Seminar mashg`ulotlari uchun uslubiy ko`rsatma


-Mavzu: Ota-onalikni shakillanish psixologiyasi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə4/59
tarix05.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#125564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Ota-onalik psixologiyasi uslubiy 2

2-Mavzu: Ota-onalikni shakillanish psixologiyasi
Reja:
1.Otalik va onalik psixologiyasi

2. Ota-onalik ustanovkalari.

Onalik va otalik psixologiyasi oilaviy munosabatlarning eng ta’sirli, jozibali va muhim bo`lagi – bu onabola munosabatlaridir. Ularning muhimligi shundaki, ayni dastlabki muloqot va mehrli munosabatlar bolaning keyingi psixik va aqliy taraqqiyotini hamda onaning xulq-atvorini shakllantiradi. Bola tug’ilishining dastlabki onlarida ona va bola o`zaro hissan va psixologik jihatdan bog’langan bo`lib, ikkalasi bir tan, bir vujud hisoblanadi. SHu bois ularning munosabatlarida simbiotiklik (bir xillik, qo`shilib ketganlik, yaxlitlik) bo`ladi. Bola ulg’ayib, katta bo`lgani sari ular o`rtasidagi masofa, psixologik distantsiya ortib boraveradi, simbioz munosabatlar aqliy-kognitiv munosabatlar shaklidagi psixologik aloqalarga aylanib ketaveradi.


CHaqaloqning jismoniy o`sishi va rivojlanishi tabiiyki, onaning g’amxo`rligiga bevosita bog’liq. SHunisi muhimki, bola uchun har qanday g’amxo`r va mehribon inson unga ona o`rnini bosishi mumkin (buvisi, otasi, enagasi). Lekin kimningdir doimiy g’amxo`rligi, ya’ni, mehribon insonning – “ob’ekt”ning doimiyligi bola rivojlanishi uchun o`ta muhim hisoblanadi. Bola bir yoshga to`lguncha bo`lgan davri noverbal muloqot davri hisoblanib, undagi barcha o`zgarishlar onasi yoki yaqinlari bilan bo`ladigan emotsional, bevosita munosabatlarning natijasi bo`ladi va bora-bora muomalaga til va tovushlar bilan bog’liq belgilar kirib kela boshlaydi.
Onaning barcha say’i-harakatlari bu davrda bola psixik rivojlanishining muvaffaqiyatini belgilaydi. Agar ota va ona tomonidan ko`rsatilayotgan g’amxo`rlik doimiy va samimiylik kasb etsa, bu E.Erikson ta’biri bilan aytganda, “mutloq ishonch” (bazalьnoe doverie)ga asos bo`ladi. Ya’ni, haqiqiy, g’amxo`r ona bolasining ayni paytdagi barcha ehtiyojlarini qalban his etib, o`sha zahoti qondirishga harakat qiladi, masalan, chanqasa suv, och qolsa – ko`krak suti, peshob qistaganda, to`sish kabi ishlarni o`z vaqtida bajarib boradi. Onaning bola ehtiyojlarini shu kabi aniq bilib, o`z vaqtida mehr ko`rsatishi ba’zan intuitiv tarzda kechsa, ba’zan ona o`zini bola bilan identifikatsiya qiladi, ya’ni, o`zini uning o`rniga qo`yish orqali, uning O 113 talab-istaklarini sezganday bo`ladi, “vujudi bilan his etadi”.
Bunday his qilishlar odatda ona tomonidan aniq anglanmaydi, lekin, tabiiiyki, onaning kechinmalari va sezishlari to`g’ri chiqadi. Lekin ba’zan pediatr yoki boshqa mutaxassis bilan bolaning holati haqida fikrlashganda ayrim hollarda o`zining intuitiv qarorlari to`g’ri yoki noto`g’ri ekanligini anglab qoladi. Tan-vujud bilan ona va bolaning yaxlitligi o`ziga xos hissiyot bo`lib, u ko`pincha “xolding” (inglizcha “tutish”, “ushlash” so`zidan olingan) tajribasidan kelib chiqadi. Ya’ni, ona o`z bolasini qo`lida ushlab, badani badaniga tekkanda his qiladigan kechinmalari orqali boladagi o`zgarishlarni tuyadi, his qiladi. Vinnikott degan olimning fikricha, “xolding” tajribasi yaxshi bo`lmagan onalarning shaxsiy muammolari ko`p bo`lib, ular bolani qo`lida ushlaganda ham deyarli hech nimani his etmaydilar. Ana shunday chaqaloqlarda keyinchalik ixtiyoriy psixik funktsiyalar rivojida muayyan muammolar bo`lishi mumkin, masalan, ixtiyoriy ravishda diqqatni bir narsaga to`plash, ixtiyor holda u yoki bu narsani eslab qolish, gapirish, mantiqiy fikrlash va shunga o`xshash.
Gapirish, nutq faoliyati bilan bog’liq psixik funktsiyalar ko`pincha sinxronizatsiya jarayonida shakllanadi. Bolasini suyib, uning his-kechinmalarini bilish qobiliyatiga ega bo`lgan ona odatda farzandining psixik rivojlanishida barcha qiliqlarini, ulardan qanday foydalanish malakalarini orttirib boradi. Masalan, bolada ba’zan shunday holat bo`ladiki, unda onaga bola bilan faol kommunikativ faoliyatni amalga oshirish noqulay bo`ladi, go`dak injiqlik qilib, hech narsaga ko`nmay qoladi, buni sezgan ona bolaga gapiravermay, jimgina toza havoda sayr qildiraversa, ma’lum vaqt o`tgach, farzandidagi charchoq yoki boshqa sababli paydo bo`lgan holat o`tib ketadi, u yana jonlanib, onaga talpinadi, u bilan muloqotni davom ettiradi. SHuni inobatga olmagan holatlarda kommunikativ omadsizlik (Vinnikott) sodir bo`ladi, buning oqibatlari psixologiyada yaxshi o`rganilgan.
Boladagi kognitiv rivojlanish, ya’ni fikrlar tarbiyasi, dunyoqarashlarning shakllanishiga ham onaning xulq-atvori katta ta’sir etadi. Ingliz olimlarining kuzatishlarida (U.R. Bion) onaning har bir harakati, mimikalari bolaning tepasida 114 turib, unga qiladigan muomalasi, erkalashlari bora-bora bola o`zlashtiradigan alohida iboralar, so`zlarda namoyon bo`ladi. Video tasmalarda shu narsa namoyon bo`lganki, onaning qiliqlari tobora bolaning nutqli-nutqsiz, mantiqiy-mantiqsiz harakatlariga, ishoralariga aylanib boradi, keyinchalik bola alohida so`zlarni talaffuz qila boshlaganda ham beixtiyor onaning mimikalari, talaffuz uslublarini qaytaradi. SHu tariqa onaning bevosita ishtiroki va yordamida bola dunyoni taniydi, o`rganadi. Olamni ona orqali bilishga imkon beruvchi psixologik holatlardan yana biri – bu hissiy-emotsional bog’langanlikdir. Ingliz psixiatri Jon Boulbi tomonidan ishlab chiqilgan, turli hayotiy vaziyatlarda ona-bola munosabatlarida M.Eynsvort degan olima tomonidan tekshirilgan emotsional bog’langanlik nazariyasi odatda yetti oylikdan keyingi bolaning onaga juda bog’lanib qolishi va shu orqali bola uchun muhim psixologik rivojlanishlar ro`y berishini isbotlagan.
Masalan, 12 oylikdan 18 oylikkagacha bo`lgan bolaning onasidan 3 minutga ayirib turib qayd etilgan xulqiga qarab, olimlar hissiy bog’langanlikning 4 xil shaklini ajratishgan: 21 Ishonchli bog’liqlik. Bola bunday sharoitda onasini ishonch bilan qidiradi, atrofni o`rganadi; ketib qolganini seza boshlagach, tushkunlikka tushadi, xafa bo`ladi, onasi qaytgach, uni zo`r xursandchilik bilan kulib kutib oladi, onasiga talpinadi; CHetlashuvchi bog’liqlik. Onasi ketib qolganligini bilgach, atrofga qaraydi, qidiradi, lekin ona qaytgach, unga talpinishi minimal bo`lib, hattoki, teskari qarab ham oladi, o`yinchoqlarini o`ynashda davom etaveradi; Avbivalent bog’liqlik. Onasi ketgach, go`yoki qotib qolganday depressiyaga tushadi, o`ynamaydi ham atrofga qaramaydi ham; onasi qaytgach, onasiga talpinmaydi ham, undan qochmaydi ham. Uning xafaligini ham, xursand ekanligini ham anglash qiyin bo`ladi; Tartibsiz bog’liqlik. Bolada onaga nisbatan bog’liqlikni kuzatish qiyin, go`yoki bolaga barcha narsa befarqday, qiliqlarda mantiqni kuzatish mushkul. R.J. Muxamedraximov (1998) o`z tadqiqotlarida “xavfsiz bog’liqlik” atamasini ishlatadi. Bunda ona-bola munosabatlari juda tekis, ravon, bir-biriga monand, samimiy kechadi. Oila muhitida, yaxshi ijobiy munosabatlar doirasida kechgan bog’liklik bilan ota-onasiz o`sgan yetimxonadagi bolalardagi bog’liqlik o`rganilganda, ayni xavfsiz bog’liqlik borasida ular o`rtasida katta tafovut borligi isbotlangan. 22 SHunday qilib, onaning bolani normal psixik taraqqiyotida roli ulkan. Bu ta’sir bolaning chaqaloqlikdan keyingi davrlarida ham o`z kuchini saqlab qoladi.
Onalik xulq-atvori-ning shakllanishi Olimlar ontogenetik taraqqiyot davrida yaxshi ona bo`lishga sabab bo`luvchi qator omillar qatorida qiz bolaning o`z onasi bilan yoshligidan boshidan kechirgan muloqot tajribasini, oilasida onaga va onalikka munosabat xususiyatlarini, o`z oilasida kichkina bolalar bilan muloqot tajribasi borligini inobatga oladilar (Filippova G.G., 1999)23 . Bu jarayonda qizchaning ona tomonidan qanday tarbiyalanganligidan tashqari, muayyan madaniy manbalar bilan tanishligi ham katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, onasidan qanday ertaklar eshitgani yoki qanday o`yinchoqlar o`ynagani bevosita uning kelajakda qanday ona bo`lishiga ta’sir etadi.
Masalan, yoshligidan mehribon ona haqida eshitganlarini, ertak holida bo`lsa ham yovuz kampirlar, yalmog’iz ayollar, o`gay onalar haqida eshitganlari bilan to`g’ri solishtirish tajribasi bor qiz o`zining istiqboldagi harakatining yo`nalishini belgilab olishi mumkin. Yoki qo`g’irchoqlarni erkalatishi, onasiday g’amxo`rlik qilishi ham ijobiy tajriba, lekin ming afsuski, hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan “barbi” kabi qo`g’irchoqlar qizchalarda onalikni emas, ko`proq ayollik fazilatlarini, oliftachilikni tarbiyalaydi. Zamonaviy ertaklarning ayrimlarida ham tarbiyaga zid keladigan syujetlar ko`p.
“Zumrad va Qimmat” ertaklarini ham agar ona to`g’ri sharhlamasa, bola ongida noto`g’ri tasavvurlar shakllanib qolishi, o`gay onaning albatta johil, otaning hamisha bo`ysunuvchanligi to`g’risidagi chalkash tushunchalar paydo bo`lishi mumkin. Onadagi tug’ruqdan keyingi depressiya – chaqaloq tug’ilgandan keyinoq ayrim onalarda paydo bo`ladigan ruhiy holat. Bu o`ziga xos xastalik bo`lib, uning oldini olish uchun ko`p harakatlar qilinmoqda, chunki bunda ham psixologik omillarning roli katta. Kuzatishlarning ko`rsatishicha, agar oilada er-xotin munosabatlari yaxshi bo`lmasa, otaning bolaga e’tibori yetarli bo`lmagan vaziyatlarda, onaga amaliy hamda moliyaviy ko`mak berish yo`lga qo`yilmagan bo`lsa, shu kabi qiyinchiliklar onada depressiyani hosil qiladi (Rodrigues va boshqalar, 2003).
Onalik deprivatsiyasi. Onalik deprivatsiyasi ochiq (agar ona o`z onalik burchini bajarmay, boladan ayrilgan bo`lsa) va yashirin (boladan yashirin voz kechish, uni yoqtirmaslik yoki biror sabab tufayli bolaga yaqin kela olmaslik holatlarida) bo`lishi mumkin. Ikkala holatda ham bola taraqqiyoti uchun nihoyatda salbiy, xavfli vaziyat yuzaga keladiki, ayrim hollarda bola hattoki, nobud ham bo`ladi. Masalan, chaqaloq tug’ilgach, xasta bo`lgani uchun uning uzoq vaqt mobaynida kasalxonada qolishi ham onalik deprevatsiyasiga sabab bo`ladi. Bu orada unda onalik mehri uyg’onmaydi, u yangi chaqaloqqa befarq bo`lib qoladi. Buning oqibatlari qanchalik og’ir bo`lishi onaning yoshiga va ayriliqning muddatiga bog’liq. Agar shunga o`xshash holatni boshidan kechigan ona juda yosh bo`lsa, unda bolaning psixik taraqqiyotida jiddiy asoratlar qoladi, u o`z xulqatvorini nazorat qila olmaydigan, jizzaki, odamovi, jinoyatga, hattoki, o`z joniga qasd qilishga ham moyilligi yuqori bo`lib voyaga yetadi. Ona bolaning yonida bo`la turib, undan yashirin tarzda voz kechgan holatda ham bolada nevrotik xususiyatlar rivojlanadi, ayniqsa, bola shaxslararo munosabatlarda no`noq, urushqoq bo`lib, qarorlar qabul qilishda qiynaladi, ijtimoiylashuv jarayoni nihoyatda murakkab kechadi. Ko`rib turganimizdek, onaning bolaga psixologik yaqinligi uning istiqbolini, shakllanajak ijobiy 117 fazilatlari, jamiyatdagi o`rni va nufuzini belgilovchi muhim omildir.
Otalik psixologiyasi onalik psixologiyasiga nisbatan kam o`rganilgan soha. Otalar xulqini o`rganish shuni ko`rsatdiki, ular ham g’amxo`rlik va samimiylik jihatidan ayollardan kam emas, kerak bo`lsa, ulardan ham mehribon bo`lishlari mumkin. Dastlab ota ham, ona ham bolaga nisbatan bir xil mehribonlik timsolida namoyon bo`lgani uchun, ular o`rtasidagi farqni chaqaloq deyarli his etmaydi. Bir yoshga to`lgach, bola otasini alohida mustaqil shaxs sifatida idrok eta boshlaydi, o`zaro munosabatlar triada shakliga o`tadi. Otasi va onasining o`zaro munosabatlarini kuzatib, bola tobora ayrim alohida olingan mustaqil, distantsion munosabatlarning ma’nosini tushuna boradi. Godfruaning olgan natijalariga ko`ra, bir yoshlik bola otasi bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlarni qadrlaydigan, xohlaydigan bo`lib boradi.
Onaning munosabatlaridan farqli, ota bolasining jinsiga qarab o`ziga xos munosabatni o`rnata oladi; o`g’il bolaga erkaklarcha, qiz bolaga boshqacha. SHu tariqa bolaning o`z jinsini anglashi, gender tafovutlar to`g’risida tasavvurlar shakllanadi. Umuman, oilada otaning bo`lishi bolaning ijtimoiy ko`nikmalari shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. Buni bizning kuzatishlarimiz ham tasdiqlagan. Otaning mehri qiz bola uchun ham shu qadar muhimki, u ota-ona munosabatlarini hayoti mobaynida kuzatib borib, kelajakda o`z turmush o`trog’iga qanday munosabatda bo`lish lozim, degan savolga javob topadi. Ona xulqiga qarab esa, turmush o`rtog’i bilan baxtiyor yashash uchun ayol qanday bo`lishi kerak, degan savolning mag’zini chaqadi. SHuning uchun ham qiz bola uchun ham, o`g’il bola uchun ham oilaning butligi, ota-ona munosabatlarining iliq, samimiy, gumanistik bo`lishi katta hayotiy ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə