Sharq filologiya fakulteti umumiy tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 233,54 Kb.
səhifə7/13
tarix02.07.2022
ölçüsü233,54 Kb.
#90301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
metod kurs (3)

Garchi yuqoridagi tafsilotlar qisqa bo’lsa-da til o’zgarishlari haqiqat va jiddiydir. Shubhasiz etnik xitoy guruhi o’zlarining AQSHdagi millatdoshlaridan ko’ra iqtisodiy ta’lim tomonlama ustun edi nihoyat ijtimoiy mavqega erishishi yashash joylarining oshishiga olib keldi va u ijtimoiy aloqalarining o’zgarishiga olib keldi. “Chinatown”larning xitoy etnik chegaralarida keyingi avlodda xitoy tilining roli pasayishi taxmin qilinadi va xitoy-tilli jamoalarning geografik tomonlama jamlanishi ozayadi va shiddat-la asosiy oqim kengayishi kuzatiladi. Mos ravishda hozirgi xitoy guruhlarining tildagi o’zgarishlari davom etadi va kelasi o’n yillikda tezroq yuz beradi. Shunisi g’alatiki xitoyliklar uchun maxsus domeinlar, media maktab kabilar, kuchaymoqda. Avlodlar orasida uyda inglizchaga o’tayotganligi haqida dalil bor. Kelajak vaziyat mavhum; yangi immigrantlar hali qanday miqyosda va Xitoy bilan rivojlanib borayotgan aloqalar va o’sib borayotgan Xitoyning maqomi xitoy diasporik jamoalarining saqlanib va rivojlanib ketishiga ta’siri hali noma’lum.

2.2. Britaniyadagi xitoy diasporasi orasidagi xitoy tili o‘qitilishidagi kuzatilayotgan o‘zgarishlar.

Xitoy tilini standardlashtirishga urinish ilk martta mil avv(221-206) 始皇(Shi Huang) davrida urinish bo’ladi asrlar o’tib 20-asrda Peking shevasiga asoslangan umumiy adabiy til yaratiladi XXR tuzulgach kontenental Xitoyda Putonghuani kuchaytirishga zo’r berildi. 1970-yilgacha romanlashtirilgan pinyin tizimi va soddalashtirilgan iergolif orqali xitoychani o’qitish yuksaklikka erishdi. Ko’p inglizcha nashrlarda Putonghua va Mandarin atamalari o’zaro almashtirilib qo’llanildi. Britaniyada xitoyliklar eng yirik va eng uzoq vaqtdan beri tashkil etilgan immigrant jamoalaridan biri hisoblanadi. Britaniyadagi xitoy jamoasining (www.dimsum.co.uk) saytining hisobatiga ko’ra etnik xitoylar Britaniyadagi yevropalik bo’lmagan eng tez o’sayotgan jamoa ekan(yillik 11% o’sish). Aksariyat Britaniyalik xitoylarning sobiq mustamlakalar bilan aloqasi qalin edi Hong Kong Janubiy-sharqiy osiyolik xitoylar va ular uyida Kanton xitoychadan foydalanar edilar. Ularning ko’pchiligi Mandarin xitoychadan 2-3 o’rinda foydalar edilar . Britaniyalik xitoylarning ingliz tilini birinchi yo ikkinchi til sifatida qo’llashi aniq emas(Xu 2007). Xitoy jamoat tashkilotlari ko'pincha yirik shahar markazlarida uchraydi. Qo’shimcha to’garak-maktablar muhim jamoat tashkilotlaridandir ular ko’nggillilar tomonidan yuritiladigan tashkilotlardir va bu tashkilotlarning bosh maqsadi Britaniyada tug’ilgan xitoyliklarga Xitoy madaniyati va tilini yetkazishdir. Britaniyadagi xitoycha maktablar va xitoy tilini qo’llab-quvvatlash tashkilotlarining ma’lumotlariga ko’ra Britaniyada 200dan ortiq to’garak-maktablar borligini xabar berdi. Ular Britaniyadagi yirik ijtimoiy-siyosiy va ta’lim harakatining yarim asrdan beri bir qismidir. Qo’shimcha to’garak-maktablar hukumatning aralashganligi bois jamoatchilikning muhokamasini uyg’otdi va Britaniyadagi dominat bir madanayatlilik mafkurasini shubha ostiga qo’ydi.


Yüklə 233,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə