Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Kasallik va zararkunandalari, ularga qarshi kurashish



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə21/28
tarix24.12.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#159110
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Oybekjon -1 — копия

Kasallik va zararkunandalari, ularga qarshi kurashish. Karam bakteriozi, soxta un shudring kasalligi, bitlar, karam pashshasi, kuyasi, karam kapalaklari katta zarar keltiradi. Karam bakteriozi, soxta un shudringga, ko‘chatlarning qorasoniga qarshi urug‘ ekisholdi 20 minut davomida 45-500 da qizdiriladi. So‘ng har 1 kilogramm uruqqa 6-8 gramm TMTD, yoki 3-4 gramm Tigam, fundazol, vitavaks 200 FF (4-6 gramm) kabi urug‘dorilagichlardan birortasi aralashtiriladi. Bu preparatlar qorasonga qarshi parnik tuprog‘iga 50-60 g/m2 hisobida solinishi ham mumkin.
Karam bitiga qarshi 40 % li Kroneton (0,6-1,0 kg/ga), 30 % li Slon (1,0-1,5 kg/ga), 10 % li danitol (1,5-2 l/ga) qolgan barcha zararkunandalarga qarshi fufanon (0,6-1,2 l/ga), karbofos (1,2-2,0 l/ga) detsis, sumi-alfa, karate (0,2-0,4 l/ga) ikki marta purkalganda yaxshi natija beradi.
Yig‘ish. Hosil karam boshlari zichlashib qattiqlashganda may oyida 3-4 marta, noyabr oyida 2 marta qo‘lda yig‘ib olinadi. Karamboshi pichoq bilan bandidan kesib olinadi. So‘ngra 1-2 bargi koldirilib tozalanadi va sotishga yoki saqlashga jo‘natiladi. Pishib o‘tib ketgan karamboshlari yorilib, sifatini yo‘qotadi, saqlash uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi. Tezpishar navlarning karamboshlari ayniqsa ko‘p yoriladi, buning ustiga ular baravar etilmaganligidan yig‘ib-terish ham juda cho‘zilib ketadi. Kechpishar karam navlari kam yoriladi.
Karam chiqindilari (yashil barglar, pishib etilmagan karam boshlar) yangiligicha yoki siloslangan xolda mollarga beriladi.
O‘zbekistonda ertagi karam hosildorligi gektaridan 150-200 s, kechkisiniki esa 250-280 s. Lekin, ilg‘or xo‘jaliklar ancha yuqori (350-400s/ga) hosil yetishtirmoqdalar.

3.2.-§. Oqbosh karamning turli nav va duragayining ertagi muddatda yetishtirishtirilganda o‘sishi hamda rivojlanishi
Ma’lumki, ekin turidan qat’iy nazar, seleksiya ishlarida har bir mavsum va sharoit uchun mahsuldor navlarni to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga egadir.
Tajribalarimizda O‘zbekistonda yaratilgan va chetdan introduksiya qilingan turli yillarda Davlat reestriga kiritilgan 6 ta oqbosh karam nav va duragaylari o‘rganildi. O‘rganilgan nav va duragaylar orasidan 1 ta O‘zbekiston, 1 ta Fransiya, 2 ta Yaponiya, 2 ta Gollandiya kabi davlatlar seleksiyasiga mansub nav va duragaylar.
Olib borilgan kuzatuvlarning ko‘rsatishicha, standart “Navruz” navi o‘simliklari 40 kunlik ko‘chatidan o‘tkazilgandan so‘ng 28 kunda karambosh o‘ray boshladi. Ushbu nazorat navga nisbatan Eliza va Koronet 2–3 kun erta karambosh o‘ray boshladi. Nazorat sifatida olingan mahalliy navga nisbatan tanlangan Yaponiya va Fransiya navlari ushbu holat nisbatan ertachi ekanligi kuzatildi.
Tajribada o‘rganilgan duragaylar orasidan nazorat sifatida foydalanilgan “Burbon F1” duragayining o‘simliklari ham 40 kunlik ko‘chatidan o‘tkazilgandan so‘ng 24 kunda karambosh o‘ray boshladi. Ushbu nazorat duragayga nisbatan taqqoslangan Gregorian F1 va Kandiza F1 duragaylari nazorat duragay bilan bir vaqtda yoki 1 kun erta karambosh o‘ray boshladi, bundan ko‘rinib turibdiki ushbu duragaylar orasida karambosh o‘rashning boshlanishida nazoratga nisbatan keskin farq kuzatilmadi.
Nav duragaylar orasidan Fransiyaning Koronet navi, Yaponiyaning Eliza navi va nazorat Navruz navlari Samarqand viloyati Toyloq tumani sharoitida ertagi ekinda yetishtirilganda o‘rtatezpishar bo‘lgan bo‘lsa, qolgan Burbon F1, Gregorian F1 va Kandiza F1 duragaylar esa ertapishar ekin sifatida hosil shakllantidi.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə