Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə19/28
tarix24.12.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#159110
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Oybekjon -1 — копия

III-BOB. OQBOSH KARAMNING NAV VA DURAGAYINI O‘SISHI RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGINI BAHOLASH
3.1-§. Oqbosh karamni ertagi muddadda etishtirish texnologiyasi

,
Navlari. Ertagi ekin sifatida ertapishar - Iyunskaya, Nomer pervыy Gribovskiy 147, Navro‘z navlari yaroqli. Navlardan tashqari Gollandiya, Fransiya, Rossiya kabilardan keltirilgan turli geterozisli duragaylar ham tavsiya etilgan.
Yer tanlash. Yaxshi o‘g‘itlangan, oziq moddalarga boy, namiqtirilgan salqin tuproqlar yaroqli. Engil qumoq bo‘z tuproq, chirindi kam qumloq erlarga ekilgan karam yaxshi rivojlanmaydi. SHo‘rlangan, botqoqlangan va kislotali erlar karam ekishga yaroqsiz.
Almashlab ekishdagi o‘rni. Bitta dalaga karam 3 yilda bir marta ekiladi. Kartoshka, bodring, poliz va dukkakli don ekinlari yaxshi o‘tmishdosh. Kechki karamni ertagi kartoshka, sabzi, bodring va kuzgi g‘alla-don ekinlaridan bo‘shagan erlarga takroriy ekin sifatida ekib, mo‘l hosil o‘stirish mumkin.
Ko‘chat etishtirish. Yuqorida qayd etilgan navlarining tozaligi 98 %, unuvchanligi 85 % dan kam bo‘lmagan 1-klass urug‘laridan bir gektarga ko‘chat olish uchun 350-400 gramm etarli hisoblanadi.
Urug‘lar ekisholdi suvda yoki 0,01-0,05 % li o‘stiruvchi stimulyatorlar, mikroelementlar eritmasida 10-12 soat mobaynida ivitiladi, so‘ng TMTD, Fundazol, Vitavaks 200 FF yoki boshqa shunga o‘xshash fungitsidlar (1 kg uruqqa 4-8 g preparat) bilan ishlanadi. SHunday nishlatilgan va ishlangan urug‘lar iliq yoki yarim iliq parniklarga ertagi ekin uchun dekabr-yanvar oylarida, o‘rtagi karam sifatida mart-aprelning boshlarida 0,5-1,0 sm chuqurlikda ekiladi. O‘simlik ko‘karishigacha haroratni 15-200S, so‘ngra 8-100S da saqlangani ma’qul.
Yozda kechki karam ko‘chati dala yaqinida ko‘chatxona tashkil qilinib, kichik pol yoki egatlarda etishtiriladi. Ko‘chatlar zarur bo‘lsa siyraklashtiriladi, o‘suv davrida oziqlantiriladi, sug‘oriladi, begona o‘tlardan tozalanadi, 4-5 chinbarg hosil qilgach, dalaga o‘tqaziladi.
Ertagi karam, odatda sug‘orilgan uchastkalarga ekiladi. Ba’zan sug‘ormay, yomg‘irdan keyin ham o‘tkaziladi. Karam ko‘chati kech bahor, o‘rtagi va kechki (yozgi) muddatlarda ekilganda dala ko‘chat o‘tqazishdan oldin va keyin sug‘oriladi. Bu ish ko‘chatlar tutib, o‘sish va rivojlanishini davom ettirguncha, 2-3 marta o‘tkaziladi.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə