Seminar mashg`ulotlari uchun uslubiy ko`rsatma



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə7/59
tarix05.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#125564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59
Ota-onalik psixologiyasi uslubiy 2

Qattiqqo'llik - bir qarashda emotsional rad etishga o'xshaydi, lekin undan ochiqroq va og'irroqdir. Qattiqqo'llik to'g'ridan-to'g'ri bolani yoshligidan kaltaklash, haqorat qilish, kamsitish shaklida yoki bola ehtiyojlariga to'la befarqlik, uning bor-yo'qligini go'yoki sezmaslik kabi ko'rinishlarda boʻlishi mumkin. Ikkala holatda ham bola yoshligidan nima qilib bo'lsa-da, tezroq katta bo'lish, o'zi amallab tirikchiligini qilish, otaona tazyiqidan qutulishni o'ylab yashaydi. Bunday oilada bolani u yoki bu xulqi uchun jazolash odat tusiga kirib qoladi, bola qoʻrqqanidan ota-ona hukmiga itoat etayotganligi, buning istiqbolda yomon asoratlari borligini kattalar bilmaydilar, bilsalar ham bu usul ular uchun samarali tuyuladi. Aybdorlik, aybga yarasha jazo kabi usullar bola xulq-atvorini boshqaruvchi psixologik omilga aylanadi, u ham kelajakda doimo aybdorlarni qidirishga o'rganib boradi.A. Freyd nazariyasiga koʻra, ana shunday jazoga hukm etilgan bola tobora agressiv bo'lib borib, o'zida alamni qaysidir bir obyektdan (oʻzidan kichiklardan, begonalardan, hayvonlardan) olishga qasd qiladigan, qasoskor bo'lib o'sadi. Ma'lumotlarga ko'ra, Amerikada ko'cha bolalarining kamida 1% oilada ayni shunday tarbiyaning qurbonidirlar Shu bilan birga oilada farzandlarning oʻzaro munosabatlarini toʻgʻri yoʻlgaqo'yish ham muhim masalalardandir. Bunda har bir bolaning sibling maqominihisobga olgan maqsadga muvofiq sanaladi.

Psixologik adabiyotda sibling maqomi aslida (inglizcha sibling, sibs - bir oiladagi akalar va opalar ma'nosini bildiradi) muayyan insonning muayyan oilada tug'ilishi, Jinsi va tug'ruqlar orasidagi rasmiy farqni ifodalovchi tushunchani bildiradi. Bolaning sibling maqomi va uning shaxsiy ko'rsatkichlar bilan bogʻliqligi masalasiga xali aniqlik kiritilmagan, ya'ni aniq ilmiy dalillar yetarli emas. Shunga qaramay, ko'pgina tadqiqotchilar (Richardson R., 1994; Driskoll R., Iksteyn D., 2003; Brazington R., 2003 va boshqalar) shaxsning sibling maqomi uning shaxsiga, er-xotinlik va ota-onalik maqomlariga, do'stlar bilan muomalasiga, ishda rahbariyat va hamkasblar bilan oʻmatadigan muloqotlarining xarakteriga ta'sir etishini o'rganishgan. Empirik ma'lumotlar bunday bog'liqliklarning to'rt turi mavjudligini ta'kidlaydi: to'ng'ich farzand, o'rtancha farzand, kenda va yolg'iz farzand.


G.Roland oʻz tadqiqotlarida oiladagi shaxslararo munosabatdan qoniqish uchun zarur kommunikativ sifatlarni ajratib koʻrsatgan:1.Muloqotmandlik.2.Oilada yuqori darajadagi o'zaro tushunish.3.Er-xotinlarning jinsiy qoniqqanligi.4.Emotsional qo'llab quvvatlashning mavjudligi va ishonch.5."Uy" ni oiladagi hamjihatlikni belgilovchi maskan deb qarash (Roland 98). Psixologik adabiyotlarda ajrimlarning tabiati, bu jarayonga oid qonuniyatlar Ilmiy nuital nazardan beriladi. Masalan, S.Kraxotvil ajrim Jarayonining quyidagi bosqichlarini ajratadi:


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə