45
Yevropa va Amerikadagi shaharlar – Bristol, Liverpul,
Manchester, London, Nant, Ruan, Amsterdam, Nyu York,
Yangi Orlean, Rio de Janeyro va boshqalarning jadal rivoj-
lanishi va gullab-yashnashi qul savdosi bilan bogʻliq edi.
Berlin konferensiyasida Afrika Yevropa davlatlari mus
tamlakachilik va iqtisodiy ekspansiyasining obyekti sifatida
qaraladi
.
YODDA TUTING
Q
itʼani mustamlakalarga boʻlib olish XIX asrning
ikkinchi yarmida Yevropada
kapitalizm taraqqiyotining natijasi boʻldi. 1876yilgacha Yevropa davlatlari
tomonidan Afrika qitʼasining faqat 10% i egallangan edi. 1900yilga kelib Afrika qitʼa
-
sining 9/10 qismi mustamlakachi bosqinchilar qoʻliga oʻtdi. Buyuk Britaniya qitʼaning
katta qismini bosib olgan boʻlib, bu hududlarda Afrika
umumiy aholisining qariyb
yarmi istiqomat qilardi.
Fransiya ham Afrika qitʼasining katta qismini egallab olgan boʻlib, bu hududlarda
Afrika aholisining qariyb uchdan bir qismi yashardi. Fransiya mustamlakalarining
asosiy qismi Gʻarbiy va Ekvatorial Afrikada joylashgan va ancha qismi Sahroyi Ka
-
birga toʻgʻri kelardi. Qolgan hududlar Belgiya, Portugaliya, Ispaniya, Germaniya va
Italiya oʻrtasida taqsimlangan edi.
Barcha mustamlakalardagi yevropaliklar faoliyatining umumiy belgisi Afrika xalqla-
rini shafqatsiz ekspluatatsiya qilish va bu yerdagi boyliklarni talash boʻldi.
va iqtisodiy ekspansiyasining
obyekti sifatida qaraldi.
Afrikaliklar nuqtayi nazarida
Berlin konferensiyasi xalqlarning
huquqlarini poymol qiluvchi im-
perialistik siyosatning namoyishi
boʻldi.
Tropik Afrikadagi gaze
-
talardan biri “Lagos observer”
1885yili: “Dunyo hali hech qa
-
chon bunday katta miqyosdagi
va
surbetlarcha qilingan talon-
chilikka guvoh boʻlmagan edi.
Biroq Afrika qarshilik qilishga
ojiz”, – deb yozgan edi.
Dostları ilə paylaş: