Seminar mashg`ulotlari uchun uslubiy ko`rsatma



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə6/59
tarix05.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#125564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Ota-onalik psixologiyasi uslubiy 2

G'amxo'rlikdan ustun keladigan giperproteksiya - bunda erkalatishdan ko'ra ota-ona tomonidan bolasining har bir yurgan qadami va xattiharakatini nzoratga olish orqali unga e'tibor berish nazarda tutiladi. Shuning uchun bu tarbiya uslubida turli xil ta'qiqlar, chegaralashlar ("u mumkin emas", "bu mumkin emas" qabilida) bisyor bo'ladi. Bunday sharoitda katta bo'lgan bola odatda mustaqil fikrli, mustaqil qarorlar chiqaruvchi bo'lolmaydi, lekin salga jahli chiqadigan, koʻp narsalardan norozi holda holda katta boʻladi, chunki u doimiy nazoratga, birovlaming hamma yoʻlyo'riqlarni ko'rsatib, aytib berishlariga o'rganib qoladi: onasisiz dars tayorlay olmaydigan, otasisiz ko'chaga chiqmaydigan boʻladi, barcha ishlarida kattalarning aralashuviga ko'nikib ketadi.

O'ta kuchli axloqiy mas'uliyat - bunda ota-ona tomonidan bolaga nisbatan talablar darajasi yuqori bo'ladi, lekin uning asl xohishistaklari, ehtiyojlari unchalik e'tiborga olinmaydi. Ota-ona bolasining kelajagini puxta qilishni o'ylab, uning yurish-turishi uchun o'zlarini mas'ul deb his qilgan holda, shaxsiy tasavvuridagi insonni yaratishga, shaxsni shakllantirishga urinadilar, ba'zan nazorat ostida bolaning yoshi, aqliy yoki jismoniy imkoniyatlariga zid talablar, topshiriqlar ham berilaveradi. Masalan, "sen to'ng'ichimizsan, ukalaringga sen qarashing kerak"

Emotsional raddiya - bunda ota-ona bolasini shunday tarbiyalaydiki, uningota-ona hayotida u o'ziga yarasha tashvish, ortiqcha yuk ekanligi, u boʻlmaganida ota-onaning hayoti boshqachi bo'lishi muntazam ravishda eslatib turiladi. Agar bu farzand ollada yagona bo'lmasa, boshqa arzandaroq, suyukliroq inson boʻlsa, vaziyat yanada ogʻirlashadi, "sen boʻlmaganingda..." yoki qiz bolaga qarab: "Sening o'mingda o'g'il bo'lganda edi..." qabilidagi kesatiqlar tez-tez aytib turiladi.Ayrim ota-onalar bu kabi emotsional jihatdan bolasini rad etayotganligini yashirishga urinadi, "nega bolani yoqtirmaysan?" kabi savollarga aslida uni sevishi, kerakligini ta'kidlagan bilan baribir bola ota-onasi uchun ortiqcha tashvish ekanligini his qilib yashaydi va tezroq mustaqil boʻlib olib, ularni tashlab ketishni, alohida yashashni ixtiyor qilib qoladi. Ona qanchalik o'z mehribonligini sun'iy ravishda namoyon etishga urinmasin, bola baribir ularning samimiy emasligini qalbi bilan his etadi. Ayniqsa, otasi bilan ajralishgan yoki ota tashlab ketgan holatlarda onaning bunday munosabati bolaga juda og'ir botadi.


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə