuch, vaqt va e'tiborning mezoni, bolaning turli ehtiyojlarini qondirish darajasi, intizomga chaqirish bilan bogʻliq talablar darajasi, ta'qiqlovlar yoki bolaning xulqini jilovlash uchun ishlatiladigan sanksiyalar tizimi kiradi.

Bolasi uchun "Jonini Jabborga beruvchilar" odatda o'zlari bilmagan holda farzandlariga yomonlik qilayotganliklarini sezmaydilar, natijada bola kelajakda ishga toqati yo'q, ko'pchilikning ichida o'zini tuta olmaydigan, hayotning pastbalandliklarida o'zini nochor his etadigan, tantiq, erka bo'lib qoladi. Ayniqsa, bola o'smirlik yoshiga yetganda, erka, tantiq boʻlgani uchun do'stlari va tengqurlari davrasida ham hamma aytganlari bo'lishini istaydigan, liderlikka intiluvchanligini namoyon etgisi keladi, lekin ikkinchi tomondan, aslida unda bunday sifatlar bo'lmaydi. Gap shundaki, bunday holatlarda ota-ona zurriyodi timsolida ilgari o'z hayot tajribasida erisholmagan armonlarini ro'yobga chiqargisi keladi, ularning tarbiya uslublari aynan shunga qaratilgan boʻladi, lekin bola ko'p Jihatdan nochor ekanligini keyinchalik ijtimoiy muhitning turli vaziyatlariga tushganida his eta boshlaydi.


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə